O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


-jadval  Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

20-jadval 
Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari 
 
Achitilgan qaymoqning nomi 
Miqdori, % dan kam bo’lmasligi 
kerak 
Nordonligi, 
0
T dan 
ko’p bo’lmasligi 
kerak 
Parhezbop
Krestyanskiy: 
14% yog’lilik 
18% yog’lilik 
Oshxonabop: 
25% yog’lilikdagi achitilgan 
qaymoq
30% yog’lilikdagi achitilgan 
qaymoq: 
oliy nav 
1-nav 
Yuqori yog’lilikdagi achitilgan 
10 
14 
18 
20 
25 
30 
30 
7,8 
7,6 
7,4 
7,3 
6,5 
6,4 
6,4 
75-95 
65-120 
65-100 
65-100 
65-100 
65-90 
60-110 


84 
qaymoq 
Lyubitelskaya
36 
40 
5,9 
5,8 
60-90 
55-85 
Tvorog (suzma). 
Tvorog – bu oqsilli achitilgan sut mahsuloti bo’lib, pasterizastiya 
qilingan tabiiy yoki yog’sizlantirilgan sutni ivitish natijasida hosil bo’lgan quyqadan zardobini 
chiqarib yuborish natijasida olingan mahsulotdir. Pasterizastiya qilingan sutdan olingan tvorogni 
to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilish mumkin, ammo pasterizastiya qilinmagan sutdan tayyorlangan 
tvoroglar esa pishloqlar va issiqlik ishlovi berib tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar uchun xom 
ashyo sifatida ishlatiladi. 
Tarkibidagi yog’ miqdoriga qarab tvoroglar yog’li (18%), kam yog’li (9%) va yog’siz 
tvoroglarga bo’linadi. 
Tvorog tarkibida sezilarli darajada yog’ va ko’p miqdorda oqsil (14-16%) bo’lganligi 
uchun bu mahsulot yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir. Tvorog oqsili tarkibida o’rin 
almashtirmaydigan hamma aminokislotalar mavjud bo’ladi. Tarkibida oltingugurt tutadigan 
aminokislotalardan metionin va lizin borligi uchun tvorog parhez va shifobaxshlik xususiyatiga 
ega bo’lgan mahsulot hisoblanadi. 
Tvorog kalstiy, fosfor, temir, magniy elementlari tuzlariga ham boy hisoblanadi. Ayniqsa 
kalstiy va fosfor tvorogda inson organizmi uchun tez hazm bo’ladigan miqdoriy nisbattadir. 
Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog’sizi), shuningdek, o’pka va suyak sili kasalliklariga, 
oshqozon-ichak, buyrak xastaliklariga duchor bo’lgan kishilarga naf beradi. 
Sifati bo’yicha yog’li, kam yog’li va yog’siz tvoroglar oliy va 1-navlarga bo’linadi. 
Tvorog yoqimli ivitilgan sut ta’mi va hidiga ega bo’lishi, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi 
kerak. Tvoroglarning konsistenstiyasi mayin, bir xil bo’lishi, yog’li tvoroglar ozroq 
surkaluvchan, yog’siz tvoroglar esa qumoq, ozroq zardobi ajralib turgan holda bo’lishi mumkin. 
Birinchi nav tvoroglarda sezilar-sezilmas em-xashak ta’mi, ozroq idish ta’mi kelib turishiga va 
ozroq achchiqlik bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Tvorogning rangi hamma massasida bir xil, oq 
rangdan to ozroq sarg’ish ranggacha bo’ladi. 
Tvoroglarning asosiy fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga yog’dan tashqari nordonligi ham 
kiradi. Yog’li tvoroglarning nordonligi 200-225
0
T, kam yog’i tvoroglarniki – 210 – 240

T, 
yog’siz tvoroglarniki -220-270
0
T qilib belgilangan. 
Tvorog sotuvga tarozida tortib sotiladigan va qadoqlangan holda chiqariladi. Tvorogni 
idishlarga qadoqlashda pergament, podpergament va polimer materiallar, kartondan ishlangan 
stakanlardan foydalaniladi. Tortib sotiladigan tvoroglar esa yog’och bochkalarga massasi 50 kg 
gacha, temir flyaglarga 35 kg gacha, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanib, ustidan 
pergament yopiladi va zich bekitilib, tamg’alanadi. 
Tvorogning sovutiladigan xonalarda 0

dan 1
0
S gacha bo’lgan sharoitda 10 kun, 
do’konlarda esa 8
0
S dan ortiq bo’lmagan haroratda 36 soatgacha saqlanishiga ruxsat etiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish