O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/95
Sana06.02.2022
Hajmi1,9 Mb.
#432693
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Bog'liq
Диншунослик Услубий Кўлланма сўнгги doc

Protestant yo‟nalishi
.
XVI-asrdan boshlab Evropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya sinfi 
shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o‘rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga 
bosh bo‘lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor 
munosabatlariga o‘ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar fanlarning rivojlantirmay, 
burjua demokratiyasini o‘rnatmay, vijdon erkinligini joriy etmasdan turib 
kapitalizm tuzumini o‘rnatib bo‘lmas edi. Kapitalizm o‘ziga asosiy raqib bo‘lgan 
feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini engibgina rivojlanishi mumkin 
edi. Xususan, katolitsizm cherkovlari, Rim papasi o‘rta asrlar tuzumi 
feodalizmning tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo‘lib, bunga qarshi 
reformatsiya harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloitsizm harakatlari 
Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, ya‘ni 
burjuaziyasi turdi. 
Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini 
isloh qilishni, Rim papasi qaromog‘idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib 
mustaqil bo‘lishni targ‘ib qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga 
o‘zining 95 ta tezisni yopishtirib qo‘ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik 
poplarining indulgentsiya sotishini, Germaniyadagi cherkovni Rim papasi 
qaramog‘idan ozod etishni talab qildi. Lyuterning bu talablarini butun 
Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik c herkovining 
zulmiga va zo‘ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat 
xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar 
urushi boshlanib ketdi. Bundan qo‘rqib ketgan hokimiyat egalari bo‘lgan knyazlar, 
dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar 
harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm saqlanib qoldi. 
―Protestantlar‖ degan nom 1529 yilda ―Protestantsiya‖ deb atalgan hujjatga, 
ya‘ni ruhoniy va dunyoviy feodal-larning umumgerman s‘ezdi lyuteranchilikning 
tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo 
quygan nemis knyazlariga berilgan edi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan 
bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldilar, bu bitimga ko‘ra, har bir knyaz o‘z fuqarolari 


66 
uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolitsizmni tanlab olish huquqiga ega 
bo‘lgan ega bo‘lgan edi. Natijada ―mamlakatda kim hukmron bo‘lsa, shuning dini 
hukmron bo‘ladi‖, degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan 
bu bitim protestantsizmning Germaniya bo‘ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. 
Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlarning izdoshlarini 
ham protestantlar deb atay boshladilar.
XVI asrning o‘rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida 
qatnashgan Shveytsariya, Angliya, Shvetsiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari 
ham katolitsizmdan chiqdi. So‘ngra xuddi shunday ish Belgiya, Gollandiya va 
Frantsiyada ham ro‘y berdi. Bu ishlar Chexiya, Vengriya va Polshada amalga 
oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va Evropa davlatlarining 
boshqa mamlakatlariga kira boshladi.
Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash 
boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, 
o‘z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. 
Protestantsizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo‘lishi, 
jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zax (katolitsizmdagi a‘rofdan tashqari) haqidagi, 
vahiy va boshqalar to‘g‘risidagi umumxristian tasavvurlarni e‘tirof etadi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish