Nonning qurishi.
Qurish deganda issiq non massasining sovush davomida kamayishi
tushuniladi. Uning darajasi issiq non massasi bilan sovugandan keyingi massasi orasidagi
farqning issiq non massasiga nisba-tining foizlarda olingan miqdori bilan o’lchanadi. Sovuganda
non massasi-ning kamayishi asosan suvlarning bug’lanishi va ba’zi uchuvchan moddalar-ning
nondan chiqib ketishi hisobiga boradi. Shundan keyin esa qurish tezli-gi kamayib, non
mag’zining harorati havo haroratiga tenglashuvi bilan to’xtaydi. Nonning qurishini kamaytirish
uchun namlik o’tkazmaydigan materiallar bilan o’rash va maxsus konteynerlarda saqlashni
amalga oshirish mumkin. Lekin, bu erda nonlarning mog’orlanish xavfi tug’ilishi mumkin.
Nonlarning qurishini kamaytirish va o’ziga xos hidini ma’lum darajada saqlab qilishning
eng yaxshi usuli ularni suv o’tkazmaydigan polimer materiallarga o’rash hisoblanadi. Ana
shunday sharoitda nonlar organoleptik ko’rsatkichlarini o’zgartirmasdan 3-4 kun saqlanadi.
Bunday materiallar sifatida esa parafinlangan qog’oz, pergament, polietilen, poliropilen va
boshqalarni ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |