O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Ta’lim va tarbiya mushtarakligi va komil inson masalasi



Download 0,6 Mb.
bet6/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Ta’lim va tarbiya mushtarakligi va komil inson masalasi.
Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’langan, ammo ularning har ikkalasi muxtoriy xarakterga ega. Ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanish darajasi va tendensiyalari, odatda, ta’limda va tarbiyada, kadrlar tayyorlashda hisobga olinadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tezlashib, texnologiyalar dastlab har 15-20 yilda, keyin 5-10 yilda o’zgara boshlagach, ta’lim o’z o’quv dasturlarini tez o’zgartirishga, mutaxassis tayyorlashda ob’ektiv malakaviy talablardan ortda qolmaslikka intildi va tarbiyadan ilgarilab ketdi. Tarbiya unga ergasholmay qoldi. CHunki tarbiya barqaror me’yorlar va baholarga tayanadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, asl insoniy tuyg’ularni yosh avlod ongiga singdiradi. SHiddat bilan geometrik progressiyada ko’payotgan ilmiy va texnologik bilimlarga, axborotga tarbiya o’z usul va ta’sir vositalarini moslashtirolmay qolmoqda. Bundan tashqari, ilmiy va texnologik bilimlarning haddan ziyod ko’payishi dars vaqtini ko’proq ularni o’zlashtirish uchun ajratishga olib kelayotir.
Xullas, tarbiya zamonaviy sivilizatsiyaning taraqqiyot sur’atlariga moslasholmay, yoki zamonaviy sivilizatsiya tufayli yangidan vujudga kelgan ko’plab insonlararo hamda jamiyat va inson o’rtasidagi munosabatlarni axloqiylashtirolmay qoldi. Asrlar davomida ta’lim va tarbiya o’rtasida vujudga kelgan muvozanat buzilmoqda. Tarbiyalovchi ta’lim, ta’lim beruvchi tarbiya degan iboralar endi ancha nisbiy bo’lib qoldi. YUksak ma’naviyatga aloqador ilmiy va badiiy bilimlar ixtisoslashuvi hamda ularni tasvirlovchi g’oyalar va obrazlar tizimining mudom murakkablashuvi keng omma tushunishi uchun qiyinchilik tug’dirmoqda. Natijada ularni sodda ifodalashga, keng omma ongiga, saviyasiga moslashtirishga, ommaviy madaniyat nuqtai nazardan talqin qilishga harakat bo’layotir. Bu ham o’z navbatida yangi bilimlarning tarbiyaviy salohiyatini pasaytirib yubormoqda.
Hech bir jamiyat insonga o’z imkoniyatlaridan ortiq bera olmaydi va talab qilolmaydi. CHunki u nafaqat tarixan o’z zamonasining iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy yutuqlari bilan cheklangan, shuningdek siyosiy, huquqiy, axloqiy va umuman ma’naviy erkinlikning erishilgan darajasi bilan ham cheklangandir. Bundan bir asr burungi jamiyat kompyuter va kosmik kemalar nimaligini bilmas, bugungi inson huquqlari va demokratik erkinliklarning ko’pchiligi to’g’risida tasavvurga ega emasdi. Xalqaro huquq ham o’ta adolatsiz, rivojlanmagan ediki, harbiy jihatdan kuchli davlatlar kamkuchlilarini ochiqchasiga bosib olib, o’z mustamlakasiga aylantirar edi.
Bugun inson huquqlari, erkinliklari tushunchasi, xalqaro huquq va munosabatlar me’yorlari butunlay boshqacha. Postmodern jamiyatda olam haqida ilmiy tasavvurlar, ishlab chiqarish texnologiyalari, kommunikatsiya usullari, iste’mol, turmush tarzi tubdan o’zgarib ketdi. Hozirgi odamlar ongi, tafakkuri ko’p jihatdan ota-bobolarinikidan farq qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari insonga avvalgi jamiyatlarga nisbatan ko’proq imkoniyat yaratdi. Lekin, afsuski, bu imkoniyatlar orasida inson nafsi va hirsini rag’batlantiruvchi, ma’naviyatni ich-ichidan yemiruvchi omillar ham bor.
Inson jamiyatdan chetda, tashqarida bo’lolmaydi. U o’zining kichik submuhitini yaratib, tarkidunyo qilganda ham jamiyat ta’siridan qutila olmaydi. Avlodlarga kelsak, jamiyatda bir vaqtning o’zida uch avlod yashaydi: katta avlod, o’rta avlod, yosh avlod (bobo, o’g’il, nabira). Katta avlod (50 yoshdan yuqori) jamiyat talablaridan ortda qola boshlaydi. Uning tafakkuri konservativ. YOsh avlod hali jamiyat talablarini to’la o’zlashtirgani yo’q, lekin radikal fikrlaydi, hamma narsani o’zgartirgisi, yangilagisi keladi. Ayni paytda u ta’lim olayotgan, eng yangi ilmiy yutuqlarni va mutaxasislik sirlarini o’rganayotgan avloddir. U bilimga chanqoq, so’nggi texnologiyalarni o’zlashtirishga intiladi, shu sabab gumanitar bilimlarni, ma’naviy – axloqiy, estetik qadriyatlarni o’rganishga yetarlicha vaqt va imkon topolmaydi. Natijada texnokratik qarashlarga moyillik bildiradi. O’rta avlod –mo’’tadil va asosiy yaratuvchi kuch. Lekin bola-chaqasini tarbiyalashga yetarlicha vaqt topolmaydi. Doimo ish, xizmat, biznes, oylik-maoshini, daromadini, oladigan foydasini ko’paytirish, ro’zg’or, bola-chaqa tashvishlari bilan band.
Odamlarning aksariyati jamiyat talablarini faqat o’ziga zarur darajada o’zlashtiradi. Ko’pchilik yuksak talablardan ortda qoladi. Jamiyatda rasm-rusum bo’lgan ommaviy madaniyat mahsulotlarini iste’mol qilish bilan qanoatlanadi. Alohida ijodkor shaxslar o’z sohasida jamiyat talablaridan ancha ilgarilab ketishi, buyuk kashfiyotlar qilishi mumkin. Lekin jamiyat bunday g’oyalarga tayyor bo’lmasa, ularni hazm qilolmaydi. Natijada g’oyalar qog’ozda qolib ketadi. Aslida ko’pincha alohida inson jamiyat talablarini to’la bajarolmaydi, jamiyat unga beradigan imkoniyatlardan to’la foydalanolmaydi. SHu sababdan hayotda o’z o’rnini topolmagan kishilar, yoki adashib noto’g’ri yo’lga kirib qolgan kishilar ancha-muncha uchraydi. Avlodlar tafakkuri va psixologiyasi farq qilishi, odamlar ongi, faolligi, kasbi va jamiyatda egallagan mavqei har xilligi ular o’rtasida hamda har bir avlodlar ichida o’ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Har bir jamiyat shaxsning o’ziga mos tarixiy tipini tarbiyalaydi. Turli jamiyatda yashaydigan kishilar bir-birlaridan ongi, tafakkuri, qiziqishlari, qadriyatlar tizimi, ehtiyojlari, bilimlari, ko’nikmalari, amaliy intilishlari, turmush tarzi bilan farq qiladi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida moddiy ishlab chiqarish kengayib, bilimlar chuqurlashib, jamiyat imkoniyatlari va hayoti yuksalib, xilma-xillashib boradi. SHunga yarasha jamiyatning insonga, shaxsga qo’yadigan ma’naviy hamda kasbiy tayyorgarlik talablari o’sib boradi. Jamiyat o’z talablariga nisbatan to’la javob beradigan inson to’g’risida umumiy tasavvurlarni, g’oyalarni, mezonlarni ishlab chiqadi, ularga tarbiyani moslashtiradi. Bunday inson turlicha atalishi mumkin: har tomonlama uyg’un rivojlangan shaxs, komil inson va sh.k. Gap atamada emas. Gap o’sha mezonlarning ta’lim-tarbiya uchun ijtimoiy mo’ljalga aylanishidadir. Komil inson tushunchasini mutlaqlashtirmaslik kerak, garchi u ideal xarakterdagi tushuncha bo’lsada. Bu tushuncha konkret-tarixiy mazmunga ega. Unga har bir jamiyat o’z mazmunini yuklaydi. Avestoda komil inson ezgu niyatli, ezgu so’zli, ezgu amalli kishidir. U hech qachon yomon maqsadni ko’zlamaydi, hatto hayoliga ham keltirmaydi, yomon so’zlardan o’zini tiyadi, birovni nojo’ya so’z bilan xafa qilib qo’ymaydi, xulqi,yomon ishi, amaliy faoliyati bilan odamlarga zarar yetkazmaydi, faqat xayrli, yaxshi ishlar bilan mashg’ul bo’ladi.
Qadimgi yunonlar inson komilligini aqlda, bilimda va jismonan sog’lomlikda ko’rishgani sababli ta’lim – tarbiya tizimi zarur fanlarni o’qitish qatorida jismoniy tarbiyaga (gimnastikaga) jiddiy e’tibor qaratgan. “Sog’lom tanda – sog’lom ruh”degan qanotli ibora antik davrdan kelayotir.
Aziziddin Nasafiyning komil inson to’g’risidagi qarashlari Avestodagiga nisbatan ancha aniqroq va boyroq. U komil insonning nozik ta’bi, didi, axloq-odobi, sahovati, muruvvati, ma’suliyati, erkinligi, iymon-e’tiqodi kabi ezgulikni tashkil etuvchi ko’plab konkret xislatlarini e’tirof va tahlil etadi. Ayni paytda ular mohiyat jihatidan Avesto ideallariga ancha yaqin (Nasafiy, tabiiyki, islom ma’naviyatidan kelib chiqib, islom atamalarini qo’llaydi). U Avesto keltirgan uch talab yoniga yana bir talabni – maorifni qo’shadi. Maorif – Ollohni anglash, zarur diniy va dunyoviy bilimlarni egallashni bildiradi. Komil inson, albatta, yuqorida Avestoda aytilgan hislatlarga ega bo’lishidan tashqari, Nasafiy nazarida yana bir fazilatga – mustahkam e’tiqodga ega, ma’rifatli, haqiqiy mo’min-musulmon, haqqa, haqiqatga, eng asosiysi takomillashishga, rivojlanishga intiluvchan bo’lishi lozim.
Nasafiyning komil insoni barcha a’lo fazilatlarni o’zida jamlab, to’liq shakllanib bo’lgan, binobarin, qotib qolgan shaxs emas, balkiy doimiy harakatdagi, takomillashuvidagi, haqiqatga intilishi to’xtamagan shaxsdir. Insonga rivojlanayotgan shaxs sifatida yondashuv Aziziddin Nasafiyni o’z zamonasining barcha faylasuflaridan va diniy mutafakkirlaridan ajratib turadi va zamonaviy qarashlarga yaqinlashtiradi. Ma’lumki, tasavvuf mutafakkirlari solikning haqqa yetishish yo’lidagi turli maqomlari va manzillarini belgilagan (har bir tariqat o’zicha). Lekin oxirgi manzilga yetilgach, inson to’liq o’zligidan kechib, qalban haqqa qo’shilib ketadi, har qanday harakatdan, rivojdan to’xtaydi. Bu dunyoda faqat uning surati qolgan, qalbi, ruhi yaratgan bilan. Tasavvuf mutafakkirlari takomillashish chegarasini belgilab qo’ygan, Aziziddin Nasafiy esa uni cheksizlik bilan bog’lagan. SHu sababdan uni tor tushunchadagi tasavvuf mutafakkiri deyish mumkin emas. Uning tafakkuri tasavvuf doirasiga sig’maydi.
O’rta asrlarda dinning inson hayotiga ta’siri juda kuchli edi. Har qanday qadriyat dinga xizmat qilishi mumkinligi, yoki hech bo’lmaganda, dinga zarar keltirmasligi, muqaddas kitoblarga zid kelmasligi nuqtai nazaridan baholanar edi. SHu sababdan komil insonning Ollohni chin dildan sevadigan, unga intiladigan kishi sifatida tushunilishi tabiiy edi. Haqqa intilishni ruhoniylar har xil tushungan. Kimlardir Haq yo’lida bu dunyodan voz kechib (tarki dunyo aylab), zohidlikda, faqirlikda yashash, kecha-yu kunduz YAratganni unutmasdan, duo va ibodatda bo’lish deb bilgan. Boshqalar xudo yaratgan ne’matlardan yuz o’girmaslik lozim, chunki ular inson uchun yaratilgan, ammo nafsga ortiqcha berilmaslik, oz bilan qanoat qilish zarur degan g’oyalarni olg’a surgan. Buyuk vatandoshimiz Bahouddin Naqshband mo’’tadil diniylik va dunyoviylikni ifodalaydigan hikmatni o’rtaga tashlagan: “Dil ba yor, dast ba kor”(Ko’ngil xudoga, qo’l ishga).
Aqliy va jismoniy yetuklik g’oyasi, yuqorida aytilganidek, qadim va antik davrda-yoq turli xalqlar tomonidan olg’a surilgan. Inson, insonparvarlik masalasi mumtoz madaniyatning asosiy g’oyasi bo’lib kelgan. Ammo teranroq nazar tashlansa, inson komilligi masalasida ba’zan jamiyat olg’a harakatlanish o’rniga ortga ketayotgandek taassurot qoldiradi: firibgarlik, yolg’on, o’g’irlik, harom-harishdan hazar qilmaslik, poraxo’rlik, laganbardorlik ko’payishi, sharm-hayo, or-nomus tuyg’ularining o’tmaslashib, mehr-oqibat pasayib ketayotgani va boshqa ko’plab misollarni keltirish mumkin. Bunday taassurot bugun paydo bo’lgani yo’q. XVIII asrda Jan-Jak Russo “ortga, tabiat bag’riga” chorlaganini, zamonaviy sivilizatsiya inson tabiatiga yot (dushman) ekanligiga, sivilizatsiyadan uzoq qabilalar vakillari yolg’on, o’g’irlik va h.k. illatlardan xoliligiga diqqatni jalb etgan edi. Lekin oradan o’tgan 2,5 asr mobaynida inson axloqi nafaqat yaxshilanmadi, hatto bugun XXI asrda uning ongli, aqlli, ma’naviy mavjudod sifatida yashab qolishiga xavf-xatar tug’ilganday bo’lmoqda.
Komil inson to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar juda rang-barang va ziddiyatli. Ularda o’tmishdan kelayotgan bahslar va qarashlar qatorida hozirgi sivilizatsiya ziddiyatlari va imkoniyatlari aks etgan. G’arbning sekulyarizatsiyalashgan, ratsionalizmga asoslangan ongi, realistik qarashlari XIX asrda dastlab ideal inson tushunchasidan voz kechdi. Inson ideali, ijobiy qahramon masalasi rennessans realizmi (SHekspir) va romantizm adabiyotida qolib ketdi. Tanqidiy realizm yuksak ideal g’oyani ifodalovchi qahramonni emas, balki jamiyatning barcha ziddiyatlarini o’zida mujassam etgan tipik qahramon obrazini yaratdi. Lekin XIX asr ikkinchi yarmidan o’zida inson va xudo hislatlarini birlashtirgan, hammadan ustun, kuchli superinson g’oyasi shakllana boshladi. Bunga xristian dinining aqidalari va Gegel kabi faylasuflar ta’limoti bilvosita yo’l qo’yar edi.
Ma’lumki, xristian diniga muvofiq, Iisus Xristos (Iso Masih) Xudoning bibi Mariamdan tug’ilgan farzandi, ayni paytda YAratganning uchinchi shamoyilidir. Inson tabiatiga bag’ishlangan mavzuda avval ta’kidlanganidek, Gegel insonni Absolyut Ruh va tabiatning sintezi, deb hisoblagan. Qadim va antik davr asotirlarida barcha ko’zga ko’ringan qahramonlar – Persey, Gerakl, Axill va boshqalar xudolarning o’g’illaridir. Bunday qarashlar shunchalik keng tarqalganki, hatto Aleksandr Makedonskiy, YUliy sezar, Avgust kabi buyuk g’alabalarga erishgan tarixiy zotlar ham xudo farzandlari sifatida qabul qilingan va ularning shaxsiga sig’inilgan. Lekin XIX asr ikkinchi yarmida yevropaliklar aksariyati Xudoga ishonmay qo’ygan. XIX asrda Xudoning o’rnini hamma narsa qo’lidan keladigan, ish beradigan va ishdan bo’shatadigan, ochlikka, o’limga mahkum etoladigan zavod xo’jayini yoki uning boshqaruvchisi egalladi. Keyinchalik ular yoniga idela superqahramonlar, qoloq “xalqlarga taraqqiyot va madaniyat” olib boradigan mustamlakachi – bosqinchi, dunyoga hukmronlik qilishga intilayotgan “malla soch iblis”, superqahramon obrazlari qo’shildi. Kolonializm va fashizm mafkuravisi bilan bog’liq arim keskinliklardan voz kechilsada, superqahramon g’oyasi saqlanib qoldi. XX asr ikkinchi yarmida Ideal shaxs esa ishda va hayotda omadi chopgan, bilimli, tashkilotchi-mutaxasis (menejer)deb tushuniladigan bo’ldi. Bunday shaxsni tarbiyalashga munosabat g’arbda amaliy pragmatik tus oldi.
G’arb mamlakatlarida inson tarbiyasi masalasi ko’proq malakaviy talablar, ta’lim standartlari, inson huquqlari va erkinliklari kabi masalalar bilan almashtirildi. Natijada ta’lim-tarbiya va umuman jamiyat hayoti markaziga insonning barcha ehtiyojlarini (zo’ravonlikdan tashqari), nafaqat o’ta ko’p miqdordagi moddiy buyumlar, xizmatlar iste’molini, shuningdek nosog’lom jinsiy moyilliklarni qondirishga qaratilgan vulgar antropotsentrizm qo’yila boshladi. Gumanistik va diniy tushunchalardagi mavhum idealistik antropotsentrizm vulgar materialistik, go’yoki ezgulik va yovuzlikdan tashqarida turuvchi, amalda aksilma’naviy antropotsentrizm bilan almashdi.
Zamonaviy inson endi g’arbda va mutaraqqiy mamlakatlarda nafsi, hirsi hakalak otib ketgan, ijtimoiy ahvolidan va o’z – o’zidan mamnun iste’molchi sifatida juda tor tushunilmoqda, faqat siyosiy, diniy, irqiy, huquqiy, jinsiy moyillik maslalarida tolerant bo’lsa, bas. Bular hozirgi zamon jamiyatiga xos ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, madaniy ziddiyatlarning ma’naviy hayotda, insonning ma’naviy qiyofasida aks etishidir. Afsuski, g’arb ta’lim-tarbiya tizimida vulgar antropotsentrizm tamoyili mumtoz gumanizmga, an’anaviy mumtoz qadriyatlarga yemiruvchi, vayron etuvchi ta’sir ko’rsatmoqda. Aks holda ayrim davlatlar, hatto Germaniyadek pedagogika, psixologiya fanlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarning ba’zi maktablarida erkak va ayollar jinsiy organlari va qovushuvlari haqida ma’lumotlar hamda birjinsli aloqalar va oilalar haqidagi darslar boshlang’ich sinflardagi “jinsiy tarbiya”predmetiga kiritilmas, balog’atga yetmagan bolalarga o’qitilmas edi. Superinson g’oyasi bugun asosan jangari filmlar va elektiron o’yinlarda, ayollar uchun gender masalalarida qoldi. (Bu g’oyaga sal quyiroqda yana qaytamiz). G’arbda erkaklar “ayollashib” (felinizatsiya), ayollar “erkaklashib” (maksulinizatsiya) bormoqda. Erkaklar va ayollar orasida zo’r berib o’rtajinslik psixologiyasi (har ikki jins mayllarini yuksaltirish) va amalliyotga tatbiq etish (biseksualizm) tashviq etilmoqda.
YUqorida ta’kidlanganidek, uyg’un, har tomonlama rivojlangan shaxsni, komil insonni voyaga yetkazishda jamiyatning deyarli barcha institutlari qatnashadi. CHunki inson yashashi uchun moddiy – iqtisodiy shart-sharoitlar, ta’lim – tarbiya, insonni turli tashqi va ichki xaf-xatar va tahdidlardan himoya qilish, shaxs daxlsizligini hamda uning sog’lig’ini ta’minlash va ko’plab boshqa zarur shart- sharoitlar kerak. Komil insonni voyaga yetkazishda ma’naviy tarbiyaning ahamiyati juda katta. Iste’mol, iqtisodiy shart–sharoitlar o’z-o’zidan komil insonni tarbiyalamaydi. Ular tarbiya uchun zarur moddiy poydevor va imkoniyat yaratadi. Ammo moddiy-iqtisodiy omillar insonning ongi, tafakkuri, tevarak – atrofdagi narsalarga, hodisalarga beradigan bahosi, munosabati, etiqodi, dunyoqarashi qanday bo’lishini belgilamaydi. To’q sharoitda o’sgan bola tegishli tarbiya olmasa, xudbin, manman, zo’ravon, o’z manfaati uchun hech narsadan qaytmaydigan, nafs va hirsga berilgan kishi bo’lib voyaga yetishi mumkin. Moddiy qiyinchiliklar esa insonga o’z salohiyatini yuzaga chiqarishda xalaqit beradi. yetishmovchilik va og’ir sharoitda o’sgan bolalarning ayrimlari, agar yaxshi tarbiya olmasalar, biroz ziqna, hasadgo’y, ochko’z, yulg’ich bo’lib voyaga yetishi mumkin. Bundaylar o’g’irlik qilishga, biror mansabga ilashib qolsa, poraxo’rlik, maishatparastlik, turli qing’ir-qiyshiq usullar bilan boylik orttirishga moyil bo’ladi. SHu sababdan, to’qlikning ham, yetishmovchiliklarining ham inson ma’naviyatiga salbiy ta’sirining faqat tarbiya orqali oldini olish mumkin.
Jamiyatining moddiy – iqtisodiy rivojlanish darajasiga uning ma’naviy, tarbiyaviy saviyasi muvofiq bo’lsa, inson rivoji uchun imkoniyatlar ko’payadi. Agar ortda qolsa, inson iste’molchilik domiga tushib qoladi. Rivojlangan mamlakatlarda insonning iste’molchilik ishtahasi shu darajada o’sib ketdiki, u o’z-o’zini, tabiiy va ijtimoiy yashash muhiti – oykumenasini yemira boshladi. Tabiiy boyliklar kamayib, chiqindilar ko’payib, ekologik halokat havfi o’sib borayotir.
Ilgari inson va jamiyat rivojlanishi vertikal siljish sifatida tushunilgan. Inson bilim olsa, hunar egallasa, jamiyatdagi mavqe o’sgan, u quyiroq tabaqadan yuqoriroq tabaqaga ko’tarilgan va h.k. Zamonaviy jamiyatda esa rivojlanish ko’proq gorizantal siljish – ishlab chiqarish hajmining ortishi, iste’mol qilinadigan buyum va xizmatlar turining ko’payishi, moddiy farovonlikning o’sishi, insonning rivojlanishi esa uning shaxsiy jamg’armasi va moddiy imkoniyatlari o’sishi sifatida tushuniladi. Har yili 3-4 % iqtisodiy o’sishga erishish uchun yangi-yangi konlarni topish, tabiat boyliklarini qazib olib qayta ishlash kerak. Bu juda ulkan ekologik muammolarni tug’dirmoqda, tabiat yemirilib borayotir. Inson osmon bilan yer o’rtasida emas, yerda – tabiat bag’rida yashaydi. yer kurrasi inson oykumenasi – yashash muhiti va cheklangan tabiiy doirasidir. Iste’molchi inson tabiatning va o’zining biologik tur sifatida yashab qolishiga xavf solayotir. Inson zotini – homo sapiens ni – iste’molchi insondan himoya qilish zarurligini olimlar uqtirmoqdalar. Bunga avvalo tarbiya orqali, inson ijtimoiy mo’ljallarini o’zgartirish,moddiy iste’molni kamaytirib, ko’proq ma’naviy iste’molni yuksaltirish yordamida erishish mumkin.
Ma’naviy tarbiyaning ko’plab yo’nalishlari, aniq tashkiliy va uslubiy shakllari bor. Ular orasida mehnat tarbiyasi, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy tarbiya, shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirish alohida o’rin tutadi. Bularni zamonaviy axborot makoni cheksizligiva chegara bilmasligini hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti talablarini nazarda tutishi lozim. Ayniqsa mehnat va kasb hunarni egallashga qaratilgan ta’lim-tarbiya yo’nalishida. Mehnat tarbiyasi inson tarbiyasining universal shaklidir. Uning, bir tomondan, kasbiy, moddiy – iqtisodiy jihati ajralib tursa, ikkinchi tomondan – inson ongi, hayotga munosabati, bunyodkorlik va ijodkorlik bilan bog’liq intilishlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Qolaversa, inson o’zligini, yaratuvchi mavjudotligini mehnat orqali yuzaga chiqaradi. Bundan tashqari, mehnat faqat jismoniy mehnatdangina iborat emas, aqliy mehnatdan ham tashkil topadi. SHu sababdan mehnat tarbiyasi ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi, o’zagidir. Islom Karimovning quyidagi so’zlari ma’naviy tarbiyadan biz nimalar kutayotganimizni, uning jamiyat ravnaqidagi ahamiyatini yaxshi ochib beradi: “Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir”.8
Biz ma’naviy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari va shakllari ustida keyingi boblarda alohida to’xtalamiz.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish