O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

Fizika chuqur o’rganiladigan
aniq fanlar va tabiiy fanlar yo’nalishidagi 
akademik litseylarda fizika asosiy fan sifatida o’qitiladi. SHu munosabat bilan bu 
tipdagi litseylarda fizika o’qitishga alohida e’tibor qaratilishi zarur. 
Akademik litseylarning
bu yo’nalishidagi turlari uchun fizikadan alohida 
dastur ishlab chiqilgan bo’lib, dasturda fizikani o’qitishning maqsadi etib quyidagilar 
belgilangan: 
-
umumiy o’rta ta’lim asosida fizikadan fundamental bilim berish; 
-
fizik nazariya kuzatishlar, tajribalar va hodisalar haqidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirilgan shakli ekanligini ko’rsatish; 
-
nazariya bilan amaliyotning uzviy bog’liqligini ko’rsatish; 
-
fizikaning amaliy ahamiyatini ko’rsatish; 
-
fanga nisbatan qiziqish uyg’otish; 
-
fizikani o’rganishni davom ettirishga zamin yaratish. 
Dasturda o’qitishning maqsadidan kelib chiqqan holda fizika o’qitishni 
vazifalari ham belgilab berilgan. Litseylarda fizikani mexanikadan boshlab elementar 
zarralar fizikasigacha bo’lgan barcha bo’limlarini hozirgi zamon talablari darajasida 
o’rganish mo’ljallangan. Uning har bir bo’limidagi mavzular nomi o’rta ta’lim 
maktablarida o’rganilgan mazular nomi bilan bir xil bo’lsada, ular mazmun va 
murakkablik darajasi jihatidan katta farq qiladi, qonunlar va jarayonlar qisman 
takrorlanishi bilan birgalikda ular chuqurroq qaraladi, ularning ro’y berish hamda 
bajarilish sharoitlari chuqur tahlil qilinishi ko’zda tutilgan. SHuningdek, fizikaning 
hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasida qo’llanilishi, uning muammolari bilan 
tanishtiriladi. 
Kurs talabani fanga qiziqtirish, fizikaning fundamental asoslarini o’rganish, 
hamda yetarli amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilishiga qaratilgan. 
Akademik litseylarda talabalar fizika kursi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lib, 
oliy o’quv yurtlarida esa o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha ko’proq tayyorlanish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
So’nggi yillarda fizika sohasida katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda va uning 
yutuqlari hayotda, tabiatda, texnikada va ekologiyada o’z aksini topgan, unda 
shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekistonda fizikaning rivojlanishi va unga hissa 
qo’shgan vatanimiz olimlarining ishlarini o’rganish ham rejalashtirilgan. 
Dastur bo’yicha fizika kursi uchta qismga bo’lingan: 


30 
1)
“Mexanika va molekulyar fizika”; 
2)
“Elektrodinamika asoslari”; 
3)
“Tebranishlar va to’lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi”. 
Bu qismlarini har birini o’rganish uchun 240 soatdan ajratilgan bo’lib, bu 
soatlardan 80 soati ma’ruza, 120 soat masalalar yechish, 40 soat esa laboratoriya 
ishlarini bajarish uchun ajratilishi tavsiya qilinadi. Ko’rinib turibdiki, vaqtning 
salmoqli qismi amaliy mashg’ulotlar uchun sarflanishi tavsiya etilmoqda, bunga 
sabab yoshlarda amaliy ko’nikma va malakalarni yetarli darajada shakllantirishdan 
iboratdir. Umumiy soatlar miqdorini o’zgartirmagan holda o’qituvchi soatlarni 
bo’limlar bo’yicha taqsimotini 10-15% gacha o’zgartirishi mumkin. 
Akademik litseylarni tugallagan yoshlar keyinchalik Oliy o’quv yurtlarida 
o’zlari tanlagan yo’nalishda o’qishni davom ettirishini inobatga olgan holda shu 
paytgacha faqat Oliy o’quv yurtlarida o’rganilib kelingan ayrim mavzular ham 
dasturga kiritilgan bo’lib, bu mavzularni soddalashtirilgan holda, isbotlarsiz, berish 
tavsiya etiladi. 
Dasturda akademik litsey talabalarini fizikadan bilim va malakasiga 
qo’yiladigan talablar ham keltirilgan bo’lib, o’qituvchi talabalarni baholashda ularga 
asoslanadi. 
So’ngi paytlarda mazmunan yaqin fanlarni biriktirish (integratsiyalash) 
bo’yicha turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrim mutaxassislar bu fikrni qo’llab-quvvatlab, 
uni o’rinli ekanligini ta’kidlashsa, boshqa bir guruhlari esa bunga qarshi turishmoqda. 
Bu borada bizning respublikamizda amaliy ishlar boshlangan. Jumladan, umumiy 
o’rta ta’lim maktablari fizika kursi tarkibiga astronomiya elementlari kiritilgan. 
Fizika kursi dasturida “Koinot fizikasi” bo’limi mavjud bo’lib, unda koinot tuzilishi 
yulduzlar turlari, quyoshning harakati, ekliptika, Kepler qonuni, Oyning harakati, 
Quyosh va Oy tutilishi, sayyoralar va yo’ldoshlar, Quyosh sistemasining tuzilishi, 
galaktikaning tuzilishi, koinot tuzilishi haqida o’quvchilarga bilim berish 
rejalashtirilgan. Bu bo’limning kiritilishi, umumiy o’rta ta’lim maktablarini 
bitirganlar tugallangan bilim olishlari zarurligi, hamda astranomiya elementlari bilan 
yoshlarni tanishtirish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllanishiga yordamlashishi 
bilan asoslanadi. 
Astronomiya bo’yicha ayrim elementlar maktabda o’tiladigan tabiatshunoslik, 
geografiya va boshqa predmetlar tarkibiga ham kiritilgan. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish