Piyozsimon sabzavotlar
Piyozsimon sabzavotlarga boshpiyoz, porey piyoz, batun piyoz, anzur va sarimsoqlar
kiradi.
Piyoz butun dunyoga keng tarqalgan o’simliklardan hisoblanib, vatani Xitoy va O’rta
Osiyo hisoblanadi.
Piyozda mikroblar, zamburug’larga halokatli ta’sir ko’rsatadigan uchuvchan fitonstid
moddasi borligi uchun ham ko’p kasalliklarning oldini olishda dorivor vosita sifa tida ishlatiladi.
Xalq tabobatida piyoz terlatadigan, siydik xaydaydigan vosita sifatida manzur bo’lgan.
Yangi olinagan piyoz suvi gripp, ichburug’, sil, bronxial astma kasalliklarida qo’llaniladi.
Tarkibida efir moylari va glikozidlar piyozsimon sabzavotlarga achchiq maza va xushbo’ylik
beradi, bu esa ishtaha ochadi va ovqatni yaxshi xazm bo’lishiga yordam beradi. Piyozsimon
sabzavotlar ho’l sabzavotlar tarzida, ziravor sifatida, konserva mahsulotlari tayyorlashda va
quritib ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |