Fanning seminar mashg‘ulotlari mazmuni
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida ma`ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan ma`lumotlarni, jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, jismoniy mashqlar texnika va taktikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va malakalarga qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlanadi, baxolanadi hamda ularni bilimlari yanada mustaxkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |