- Metal ftalosianinlar
- Ftalosianin makrosiklidagi H atomlarini metallarga almashinishidan metall ftalosianinlar hosil bo’ladi. Metall ftalosianinlar elektronika, opto-elektronika va foto elektronika kabi sohalarda keng qo’llaniladi. Ishlab chiqarilayotgan ftalosianinning katta qismi (90%) lok-bo’yoq sanoatida ishlatiladi.
- Metall ftalosianinlar odatda ftalonitrilning metall xloridlari bilan o’zaro tasiri natijasida, 200 c dan yuqori xaroratda qizdirilganda, erituvchilarda yoki termoyadroviy reaktiv usullari yordamida olinadi. Biroq ushbu usulda makrosikl bilan xlorlangan birikmalar hosil bo’lib, makrosikldagi xlorni tozalab bo’lmaydi. Metall dixloridlarining sof ftalosianinlarini olish uchun (titan, sirkoniy, gafniy) reaksiya aralashmasiga 2-metilnaftalin qo’shish taklif qlindi. U oson xlorlanadi va sikldagi xlorni chiqaradi. Bu usul yordamida qalay, mis va aluminiyning ftalosianinlarini xam olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |