O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Oqbosh karam
. Oqbosh karam navlari unib etilish vaqtiga qarab ertapishar, o’rtapishar 
va kechpishar navlarga bo’linadi. 
Respublikamizda ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plenka ostida o’stirib 
etishtirilmoqda. Shu sababli bu nav karamlar erta bahorda aholi rastionida vitaminlar ayni 
tanqisligi paytida eng zarur xom ashyo hisoblanadi. Respublikamizda ekiladigan ertapishar 
oqbosh karam navlariga Iyunskaya, Nomer pervыy, Gribovskaya 147, Derbentskaya mestnaya
uluchshennaya, Apsheronskaya ozimaya, o’rtapishar va kechpishar navlariga esa Toshkent-10, 
Saratoni, Navro’z, O’zbekiston 133 kabi navlarini kiritish mumkin. 
Chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oqbosh karamlar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha 
GOST 26768-85 standarti talabiga, tayyorlanadigan va jo’natiladigan karamlar esa GOST 1724-
85 standarti talabiga javob berishi kerak. 
Biz quyidagi chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan oqbosh karamlarning 
GOST 26768-85 standarti bo’yicha qanday talablarga javob berishi kerakligini keltiramiz. Bu 
standart talabi bo’yicha oqbosh karamlar sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar 
navlariga bo’linadi. 
Bu standart talabi bo’yicha oq karam boshlari barra, butun, sog’lom, toza, karam boshi 
yaxshi o’ralgan, o’smagan, shakli va rangi bo’yicha karam naviga xos, qishloq xo’jalik 
zararkunandalari bilan zararlanmagan bo’lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o’ziga xos, begona 
hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi lozim. Karam boshi o’rtapishar va kechpishar navlarida zich 
bo’lishi kerak. Ertapishar navlarida esa har xil zichlikda bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilayotgan oqbosh karamlarning sifatiga 
qo’yiladigan talablardan yana biri karam boshining sarg’ayib ketgan barglardan va boshqa 
iflosliklardan tozalanganligi hisoblanadi. 
Standart talabi bo’yicha karam boshi to zich yopishib turadigan ko’k yoki oq 
yaproqlarigacha tozalangan bo’lishi kerak. Shuningdek, aholiga sotilayotgan karamlarda karam 
boshidan chiqib turadigan karam o’zagining uzunligi ham me’yorlashtirilgan. Bu ko’rsatkich 
hamma tovar navlarida 3 sm dan ortiq bo’lmasligi ko’rsatib qo’yilgan. 
O’rtapishar va kechpishar karamlar uchun muhim ko’rsatkichlardan yana biri karam 
boshining massasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich karam qaysi vaqtda yig’ishtirib olinganligiga 
bog’liq bo’ladi. Standartda ko’rsatilishicha 1-iyuldan to 1-avgustacha yig’ishtirib olingan 
karamlarning saralangan navlarida har bir bosh karamning massasi 1,0 kg dan, saralanmagan 
karamlarning esa 0,4 kg dan kam bo’lmasligi standartda ko’rsatib qo’yilgan. 
Shuningdek, standartda sirtidagi birinchi va ikkinchi qavat yaproqchalari ozroq 
jarohatlangan karamlar bo’lishiga ham yo’l qo’yiladi va ularning miqdori chegaralanmaydi. 


20 
Ikkinchidan to beshinchi qavatgacha yaproqchalari mexanik jarohatlangan karam boshlari 
ertapishar karam navlarida 5,0 % gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi, o’rtapishar va kechpishar 
navlarida esa bu ko’rsatkich chegaralanmaydi. Saralangan karam navlarida esa mexanik jarohatli 
karam boshlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Karamlarning har ikkala tovar navlari ham beshinchi qavatdan keyingi yaproqchalari 
mexanik jarohatlangan, yorilgan, chirigan, muzlab qolgan (ichi sarg’aygan yoki qoraygan) karam 
boshlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish