3. Maqbul ish joyini tashkil qilish
Ish joylarida to`liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda mumkin emas. SHu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli ta`sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
YOng’in xavfsizligi – ob`ektda yong’in paydo bo`lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta`sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |