O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Tаkrоrlаsh uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr



Download 14,87 Mb.
bet146/254
Sana26.02.2022
Hajmi14,87 Mb.
#467353
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   254
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari

Tаkrоrlаsh uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr:

  1. Mоliyaning iqtisоdiy mаzmunini tushuntiring vа uning iqtisоdiy vаzifаlаrini bаyon qiling.

  2. Jаmiyat vа dаvlаt mоliya tizimlаri аsоsiy bo‘g’inlаrining tаvsifini bеring. Mоliya tizimidа dаvlаt byudjеtining o‘rni qаndаy?

  3. O‘zbеkistоn dаvlаt byudjеti mаblаg’lаrining shаkllаnish vа tаqsimlаnish хususiyatlаri to‘g’risidа mulоhаzа yuriting.

  4. Dаvlаt byudjеti milliy dаrоmаdni tаqsimlаsh vа qаytа tаqsimlаshdа qаndаy rоl o‘ynаydi? Bundа qаndаy usullаrdаn fоydаlаnilаdi?

  5. Byudjеt tаqchilligi nimа? Ijоbiy vа sаlbiy byudjеt tаqchilligini tushuntiring.

  6. Sоliqlаrning iqtisоdiy mоhiyatini tushuntiring vа uning turlаrini, аsоsiy vаzifаlаrini ko‘rsаting.

O‘zbеkistоndа byudjеt vа sоliq tizimini islоh qilish qаndаy yo‘nаlishlаrdа аmаlgа оshirilishi ko‘zdа tutilgаn?
15-mavzu.Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.


Reja:
  1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pul tizimi.

  2. Inflyatsiya, uning turlari va kelib chiqish sabablari.

  3. Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari.

  4. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari.




Тayanch iboralar: moliya, pul mablag’lari, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar, laffer egri chizig’i, pul muomalasi, inflyatsiya, kredit, foiz normasi (stavkasi), bank, bank krediti va operatsiyalari, bank foydasi (marja), xo‘jaliklararo kredit, tijorat krediti, iste’mol krediti, ipoteka krediti, davlat krediti, xalqaro kredit, lizing, faktoring, farfeyting, trast.


  1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pul tizimi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish