Noan‟anaviy diniy tashkilot yoki oqim
deganda bir mintaqa, hudud aholisi
uchun begona bo‘lgan, muayyan tarixiy sharoit yoki ijtimoiy vaziyat sababli o‘sha
erga kirib kelgan yoki kirishga harakat qiladigan dinlar tushuniladi.
XIX asr o‘rtalari XX asr boshlariga kelib Evropa, Amerika va Osiyo
qit‘alarida "payg‘ambarlik" va "armageddonizm" epidemiyalari avj oldi. AQShda
1840 yillarda "millerizm" nomi ostida paydo bo‘lgan harakat tez orada boshqa
hududlarga ham tarqaldi. Natijada, aksariyat yirik dinlar doirasida yangi,
"islohotchi" oqimlar yuzaga keldi.
Ulardan, xristianlik doirasida "Iegovo shohidlari" va "Mormonlar"ni, islom
dini doirasida "Bahoiylar", "Ahmadiylar" va "Qora musulmonlar"ni, hinduiylik
doirasida "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ni sanash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |