O’quv materialining ilmiyliligi
tushunarli bo’lish bilan uyg’unlashishi
kerak. Bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek
ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Texnologiya materiallari
mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida o’qishga
qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, kasblar haqida
ma’lumot olishga, ish turlari haqida bilish va ularni taqqoslash va xulosalar
chiqarish, amaliy muammolarni yechishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |