Tarbiyaviy maqsad:
Yosh avlodga vatanparvarlik,demokratik insonparvarlik ruhida
axloqiy ilm o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni astronomiya faniga qiziqishini oshirish;
Kasbga yo’llovchi maqsad:
o’quvchilarni o’qituvchilik kasbiga qiziqtirish.
I.
Uzluksiz ta’lim turi, o‘quv yili darajasida fizika ta’limi
mazmunini loyihalashtirish
Fizika ta’limining mazmuni uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish
sohalarida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Ta’limda jarayonida
fizika fanini o’qitish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay
olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va
o’stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy
hayotlarni va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |