O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

 
O’rta umumta’lim maktablarida
fizika 6-sinfdan boshlab o’rganiladi. 6-
sinfga kelgan o’quvchini tabiiy yo’nalishdagi bir qator fanlarni hamda matematika 
fanini quyi sinflarda o’qigan va bu fanlar bo’yicha ma’lum bilimga, amaliy ko’nikma 
va malakalarga ega bo’lganligini inobatga olgan holda fizika fanini o’qitish tashkil 
etiladi. 
O’rta umumta’lim matkablarida fizika fanini o’qitish orqali o’quvchilarning 
ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, ularda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom 
ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi. 
O’rta umumta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishni tashkil etish o’rta 
umumta’lim maktablari uchun mavjud dastur asosida amalga oshiriladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarini bitiruvchilar fizika kursidan ma’lum 
darajada tugallangan bilimlarga ega bo’lishlari kerak. 
Maktab fizimka ta’limining birinchi yilida o’quvchilarga fizik hodisalar va 
kattaliklar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi, bu bilan o’quvchilarni fizikaga 
qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, tevarak atrofdagi 
fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy 
dunyoqarashlari shakllantiriladi. SHu bilan birga tabiiy geografiya, biologiya va 
kimyo predmetlari mazmunida uchraydigan fizikaga oid bilimlarni o’zlashtirishga 
tayyorlaydi. 
Dasturga asosan 6-sinfda fizika kursi mazmuni o’zgartirilmagan holda, fizik 
hodisalar va kattaliklarni o’rganish ketma-ketligi ulardan birini tanlab olish 
imkoniyatiga ega. Ulardan birinchisida fizika an’anaviy bo’lgan usulda avval 
jismlarning harakati, bosib o’tgan yo’li, unga ketgan vaqti, tekis harakatda tezlik, 
massa, zichlik kabi fizik kattaliklar o’rganiladi. So’ngra modda tuzilishi, issiqlik 
hodisalari, issiqlik mashinalari, tovush va yorug’lik hodisalari o’rganiladi. 
Ikkinchisida esa fizikani o’rganish yorug’lik va tovush hodisalarini 
o’rganishdan boshlanadi. Bu usul yangi, hali bizda qo’llanilmagan usul bo’lib, bu 
usulning afzalligi yorug’lik va tovush kelishi va bu hodisalarning inson hayoti uchun 
juda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan asoslanadi. 
6-sinfda fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lgan 
o’quvchilar yuqori sinflarda fizika kursining barcha bo’limlarini sistemali ravishda 
o’rganadilar. Bunda fizika hayotda, tevarak atrofda uchraydigan fizik hodisalar va 
jarayonlar bilan bog’lab o’rganiladi. 
7-sinfda mexanika bo’limi o’rganiladi. Bu kursning mazmuni oldin 8-sinfda 
o’rganilgan mexanika kursi mazmunidan biroz soddaligi va bir muncha 
qisqartirilganligi bilan farq qiladi. Bu bo’lim odatdagi ketma-ketlikda o’rganiladi. 
8-sinfda fizikaning elektr bo’limi o’rganiladi. Umumiy o’rta ta’limda elektr 
hodisalarini o’rganishga alohida ahamiyat berilishi elektrni inson hayotida ko’p 
uchrashi, uning amaliy ahamiyatining kattaligi, o’quvchilar tafakkurini rivojlanishiga 
samarali ta’sir ko’rsatishi bilan asoslanadi. 


28 
Dasturda elektr kursining elektrostatika bo’limini o’rganishga ko’proq vaqt 
ajratilgan va bu bo’limni o’rganish o’quvchilarni 6-sinfda modda tuzilishiga oid 
bilimlariga asoslanadi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktabini bitiruvchilari fizikadan ma’lum darajada 
tugallangan bilimga ega bo’lishlari zarurligi munosabati bilan 10-11-sinf fizika 
dasturiga 6-9 sinflarda o’rganilmagan yoki faqat boshlang’ich ma’lumotlar berilgan 
bo’limlar kiritilgan. 9-sinfda o’rganiladigan “Molekulyar fizika va termodinamika 
asoslari” hamda “Optika” bo’limlari o’quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlariga 
asoslangan holda o’rganiladi. Atom fizikasi asoslari bo’limi mavzulari umumiy 
tarzda sifat jihatdan o’rganiladi. 
O’quvchilarni astronomiya elementlari bilan tanishtirish maqsadida fizika kursi 
tarkibiga “Koinot fizikasi” bo’lim sifatida kiritilgan. 
Barcha bo’limlar bo’yicha dasturda ko’rsatilgan yoki ularga teng kuchli 
laboratoriya ishlarini bajarish orqali o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish amalga oshiriladi. 
Har bir sinfda 2 soatlik ekskursiya ham rejalashtirilgan. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish