O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Tabiatni zaharli moddalar ta’sirida ifloslanishi



Download 185 Kb.
bet3/7
Sana02.02.2022
Hajmi185 Kb.
#426072
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish (atrof-muhit va tabiy resurslari iqtisodiyoti)

3 Tabiatni zaharli moddalar ta’sirida ifloslanishi


Iqlimning o‘zgarishi sharoitlarida keyingi yirik muammolardan biri bu tuproqning sho‘rlanishi muammolari. 2012-yildagi holatiga ko‘ra respublikaning sug‘oriladigan yerlari umumiy maydonidan sho‘rlangan yerlari maydoni 49 foizni tashkil qiladi. Mazkur muammoga duch kelgan eng katta maydonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridadir. Iqlimning o‘zgarishi natijasida aeratsiya zonasida yer osti suvlarini jadal sarflanishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida ikkilamchi sho‘rlanishning rivojlanishiga olib keladi. Bir qator tumanlarda sho‘rlanish qiyin sug‘oriladigan gipslashgan tuproqlarni shakllanishi barobarida vujudga kelmoqda. Gipslashgan tuproqlarning umumiy maydoni 301,7 ming gektarni tashkil etadi, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan. Shunday ekan, iqlim o‘zgarishida yerdan foydalanishni moslashtirish uchun ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha ishlarni olib borish, tuproqning degradatsiyasini to‘xtatish imkonini beradigan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu borada, yerdan foydalanish va uni muxofaza qilish samaradorligini oshirish, buzilgan yerlarni, jumladan o‘tloqerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya qilish), tuproqni eroziya va sho‘rlanishdan, cho‘llanish, ifloslanish, dugumifikatsiya, zichlanish, tuproq unumdorligini hamda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish lozim. 253 Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, iqlim o‘zgarishiga agrosferaning moslashuvi sharoitlarida tuproqshunoslik sohasini rivojlantirishda asosiy ustuvor masalalar quyidagilar hisoblanadi: - uning biologizatsiya sharoitlarida, iqlim o‘zgarishiga dehqonchilikning moslashuvi sharoitlarida arid (quruq) yerga ishlov berish jarayonlarini o‘rganish; - sho‘rlanish, eroziya, degumifikatsiya, gipslanganligi, og‘ir metallar bilan tuproqning ifloslanishi, ftoridlar va agroximikatlarga qarshi kurashishning nazariyasi asoslari hamda samarador usullarini ishlab chiqish; - tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz sharoitlarida uning hayvonot olamini o‘rganish va maqbullashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish biologik usullarini ishlab chiqish; - tuproq resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilish sohasida yangi agrotexnologiyalar, biotexnologiyalarni, GIS texnologiyalarni yanada rivojlantirish va keng joriy etish; - o‘g‘itlar va tashqi muhit faktorlari samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro harakatni o‘rganish. Har bir o‘simlikning aniq navi oziqlanishini o‘rganish. Dehqonchilik tizimining yangi moslashuviga qo‘llash mumkin bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan foydalanishning yangi tizimini ishlab chiqish; - dehqonchilikning moslashuvchan-landshaft, ekologik xavfsiz tizimini ishlab chiqish. Almashlab ekishning ilmiy-asoslangan sxemasini joriy etish, qishloq xo‘jalik ekinlarini navbatlab ekish va joylashtirish. Suvni tejash texnologiyalaridan foydalanish: - tuproqlar va agrolandshaftlardagi uglerod balansini, haydaladigan tuproqlardagi uglerodni depozitlashtirishni va emissiyasini, agrotsenozlarni unumdorlikka ta’sirini hamda mazkur jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini o‘rganish; - o‘rmon resurslarini (tog‘, cho‘l, to‘qay) saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tuproqni erroziya, sho‘rlanishdan, iqlim o‘zgarishining salbiy 254 oqibatlaridan himoya qilish maqsadida o‘rmon melioratsiyasini olib borish; - Orol dengizi va unga tegishli maydonlarning qurigan tubidan foydalanish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish; - iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik olib borish, mazkur global muammoni hal etishda kelishilib olingan qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish; - agrosferaga, shuningdek, mintaqaning tuproq qatlamiga iqlim o‘zgarishining ta’siri bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini olib borish. Axborotni yig‘ish va tarqatish, u bilan almashish tizimini rivojlantirish, arid mintaqa hududlari uchun ekologik toza, resurslarni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. Oxirgi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z qonunchilik hujjatlariga va siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayoniga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritishga harakat qilmoqdalar. Tabiiyki, barcha mamlakatlar uchun birday bo‘lgan namunaning o‘zi yo‘q. Biroq tabiiy muhit va atrof-muhitdan foydalanish masalalarida aholi, ehtiyojlar va texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etishi umumiy jihatdan tan olingan. Xususan, bir hududda ko‘p energiya va xom ashyo sarflovchi, samaradorligi past va tabiatni ifloslovchi canoat texnologiyalari asosiy muammolarni keltirib chiqarsalar, boshqasida esa atrofmuhit va insonlarning salomatligiga zarar keltiruvchi iste’mol odatlaridan voz kechish mashaqqatlari bunga sabab bo‘ladi; uchinchi bir turdagi mamlakatlarni esa aholining haddan ziyod ko‘payib ketishi va qashshoqlik muammolari bezovta qiladi. Iqtisodiyotlari uzoq muddat umumittifoq xalq xo‘jaligi majmuasining bir qismi bo‘lgan va Markazga haddan ziyod qaram bo‘lgan Markaziy Osiyoning bu mustaqil davlatlari uchun barqaror taraqqiyotning zarurligi kun kabi ravshan edi. Darhol foyda olishni o‘ylagan, xilma-xillikni ham, tabiat hamda hududlar rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni ham hisobga olmagan Covet davlatidagi rejali iqtisodiyotning avtoritar tamoyillari Markaziy 255 Osiyodagi aksariyat hududlarda ekologik tanazzulning kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi.30 Yagona ma’naviy-tarixiy, iqtisodiy va ekologik asosga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy suv havzalari orqali o‘zaro chambarchas bog‘langan birhududida joylashganligidan esa ekologiya tizimi tartibining xatolariga juda ta’sirchan hisoblanadi. Shu tarzda sobiq Ittifoqda Markazqo‘m rahbarligi ostida O‘zbekistonda faqat paxta yakkahokimligi o‘rnatilgan va o‘lkada faqat paxta ekilgan. Buning oqibatida esa qudratli, lekin o‘ta isrofgar irrigatsiya va sug‘orish tizimi vujudga kelgan. Paxta dalalaridagi suvdan foydalanishning samarasi esa juda pastligicha qolavergan. Buning barobarida, hududning ekologik holati, mahalliy olimlar, mutaxassislarning fikri, aholining ming yillik an’analari ham hisobga olinmagan. Hududning, jumladan, O‘zbekistonning suv-yer, mehnat va boshqa resurslaridan nooqilona foydalanish natijasida o‘nlab million aholining hayot tarzi va salomatligiga putur yetkazgan, butun jamoatchilikni larzaga solgan Orol inqirozi yuzaga kelgan. 1965-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan muddatda Orol dengizi havzasidagi sug‘oriladigan hududlar hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshgan va bunda hududning tabiati emas, balki keng paxtazorlarning ehtiyojini qondirishga asosiy e’tibor qaratilgan. G‘oya esa oddiy - sobiq SSSR ning ulkan harbiy va to‘qimachilik sanoati sohasining ehtiyojlari uchun imkon qadar ko‘p, arzon paxta ishlab chiqarish edi. Pirovardida esa Orol dengizi, uning havzasi ekologiya tizimiga mo‘ljallangan suvni to‘sish va boshqa taraflarga burish fojiali oqibatlarga olib keldi. XX asrning 60-yillaridan boshlab Orol dengizining qirg‘oqlari 120–150 km ga chekinib, ortidan 5 mln. gektardan ortiq dengiz tubi ochildi va bundan u 80% dan ko‘proq suv hajmi va 60% hududidan mahrum bo‘ldi. Endi esa bu “Orolqum” dan yuzlab million tonna tuzlar, qum va zaharli 30 Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari. Oliy o’quv yurtlarining barcha ta’lim yo’nalishlari uchun darslik A. Ergashev [va boshq.] - Toshkent: Baktria press, 2016. - 296 b. 256 qoldiqlar shamollar orqali sayyoramizning havo qatlamiga sochilib bormoqda. Yangi yerlarni o‘zlashtirish barobarida, hududning transchegaraviy daryolarining butun sohasi bo‘ylab yoyilgan, yuzlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining yagona yashash, ko‘payish yerlari bo‘lgan to‘qay, o‘rmonlar va boshqa yashil o‘simliklar maydoni keskin kamayib ketdi. Endi esa ular butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki ularning lotin tilidagi nomlari Qizil kitobning zarvaraqlarini to‘ldirishdan boshqaga yaramay qolmoqda. Jiddiy olib qaraydigan bo‘lsak, bu yo‘qotishlarning biotsenoz va evolyusiya uchun oqibatini tasavvur qilish juda ham qiyin. Ularning hudud uchun ekologiya va iqtisodiy jihatdan hozirgi kunda taxminan ham hisoblashning imkoni yo‘q, ahamiyatini esa gapirmasa ham bo‘ladi. 1960-yillar oxiridan boshlab Orol dengizining qurib qolgan tubi faol deflyatsiya – tuzli qum ko‘chishining asosiy kengayib boruvchi o‘chog‘i sifatida belgilandi. Bu yerda 3,5 mln. gektar maydonda yuqori metr qatlamida mavjud tuz qatlami 1,5 mlrd. tonna atrofida baholanadi. Orol dengizi qurib qolishining salbiy oqibatlari nafaqat tutash zonada iqlim ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bilan mintaqa hududining cho‘llanish maydonini yiriklashtirib boradigan ko‘chma qumlar bilan dengiz tubining to‘lishida, balki dengizning quriyotgan tubidan xo‘jalik faoliyati zonasiga tuzli qum ko‘chishining kuchayishida namoyon bo‘ladi31 . 1995-yil 18–20-sentyabr kunlari o‘tkazilgan “Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish” bo‘yicha BMT konferensiyasi davomida beshta Markaziy Osiyo mamlakatining Prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy Nukus Deklaratsiyasi imzolandi va unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va “XXI asr uchun kun tartibi” ga qat’iy tarzda tarafdor ekanliklari o‘z tasdig‘ini topdi.


Iqlim o'zgarishi - bu o'rtacha ob -havo sharoitida sodir bo'ladigan o'zgarishlar. Ob-havobu harorat, shamol, namlik va boshqa jismoniy omillarda kuzatiladigan qisqa muddatli o'zgarish. Iqlim - bu ma'lum bir davr yoki uzoq yillar davomida o'rtacha hisoblangan va tahlil qilingan mintaqaning ob -havosi. So'nggi bir necha o'n yilliklar mobaynida iqlimning keskin o'zgarishi kuzatildi va dunyoning aksariyat hududlarida ko'plab tabiiy ofatlar hukm surdi, natijada iqlim o'zgaradi. Iqlim o'zgarishining bevosita sabablari sifatida ikkita asosiy sabab aniqlandi; Antropogen iqlim o'zgarishi va tabiiy iqlim o'zgarishi. Antropogen iqlim o'zgarishi - bu yoqilg'i yoqilg'isini yoqish, issiqxona gazlaridan ortiqcha foydalanish va o'rmonlarni kesish kabi inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi. Tabiiy iqlim o'zgarishi deganda vulqon otilishi, quyosh chiqishi yoki er orbitasidagi o'zgarishlar kabi tabiiy hodisalar natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi tushuniladi. Antropogen va tabiiy iqlim o'zgarishi o'rtasidagi asosiy farq uning qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Antropogen iqlim o'zgarganda, inson faoliyati iqlim o'zgarishiga olib keladi, tabiiy iqlim o'zgarganda esa, tabiiy hodisalar iqlim o'zgarishiga olib keladi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish