O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

Fizika kechalari
– bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish 
uchun ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. 
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish 
va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab 
qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, 
uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni 
bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar 
bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik 
ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan 
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. 
Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni, 
aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining 
ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion 
tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning hammasi 
aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak. Fizika kechalarining mavzulari 
turlicha bo’ladi. 
Kecha fizika kursining qandaydir bo’limiga yoki mavzusiga, fan va 
texnikaning katta yutug’iga, ajoyib sanalarga (radio kuni, kosmanavtika kuni), 
vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga, to’garak 
ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli fizikaga 
bag’ishlangan bo’lishi mumkin. 
Fizika 
bo’limlariga 
bag’ishlangan 
kechalar 
o’quvchilar 
bilimini 
chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Quyida 7-sinfdan o’tkazilgan “Assalom 
fizika” kechasining qisqacha mazmuni hamda 9-sinf o’quvchilari bilan “Zuxro 
yulduzi” va “Ona zamin” komandalari o’rtasidagi bellashuvning mazmuni beriladi. 
Quyida “Assalom fizika” kechasining qisqa matni beriladi. 
1-o’quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani toping, vazifasini 
tushuntiring. 
2-o’quvchi: Menzurkani qo’liga oladi va uning hajmini, o’lchashdagi 
vazifasini tushuntiradi. 
1-o’quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o’lchanadi? 
2-o’quvchi: Termometr kashf etilgunga qadar tana harorati qo’l bilan 
aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o’lchanadi deb termometrni ko’rsatadi. 
1-o’quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi? 
2-o’quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir. 
1-o’quvchi: Kuchni qanday asbob bilan o’lchanadi, uni toping va qayerlarda 
ishlatilishini tushuntiring? 
2-o’quvchi: Kuch dinamometr bilan o’lchanadi. U muskul kuchlarini 
aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.
SHunga o’xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim 
ko’proq ball yig’sa, shu o’quvchi g’olib hisoblanadi. 
Fizika kechalari – bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun 
ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. 


42 
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish 
va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab 
qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, 
uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni 
bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar 
bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik 
ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan 
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. 
SHuni ta’kidlash joizki, maktabda sinfdan tashqari ishlar qanchalik yaxshi 
tashkil etilsa, o’quvchilar faolligi shunchalik oshib boradi, ular mustaqil fikrlashga 
o’rganadilar, eng muhimi u yoki bu fanga qiziqishlari ortadi, ayniqsa iqtidorli o’g’il-
qizlar birin-ketin ko’zga tashlana boradilar. Bu, o’z navbatida iqtidorli bolalarni 
aniqlash va ular bilan alohida ish olib borishda o’qituvchiga katta yordam beradi. 
Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham sinfdan 
tashqari ishlardan biri hamda muhimi hisoblanadi. 
Birinchi marta fan olimpiadasini o’tkazish XX asrning 60-yillarida boshlanib 
fizika-matematika fani xissasiga to’g’ri kelgan. Bu ish o’zini oqlagandan keyin sekin-
asta boshqa fanlardan ham olimpiadalar o’tkazila boshlandi. 
Olimpiadalar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, avval maktab litseyda so’ng 
tuman miqyosida keyin shahar yoki viloyat miqyosida, so’ngra respublika miqyosida 
va nihoyat xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. 
Olimpiada o’tkazilishidan avval o’quvchilar bilimini baholash uchun jyuri 
tayinlanadi. Olimpiadalar vaqtida o’quvchilar bilimini jyuri bir necha usullar bilan 
sinab ko’radi. 
I navbatda masalalar yechish orqali, II navbatda amaliy tayyorgarligini 
kuzatish maqsadida laboratoriya ishlarini bajarish hamda tushuntirib berishlari orqali 
va nihoyat test savollariga javob berish orqali sinab ko’riladi. Har bir holat uchun 
alohadi-alohida ball qo’yib boriladi, natijada qaysi o’quvchi ko’proq ball to’plagan 
bo’lsa, shu o’quvchi g’olib deb tanlanadi. O’rinlar shu asosda ketma-ket 
taqsimlanadi. 
Fizikadan olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham o’qituvchidan 
katta ma’suliyat, mehnatni talab qiladi. 
O’qituvchi avval parallel bir necha sinfdan fizikadan bilimi chuqur bo’lgan bir 
necha o’quvchini ajratib oladi, ya’ni 7-sinfdan, 8-sinfdan, 9-sinfdan, 10-sinfdan, 11-
sinfdan fizikaga qiziqqan bir necha o’quvchini ajratib oladi. Har bir sinf 
o’quvchilariga alohida-alohida ko’rsatmalar beradi, tushunmagan mavzularini 
tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida 
bir bo’lgan fizikaga doir adabiyotlarni o’qib o’rganishlari uchun olib kelib beradi. 
O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar. 
I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak 
oxiriga, ya’ni 4-10 noyabrlarda o’tkaziladi. Bunda maktab fizika o’qituvchilaridan 
biri jyuri raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi 
kuni olimpiada o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi. 
O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi. 
Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib 
avvaldan kelishilgan shartga asosan ballar qo’yiladi. Eng yuqori ball olgan 


43 
o’quvchilar ismi, shariflari va ishlari maktab rahbari buyrug’i asosida tuman 
olimpiadasiga yuboriladi. G’olib o’quvchi bilan o’qituvchi yanada jiddiyroq 
tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri 
keladi. Bu yerda olimpiada ikki turda nazariy va amaliy bilimlarini sinash orqali 
o’tkaziladi. 
So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika 
olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan 
o’quvchilarga o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi. 
Xulosa 
qilib, 
aytganda 
fizikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarning barchasi o’quvchilarni fizika va texnika fanlariga qiziqshini 
orttirishga xizmat qiladi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish