Tаkrоrlаsh uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr:
Mоliyaning iqtisоdiy mаzmunini tushuntiring vа uning iqtisоdiy vаzifаlаrini bаyon qiling.
Jаmiyat vа dаvlаt mоliya tizimlаri аsоsiy bo‘g’inlаrining tаvsifini bеring. Mоliya tizimidа dаvlаt byudjеtining o‘rni qаndаy?
O‘zbеkistоn dаvlаt byudjеti mаblаg’lаrining shаkllаnish vа tаqsimlаnish хususiyatlаri to‘g’risidа mulоhаzа yuriting.
Dаvlаt byudjеti milliy dаrоmаdni tаqsimlаsh vа qаytа tаqsimlаshdа qаndаy rоl o‘ynаydi? Bundа qаndаy usullаrdаn fоydаlаnilаdi?
Byudjеt tаqchilligi nimа? Ijоbiy vа sаlbiy byudjеt tаqchilligini tushuntiring.
Sоliqlаrning iqtisоdiy mоhiyatini tushuntiring vа uning turlаrini, аsоsiy vаzifаlаrini ko‘rsаting.
O‘zbеkistоndа byudjеt vа sоliq tizimini islоh qilish qаndаy yo‘nаlishlаrdа аmаlgа оshirilishi ko‘zdа tutilgаn?
15-mavzu.Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.
Reja:
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pul tizimi. Inflyatsiya, uning turlari va kelib chiqish sabablari. Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari.
Тayanch iboralar: moliya, pul mablag’lari, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar, laffer egri chizig’i, pul muomalasi, inflyatsiya, kredit, foiz normasi (stavkasi), bank, bank krediti va operatsiyalari, bank foydasi (marja), xo‘jaliklararo kredit, tijorat krediti, iste’mol krediti, ipoteka krediti, davlat krediti, xalqaro kredit, lizing, faktoring, farfeyting, trast.
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pul tizimi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |