Uy parrandalari go’shtlarining sifat tahlili
Parrandachilik aholini nafaqat tuxum, balki go’sht bilan ta’minlovchi sohalardan ham biri
hisoblanadi. Asosiy uy parrandalariga tovuq, g’oz, o’rdak va kurka kiradi.
Tovuq-eng ko’p tarqalgan uy parrandasi hisoblanadi. Tovuqlarning zotlari go’sht
beradigan, tuxum beradigan va go’sht-tuxum beradigan turlarga ajratiladi.
G’ozlarning massasi tovuqlarga qaraganda katta bo’lib 6-12 kg ni tashkil etadi.
O’rdak tez rivojlanadigan parranda hisoblanib, sakkiz haftaligi 2 kg massaga ega bo’ladi.
O’rdak asosan go’sht olish uchun etishtiriladi.
Kurkalar eng katta uy parrandalari hisoblanib, ular ham asosan go’sht olish uchun
etishtiriladi. Ularning massasi 10-14 kg ni tashkil etadi. Kurkalar go’shti yuqori ozuqaviy
qiymatga ega bo’lib, organizmda tezda hazm bo’ladi.
Uy parrandalarining go’shti tarkibida oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar, suv va
boshqa moddalar bo’ladi.
Uy parrandalari go’shtida oqsillar 11% dan 25% gacha bo’lib, ularning ko’pchiligi to’la
qiymatga ega bo’lgan oqsillardir. Parranda go’shtlaridan kurka go’shti eng oqsilga boy
hisoblanadi, g’ozlar go’shtida esa eng kam miqdorda oqsil bo’ladi.
Uy parrandalari yog’ miqdori bo’yicha bir-biridan keskin daraja farq qiladi. Masalan, juja
tarkibida yog’ miqdori 4-5% ni tashkil etsa, semiz o’rdaklar go’shtida esa yog’ miqdori 53 %
gachani tashkil etadi. Bu yog’larning erish temperaturasi 23
0
S bilan 39
0
S oralig’ida bo’lib,
organizmda tez hazm bo’ladi.
Uglevodlar uy parrandalari go’shtida glikogen holida uchrab, ularning miqdori jua oz-
0,5% ni tashkil etadi.
Uy parrandalari go’shti tarkibida mineral moddalar (kaliy, natriy, fosfor, temir tuzlari)
0,5% dan 1,2%, ekstraktiv moddalar 1,5%, suv esa 35% dan (seryog’ o’rdaklari) 72% gachani
(jo’jalarda) tashkil etadi.
Uy parrandalari go’shtida kam bo’lsada, A, V
1
, V
2
va RR vitaminlari uchraydi.
Uy parrandalarining go’shti so’yilgan mol go’shtiga qaraganda birlashtiruvchi to’qimalar
kam bo’lganligi uchun muskul to’qimasi tuzilishining mayinligi bilan farq qilib, yuqori ta’m
ko’rsatkichlariga ega. Ayniqsa kurka, tovuq, broyler jo’ja go’shtlari to’liq qiymatga ega bo’lgan
oqsil, erish temperaturasi past bo’lgan yog’larga boyligi bilan qimmatli hisoblanadi. Shu sababli,
bunday parranda go’shtlari organizmda tez hazm bo’ladi va parhez maqsadlarida ishlatiladi.
Parrandalar go’shtlarining sifati GOST 77020-74 va GOST 77021-74 standartlari talabi
asosida aniqlanadi. Bu standartlar talabi bo’yicha hamma parrandalar tanasining terisi toza,
patlarsiz, dog’larsiz, yoriqlarsiz, qonlari oqib chiqmagan bo’lishi kerak.
Birinchi kategoriya semizlikdagi parranda tanalari yuzasida uzunligi 1 sm dan ortiq
bo’lmagan ikkita yoriqchalar va terisida juda kichik shilingan joylari bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Ikkinchi kategoriya semizlikdagi parranda tanalarida esa terisi yirtilgan va uzunligi 2 sm dan
ortiq bo’lmagan ikkita yoriqchalari bo’lishiga ruxsat etiladi. Lekin, ruxsat etiladigan bu
nuqsonlar tananing tovar ko’rinishini keskin pasaytirmasligi kerak. Umuman parranda tanasi
semizligi va so’yilganlik sifati bo’yicha tegishli talablarga javob berishi kerak. Parranda
go’shtlari sifatiga qarab yangi, shubhali va buzilgan go’shtlarga bo’linadi. Yangi va qanchalik
darajada eski go’sht ekanligi organoleptik usulda tekshiriladi. Agar organoleptik usul bilan sinov
o’t kazilganda parranda go’shti sifati bo’yicha shubhali deb topilsa, u holda parranda go’shti
kimyoviy va mikrobiologik usullar yordamida tekshiriladi.
Organoleptik, kimyoviy, mikrobiologik usullar bilan tekshirish uchun yashiklarga
joylangan parranda tanalaridan uchtasi olib tekshiriladi. Agar organoleptik baholash bilan
kimyoviy, mikrobiologi tekshiruvlar natijasini taqqoslaganda tafovutlar kelib chiqsa, u holda
69
qayta boshdan beshta parranda tanasi olinib bu namunalarda kimyoviy tekshiruvlar o’tkaziladi.
Agar go’shtda infekstion kasalliklar belgilari bo’lsa, u holda bakteriologik tekshiruv ham
o’tkaziladi. Bakteriologik tekshiruv uchun uchta tana ajratiladi.
Har bir olingan namuna polietilen, stellofan yoki pergament qog’ozlariga o’ralib, so’ngra
plombalanadi va laboratoriyaga jo’natiladi. Namunalarga dalolatnoma ilova qilinadi.
Dalolatnomada parranda qaysi korxonada etishtirilganligi, parrandaning turi, semizlik
kategoriyasi, partiya hajmi, namuna qaerdan va qachon olinganligi, me’yoriy-texnik hujjatning
nomeri, sinovning maqsadi, numunaning nomeri, namunani olish vaqtida parranda tanasining
ko’krak muskuli ichida harajatning qanchaligi, parranda go’shtining ko’zdan kechirish va
namunalar olish jarayonida qatnashgan kishilarning familiyasi, ismi-shariflari ko’rsatiladi.
Laboratoriyada numunaning keltirilgan kuni, vaqti, go’shtning holati, harorati tekshirilib
ro’yxatga kiritiladi va rasmiylashtiriladi. Namuna olingan vaqt bilan sinov o’tkazish oralig’i bir
sutkadan ortiq bo’lmasligi kerak. Bunda namunalar 0÷+2
0
S haroratda saqlanishi talab etiladi.
Parranda go’shtining sifatini organoleptik tekshirganda parranda tojining tashqi ko’rinishi
va rangi, og’iz bo’shlig’ining shilliq qobig’i, ko’zining va tana yuzlarining holati, teri osti va
ichki yog’ to’qimalari, muskul kesimining holati kabi ko’rsatkichlarga alohida e’tibor beriladi.
Bundan tashqari parranda go’shtlarining sifatini baholashda go’shtning konsistenstiyasi, hidi,
shuningdek sho’rvasining tiniqligi va xushbo’yligi kabi ko’rsatkichlarini aniqlash juda muhim
hisoblanadi.
Yangi parranda go’shtlari organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha me’yoriy hujjatlarda
ko’rsatilgan talablarga to’liq javob berishi kerak. Shubhali go’shtlarda esa go’shtlarning
buzilishining boshlanishida bo’ladigan belgilar mavjud bo’ladi. Masalan, go’sht yuzasining
ozroq darajada shilimshiqlanishi, mog’orlanishi, tashqi ko’rinishi va rangining qisman
o’zgarishi va boshqalar shular jumlasidandir.
Parranda go’shtlarining sifatini baholash bo’yicha kimyoviy tadqiqotlar ammiak va
ammiak tuzlarini, peroksidaza uchuvchan yog’ kislotalari, yog’ining kislota soni, yog’ining
perikis soni kabi ko’rsatkichlarni aniqlashni o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlarning parranda
go’shtlarida qancha darajada bo’lishi bo’yicha miqdoriy ko’rsatkichlar – jadval
ma’lumotlarlarida keltiriladi.
-jadval
Kimyoviy tadqiqotlarda parranda go’shtlarining sifat ko’rsatkichlari
Aniqlanadigan ko’rsatkichlar
Parranda go’shti belgilari
yangi
shubhali
Ammiak va ammiak tuzlari
miqdoriga sifat rekstiyasi
Eritma ko’kish-sarg’ishroq
rangli, tiniq yoki ozroq mayda
Eritma o’ta sariq rangli,
loyqaroq, 10-20 daqiqa qo’yib
qo’yganda cho’kma beradi.
Peroksidaza
fermentining
borligiga sifat reakstiyasi
Eritma ko’k-yashil rangli, 1-2
daqiqadan keyin qora-qo’ng’ir
ranga o’tadi
Eritma o’ziga xos ko’k-yashil
ranga o’tmaydi, yoki darhol
qora-qo’ng’ir rang hosil qiladi
Uchuvchan
yog’ kislotasi
miqdori, mg KON
4,5 gacha
4,5-9,0
Yog’ning kislota soni, 1 g
yog’da mg KON
1,0 gacha (sovutilgan va
muzlatilgan parranda
go’shtlarining hamma turida )
Sovutilgan go’shtlarda:
Tovuq yog’ida-1,0-2,5
G’oz yog’ida-1,0-2,0
Utka yog’ida-1,0-3,0
Indyuk go’shtida-0,01-0,10
Hamma muzlatilgan parranda
go’shtlarida-1,0-1,6
Yog’ning perikis soni, % yod
0,01 gacha (sovutilgan va
muzlatilgan parranda
go’shtlarining hamma turida)
Sovutilgan go’shtlarda:
Tovuq yog’ida-0,01-0,04
G’oz yog’ida-0,01-0,10
70
Utka yog’ida-0,01-0,10
Indyuk go’shtida-0,01-0,10
Hamma muzlatilgan parranda
go’shtlarida-0,01-0,03
Agar parranda tanasi semizligi bo’yicha I kategoriya talabi javob berib, qayta
ishlanganligi bo’yicha II kategoriya talabiga javob bersa, u holda bunday parranda go’shtlari II
kategoriya topiladi.
Shubhali yoki eskiligi yaqqol ko’rinib turgan, yaxshi tozalanmagan, semizligi va
ishlanishi bo’yicha II kategoriya talabiga javob bermaydigan bir martadan ortiq muzlatilgan,
ko’krak suyagi bukilib qolgan, belida tirnalgan joylari mavjud, yuzasi qorayib qolgan parranda
tanalari sotishga ruxsat etilmaydi.
Quyida parrandalar tanasida uchraydigan nuqsonlar haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
Parrandalar go’shtia tez-tez uchrab turadigan nuqsonlarga quyidagilar kiradi.
Zagar. Bu nuqsonning paydo bo’lishiga birinchi sabab anaerob bakteriyalarning go’sht
yuzasida rivojlanishi hisoblanadi. Ikkinchi sabab parrandalarning semiz tanasini sekinlik bilan
sovutganda yoki ularni sovutilmaydigan xonalarda saqlaganda muskul to’qimasida fermentativ
jarayonlarning borishi hisoblanadi. Bunda go’shtning sirti yaxshi ranga kirib, yoqimsiz vodorod
sulfid (N
2
S) hidini hosil qiladi.
Ko’karish. Bu nuqson asosan parranda go’shtlarini 50
0
S dan yuqori bo’lgan haroratda
saqlaganda, parranda oshqozonida bo’lgan massalarning parchalanishidan N
2
S gazi ajralib, bu
gazning mioglobin bilan reakstiyaga borishi natijasida hosil bo’ladi.
Chirish. Bu nuqson parranda go’shtini 4-5
0
S dan yuqori bo’lgan haroratda
saqlagandaoqsilning chirituvchi bakteriyalar ta’sirida parchalanishi natijasida vujudga keladi.
Buning natijasida parranda to’shining qorish va og’iz bo’shliqlarida chirigan narsaga xos hid
paydo qiladi.
Mog’orlash. Bu nuqson parranda go’shtlarni -12
0
S haroratda yuqori haroratda
saqlaganda mog’or bakteriyalarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi.
Yog’ning oksidlanishi. Bu nuqson muzlatilgan parranda go’shtlarini uzoq muddat
saqlaganda yog’ning havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi natijasida vujudga keladi. Bu jarayon
haroratning oshishi va quyosh nuri ta’sirida tezlashib boradi. Natijada oksidlangan yog’ sariq
rang hosil qiladi va unda achchiq ta’m paydo bo’ladi. Bunday nuqsonga ega bo’lgan parranda
go’shtini sotishga ruxsat etilmaydi.
Go’shtning qorayishi. Bu nuqson go’sht yuzasida rang beruvchi moddalar
konstentrastiyasining ortishi natijasida vujudga keladi. Bunda mioglobinmetomioglobin holatiga
o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |