3.Ko'krak bo'limi.
Hasharotlarning ko'kragi oldingi, o'rta va orqa ko'krak deb ataladigan uchta bo'g'imdan tuzilgan, har bir ko'krak bo'g'imi 4 ta xitin qoplag'ich - skleritlardan iborat. Orqa skleriti tergit qorin skleriti sternit va ikkita yon skleritlar pleyrit dcyiladi. Yon tomondan ko'krak bo'g'imlarida esa bir juftdan qanotlari joylashgan. Oyoqlari sternit bilan plevritlar, qanotlari esa tergitlar bilan pleyritlar tutashgan joyda ко'krak bo'g'imlariga kelib qo'shiladi. Ko'krak oyoqlar ham bo'g'imlarga bo'lingan bo'lib, asosiy bo'g'imi chanoq, undan keyingi kalta bo'g'imi o'ynog'ich.yo'g'on va yirik bo'g'imi son, ingichka va uzun bo'g'imi boldir, oxirgi bo'g'imi panja deyiladi. Panjalar ham 5 tagacha mayda bo'g'imlardan iborat.
Panjalar ikki yoki ba'zan bitta tirnoq bilan tugaydi. Harakatlanish usuli va yashash muhiti ta'sirida oyoqlar turli darajada o'zgarishga uchraydi (6- rasm). Yuqorida keltirilgan tavsif yuguruvchi tipdagi oyoqlarga tegishli. Suvaraklar, qo'ng'izlar, qandalalar, pardaqanotlilar, kapalaklar, chumolilar va boshqa juda ko'pchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |