3.
Mehnat
ta'limi va tarbiyasining uzviyligi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
.“Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta'limni tashkil etishni
rivojlantirish printsiplari uzluksiz ta'limni isloh qilish, uzluksiz ta'lim tizimi va
turlari masalalarini qamrab olgan. Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov
ta'kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga
qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar
ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz
mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va
ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga
yordam berish juda muhimdir. Bunda o’quvchilarni e’tiboriga eng oddiy buyum
o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va
qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda
mehnatga qiziqishni uyg’otish,
texnologiya
darslarida hosil qilingan bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash
uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kuni uzaytirilgan guruhlarni, sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga
yordam beradi. Texnologiya ta’limida mehnatga psixologik tayyorgarlik,
mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli
mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. Agarda bola har bir
qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil
qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga
erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan
tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib
borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlari natijasida tarkib topadi.
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik,
hamjihatlik, birodarlik, umumlashish, birgalikda ishlay olish, jamoatchilik kabi
fazilatlarni tarbiyalaydi. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi,
mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak
talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq
o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining
sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto
ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi
ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z
bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy
bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va
jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.
Texnologiya ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich
maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari
yordamida hal etiladi. Bu o’rinda
texnologiya
darslari yetakchi rolg’ o’ynaydi.
Maktabda muntazam
texnologiya
ta’limining boshlang’ich bosqichi
boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni
qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish
lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy
bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang’ich tushuncha.
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish.
v) ish harakatlari.
g) yakun chiqarish.
1. Ko’rsatilayotgan harakat maqsadga muvofiq, barcha munosabatlarda ham
namunali bo’lishi.
2. Ko’rsatish namunaning ongli idrok etilishiga yordam berish kerak.
O’qituvchi o’quvchining ehtiborini harakatning eng asosiy ahamiyatli
tomoniga yo’llashi, boshqa harakatni emas, aynan shu harakatning maqsadga
muvofiqligini asoslash, ularning loyihalash ongli egallanishiga erishish lozim.
Shuning uchun ko’rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi.
3. Ko’rsatish harakat namunasining o’quvchilar tomonidan faol idrok
etilishini ta'minlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko’rsatilayotgan
narsani idrok etishda ish hajmi miqdorining ko’payishida ifodalanadi.
4. Ko’rsatilayotgan harakat barcha detallari bilan har bir o’quvchiga
yaxshi ko’rinishi kerak.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga mo’ljallangan mashqlar
faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida
o’tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur
bo’lgan ma’naviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga
cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, Mehnat sevarlik, milliy g’urur kabi
fazilatlarini shakllantirish zarur.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati
uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya
berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh
avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: Mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa
qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy
maqsadi, boshlang’ich mehnat telementlari bosqichlarini ya'ni bajariladigan
ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik
figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Topshirilgan ishga ma'suliyat hissini va mehnat dagi intizomni tarbiyalash,
o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun
foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi. Boshlang’ich
maktablarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni
mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim maktablarining boshlang’ich
sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat tahlim standartlari
talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib
yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o`quvchialarni
kelgusida yuqori malakali mutaxassis kadrlar etib tayyorlashda ularda
o‘qitishning turli usullaridan mohirona foydalanish ko‘nikmalarini tarkib toptirish
katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda ta’limda o‘qitishning an’naviy usullari bilan
birga turli xil noan’anaviy usullaridan foydalanilmoqda. Chunki, ular aynan
shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega: pedagog o‘qitish
jarayoniga talabalarni sub’yekt sifatida jalb qiladi; turli ish usullarini qo‘llaydi;
muammoli
o‘qitishdan
keng
foydalanadi, individuallashtirilgan
va
tabaqalashtirilgan o‘qitishni, axborot va yangi pedagogik mehnatlarni ta’limga
joriy etadi. Bunday o‘qitish talabalarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki
qobiliyatlarini rivojlantiradi va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Natijada talabalar -
bo‘lajak o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik mehnatlarni amalda qo‘llashga
tayyorlab boriladi. Bunda o‘zaro bog‘langan ikkita yo‘nalish bo‘yicha ish olib
borish mumkin:
I.
Talabalarga pedagogik mehnatning mazmuni va mohiyati, turlari hamda
ularni o‘qitish maqsadlariga muvofiq bo‘lishi haqidagi aniq tushunchalarni berish.
II
. Barcha darslarni (ma’ruza, amaliy, laboratoriya ishlari, seminar va
mustaqil mashg‘ulotlarni) zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
holda tashkil etish.
Mazkur maqsadga erishish uchun, ya’ni talabalarga o‘qitishning noan’naviy
usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatish uchun quyidagi tamoyillarni asos sifatida
qabul qilish mumkin:
- o`quvchining darsda yangi ma’lumot olish uchun harakat qilishi;
- uning o‘z nuqtai nazariga ega ekanligi;
- pedagog va o`quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi munosabatlarini joriy etilishi;
- berilgan bilimlarni amalda qo‘llashi, tengdoshlarining va boshqalarning fikrlarini
hurmat qilishi;
- o‘zaro fikr, tajriba almashishga harakat qilishi;
- erkin ilm egallashga, o‘z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi
.
Boshlang‘ich ta’lim darslarining samaradorligi quyidagi shartlarning
bajarilishiga bog‘liq: vaqtdan unumli foydalanish; darsning mavzusi va maqsadini
aniq belgilash; vazifalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish va izchil bajara olishdan iborat.
O‘qituvchi darsga tayyorlana turib, uning tuzilishini belgilaydi. Bilimlarni nazorat
qilish, tushuncha berish, mustahkamlash, yangi va oldingi bilimlarni nazorat qilish,
bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishni qanday izchilikdan o‘tkazish
muhimligini, so‘rash paytida uning qaysi turidan foydalanish kerakligini qayd
qiladi. Zamon talabiga mos
texnologiya
darslari o‘qitishning shakllarini anglagan
holda tanlangani, xususan, butun sinf, guruh va yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni
uyg‘unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi.
Darsning barcha vazifalari oldindan belgilangan va rejasi tuzilgan bo‘lsa,
o’nga quyiladigan barcha talablarni bajarish oson kechadi. O‘qituvchi dars rejasini
tuza turib, uning asosiy maqsadini, tuzilishini, mazmunini, loyihasini, o‘tkazish
metod va uslublarini, jihozlarni, tashkil qilish shakllarini belgilaydi. Xususan,
tadqiqiy yondashuv, muammoli darslar, dasturlashtirilgan o‘qitish-pedagogik
mehnat asoslariga tayangan holda darslarni tashkil qilishga erishish uning didaktik
talabini hal qiluvchi asosiy omildir. Bu o‘rinda darsni to‘g‘ri rejalashtirish, uni
qismlarga ajratish; dars tipini belgilash; didaktik maqsad bilan taqazo qilinadigan
tuzilishini belgilash ta’lim maqsadlariga erishishning muhim qismi hisoblanadi.
Biz o‘z tajribalarimizdan kelib chiqqan holda o`quvchilarni bo‘lajak kasbiy
faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning quyidagi noan’naviy usullaridan
foydalanishni tavsiya etamiz:
1. Aqliy hujum usulini qo‘llash. Bunda talabalarda qo‘yilgan muammoning
mohiyatini anglagan holda dastlabki fikr yuritish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu
bilan birga ular o‘zlarining fikrlarini erkin bayon etishni, asoslashni, himoya
qilishni, boshqalarning fikrlarini eshitishni va hurmat qilishni o‘rganadilar
2. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘lish. Bunda ularda jamoa bo‘lib fikrlash va ish
bajarish, o‘z jamoasining g‘olib bo‘lishiga intilish xislatlari rivojlanadi.
3. Ishbilarmonlik va rolli-syujetli o‘yinlardan foydalanish. Bunda talabalarning
mustaqil, ijodiy va amaliy ish bajarish qobiliyatlari namoyon bo‘ladi hamda
rivojlanadi. Oldin egallagan bilim va ko‘nikmalarni boyitish, yangi vaziyatlarda
qo‘llash imkoniyatlari ochiladi.
4. Muammoli savol va holatlarni tahlil qilish. Bu usul talabalarning ijodiy,
mantiqiy fikr yuritishlariga, ilmiy, erkin bahs-munozaraga kirishishlariga,
muomala madaniyatini o‘rganishlariga, topqirlik xislatlarini rivojlanishiga
qaratilgan. Mazkur usullar o`quvchilarning fikrlash, anglash, tasavvur qilish,
amaliy ish bajarish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi oddiy va
samarali usullar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |