Kitob bilan ishlash.
Hozirgi kunda Texnologiya ta’limi bo’yicha 1,2,3,4-
sinflarga mo’ljallangan “Mehnat ” darsliklari asosida o’qituvchidan o’quvchilarni
kitob bilan ishlashga o’rgatish talab qilinadi. Bu maqsadda qo’yidagi kitoblardan:
Kuznetsovning “1-3 sinflarda qog’oz va karton bilan ishlash”, “Boshlang’ich
sinflarda texnik modellash”, “1-3 sinflarda Texnologiya bo’yicha alg’bom”,
“Boshlang’ich sinflarda tabiiy materillar bilan ishlash” kabilardan foydalanish
mumkin.
O’quvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin o’qituvchining o’zi bu
kitobni puxta o’rganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish mumkinligini
belgilab chiqishi lozim. O’quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga ata-sekin
o’rgatib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |