O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 6,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/208
Sana01.02.2022
Hajmi6,34 Mb.
#423826
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   208
Bog'liq
Texnologiya Toliq Majmua.

3. 
Mehnat 
ta'limi va tarbiyasining uzviyligi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan 
.“Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta'limni tashkil etishni 
rivojlantirish printsiplari uzluksiz ta'limni isloh qilish, uzluksiz ta'lim tizimi va
turlari masalalarini qamrab olgan. Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov 
ta'kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib 
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga 
qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar 
ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz 
mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”. 


O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va 
ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga 
yordam berish juda muhimdir. Bunda o’quvchilarni e’tiboriga eng oddiy buyum
o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va
qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda
mehnatga qiziqishni uyg’otish,
texnologiya
darslarida hosil qilingan bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash
uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kuni uzaytirilgan guruhlarni, sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga
yordam beradi. Texnologiya ta’limida mehnatga psixologik tayyorgarlik,
mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli 
mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. Agarda bola har bir
qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil
qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga 
erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan 
tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib 
borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlari natijasida tarkib topadi. 
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, 
hamjihatlik, birodarlik, umumlashish, birgalikda ishlay olish, jamoatchilik kabi 
fazilatlarni tarbiyalaydi. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi,
mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak
talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq 
o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining
sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto
ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi
ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z
bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy
bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va
jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.
Texnologiya ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich 
maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari 
yordamida hal etiladi. Bu o’rinda 
texnologiya
darslari yetakchi rolg’ o’ynaydi. 
Maktabda muntazam
texnologiya
ta’limining boshlang’ich bosqichi 
boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni 
qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish 
lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy 
bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang’ich tushuncha.
b) mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish.
v) ish harakatlari.


g) yakun chiqarish.
1. Ko’rsatilayotgan harakat maqsadga muvofiq, barcha munosabatlarda ham 
namunali bo’lishi.
2. Ko’rsatish namunaning ongli idrok etilishiga yordam berish kerak. 
O’qituvchi o’quvchining ehtiborini harakatning eng asosiy ahamiyatli 
tomoniga yo’llashi, boshqa harakatni emas, aynan shu harakatning maqsadga 
muvofiqligini asoslash, ularning loyihalash ongli egallanishiga erishish lozim. 
Shuning uchun ko’rsatish doimo qisqa tushuntirish bilan birga boradi.
3. Ko’rsatish harakat namunasining o’quvchilar tomonidan faol idrok 
etilishini ta'minlash kerak. Faollik tafakkur faoliyatida hamda ko’rsatilayotgan 
narsani idrok etishda ish hajmi miqdorining ko’payishida ifodalanadi.
4. Ko’rsatilayotgan harakat barcha detallari bilan har bir o’quvchiga 
yaxshi ko’rinishi kerak.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar. 
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga mo’ljallangan mashqlar
faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida 
o’tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur 
bo’lgan ma’naviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga 
cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, Mehnat sevarlik, milliy g’urur kabi
fazilatlarini shakllantirish zarur.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati 
uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya 
berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh
avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: Mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa 
qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy 
maqsadi, boshlang’ich mehnat telementlari bosqichlarini ya'ni bajariladigan 
ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik 
figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Topshirilgan ishga ma'suliyat hissini va mehnat dagi intizomni tarbiyalash, 
o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun 
foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi. Boshlang’ich
maktablarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni
mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumtahlim maktablarining boshlang’ich
sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat tahlim standartlari 
talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib
yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o`quvchialarni 
kelgusida yuqori malakali mutaxassis kadrlar etib tayyorlashda ularda
o‘qitishning turli usullaridan mohirona foydalanish ko‘nikmalarini tarkib toptirish
katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda ta’limda o‘qitishning an’naviy usullari bilan 
birga turli xil noan’anaviy usullaridan foydalanilmoqda. Chunki, ular aynan 
shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega: pedagog o‘qitish 
jarayoniga talabalarni sub’yekt sifatida jalb qiladi; turli ish usullarini qo‘llaydi; 


muammoli 
o‘qitishdan 
keng 
foydalanadi, individuallashtirilgan 
va
tabaqalashtirilgan o‘qitishni, axborot va yangi pedagogik mehnatlarni ta’limga 
joriy etadi. Bunday o‘qitish talabalarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki 
qobiliyatlarini rivojlantiradi va imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Natijada talabalar - 
bo‘lajak o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik mehnatlarni amalda qo‘llashga 
tayyorlab boriladi. Bunda o‘zaro bog‘langan ikkita yo‘nalish bo‘yicha ish olib 
borish mumkin:
I.
Talabalarga pedagogik mehnatning mazmuni va mohiyati, turlari hamda 
ularni o‘qitish maqsadlariga muvofiq bo‘lishi haqidagi aniq tushunchalarni berish.
II
. Barcha darslarni (ma’ruza, amaliy, laboratoriya ishlari, seminar va 
mustaqil mashg‘ulotlarni) zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan 
holda tashkil etish.
Mazkur maqsadga erishish uchun, ya’ni talabalarga o‘qitishning noan’naviy 
usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatish uchun quyidagi tamoyillarni asos sifatida 
qabul qilish mumkin:
- o`quvchining darsda yangi ma’lumot olish uchun harakat qilishi;
- uning o‘z nuqtai nazariga ega ekanligi;
- pedagog va o`quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi munosabatlarini joriy etilishi;
- berilgan bilimlarni amalda qo‘llashi, tengdoshlarining va boshqalarning fikrlarini 
hurmat qilishi;
- o‘zaro fikr, tajriba almashishga harakat qilishi;
- erkin ilm egallashga, o‘z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi
.
Boshlang‘ich ta’lim darslarining samaradorligi quyidagi shartlarning 
bajarilishiga bog‘liq: vaqtdan unumli foydalanish; darsning mavzusi va maqsadini 
aniq belgilash; vazifalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish va izchil bajara olishdan iborat. 
O‘qituvchi darsga tayyorlana turib, uning tuzilishini belgilaydi. Bilimlarni nazorat 
qilish, tushuncha berish, mustahkamlash, yangi va oldingi bilimlarni nazorat qilish, 
bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishni qanday izchilikdan o‘tkazish 
muhimligini, so‘rash paytida uning qaysi turidan foydalanish kerakligini qayd 
qiladi. Zamon talabiga mos 
texnologiya
darslari o‘qitishning shakllarini anglagan 
holda tanlangani, xususan, butun sinf, guruh va yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni 
uyg‘unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi.
Darsning barcha vazifalari oldindan belgilangan va rejasi tuzilgan bo‘lsa, 
o’nga quyiladigan barcha talablarni bajarish oson kechadi. O‘qituvchi dars rejasini 
tuza turib, uning asosiy maqsadini, tuzilishini, mazmunini, loyihasini, o‘tkazish 
metod va uslublarini, jihozlarni, tashkil qilish shakllarini belgilaydi. Xususan, 
tadqiqiy yondashuv, muammoli darslar, dasturlashtirilgan o‘qitish-pedagogik 
mehnat asoslariga tayangan holda darslarni tashkil qilishga erishish uning didaktik 
talabini hal qiluvchi asosiy omildir. Bu o‘rinda darsni to‘g‘ri rejalashtirish, uni 
qismlarga ajratish; dars tipini belgilash; didaktik maqsad bilan taqazo qilinadigan 
tuzilishini belgilash ta’lim maqsadlariga erishishning muhim qismi hisoblanadi.
Biz o‘z tajribalarimizdan kelib chiqqan holda o`quvchilarni bo‘lajak kasbiy 
faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning quyidagi noan’naviy usullaridan 
foydalanishni tavsiya etamiz:


1. Aqliy hujum usulini qo‘llash. Bunda talabalarda qo‘yilgan muammoning 
mohiyatini anglagan holda dastlabki fikr yuritish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu 
bilan birga ular o‘zlarining fikrlarini erkin bayon etishni, asoslashni, himoya 
qilishni, boshqalarning fikrlarini eshitishni va hurmat qilishni o‘rganadilar
2. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘lish. Bunda ularda jamoa bo‘lib fikrlash va ish 
bajarish, o‘z jamoasining g‘olib bo‘lishiga intilish xislatlari rivojlanadi.
3. Ishbilarmonlik va rolli-syujetli o‘yinlardan foydalanish. Bunda talabalarning 
mustaqil, ijodiy va amaliy ish bajarish qobiliyatlari namoyon bo‘ladi hamda 
rivojlanadi. Oldin egallagan bilim va ko‘nikmalarni boyitish, yangi vaziyatlarda 
qo‘llash imkoniyatlari ochiladi.
4. Muammoli savol va holatlarni tahlil qilish. Bu usul talabalarning ijodiy, 
mantiqiy fikr yuritishlariga, ilmiy, erkin bahs-munozaraga kirishishlariga, 
muomala madaniyatini o‘rganishlariga, topqirlik xislatlarini rivojlanishiga 
qaratilgan. Mazkur usullar o`quvchilarning fikrlash, anglash, tasavvur qilish, 
amaliy ish bajarish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi oddiy va 
samarali usullar hisoblanadi.

Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish