O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ahmadaliyev A’zamjon Rustamovich. «Kurashchilarning tehnik tayorgarligini mahsus harakatli o`yinlar yordamida rivojlantirish uslubiyoti»


Kurashda xujum harakatlarini tayyorlash



Download 124,03 Kb.
bet12/28
Sana06.01.2022
Hajmi124,03 Kb.
#323041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
09.07.2021

1.3. Kurashda xujum harakatlarini tayyorlash.

Kurashda hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktiktay yo’rlash murakkab usulning bir qismi bo’lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi harakatdan (shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab hujum harakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o’tish paytiga alohida e’tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq bo’lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shumaq sodda kurashchilar taxminiy MHH bilan tanishgandan so’ng quyidagi topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga mustaqil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan MHHga birlashtirish (yangi MHHni o’ylab topish).

Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon yangi malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHHni muvaffaqiyatli egallash faqat avval o’rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MHHni o’rganish jarayonida MHHni shakllantirishda qiyinchiliklarni ketma-ket yengib o’tish talabiga rioya qilish lozim. MHHni bajarishda oldingi mashqlar egallanganda va MHHning tayyorlov harakatidan yakuniysiga o’tishda yuqori aniqlikka erishilgandan so’ng keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday takrorlashlarda aniqlik yomonlashmasa (malaka yetarlicha mustahkam bo’ladi), unda keyingi MHHni egallashga o’tish lozim. MHHga o’rgatish boshida bir harakatdan ikkinchisiga o’tishi aniqligi kamroq bo’ladi, keyinchalik u oshib boradi.

Ma’lum bir usulga (hujum usullariga) nisbatan hujum harakatlarini qo’llashni o’rganishda raqib harakatlarida “o’lik nuqta’ni (harakatsiz holat va ma’lum bir vaqt ichida himoyalanish harakatlarini bajara olmaslik) yaratib, usul harakati yo’nalishi tomoni kabi qarama-qarshi tomonga turli taktik tayyorgarlik usullarini tanlash zarur. Kurashda oyoqni ushlab olish bilan bajariladigan usullar ko’p qo’llanilishi sababli o’smirlarni ko’p sonli hujumni taktik tayyorlash usullariga o’rgatish zarur. Buning asosiy maqsadi - o’smirlar o’zlariga yoqadigan murakkab hujum harakatlarini mustaqil yarata olsinlar. Bundan tashqari, o’smir turli raqiblarga qarshi tanlab qo’llay olishi mumkin bo’lgan turli MHHni egallashi lozim. Hujum harakatlari taktikasiga keyinchalik o’rgatish turli usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan hujum qilishni egallash yo’li orqali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan hujum raqibning himoyalanish harakatlari natijasida keyingi usul bilan hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to’xtovsiz bajariladigan uchta-to’rtta usullardan tashkil qilinishi mumkin. Bunda oxirgisidan oldingi hujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun qulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur.

Kurash trenirovkalarining asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi, sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi.

Trenirovkaning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, Trenirovka esa organizmga nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.

Birinchi faza-trenirovkaga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda mashg’ulotning puxta o’ylangan plani.

Trenirovkaplanidayaxshitayyorgarlikko’rgangrupparahbarlari, hakamlar, razryadchi sportchilar, axborotchilar va hokazolarning mavjudligini hisobga olish muhimdir.

Ikkinchi faza – trenirovkani o’tkazish hisobiga-trenirovkani o’z vaqtida boshlash va shug’ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg’ulot temasini qisqacha bayonqilish, xususiy vazifalarni va sportchilarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy metodik ko’rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yo’qotish zarurligini aytish, hatti-harakatlarni baholash bilan qo’shib olib boriladi. Bu esa trenirovkaning muvaffaqiyatli o’tishga yordam beradi va bunday trenirovka o’quvchilarning ijodiy mustaqilligini oshiradi:

Uchinchi faza-trenirovkani yakunlash-trenirovkaning yakunlovchi qismida trener o’zi uchun ham, sportchilar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan materialni tahlil qiladi va kelgusi mashg’ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u trenirovka planida material qanday o’zlashtirilganligini, nagruzka sportchilarga qanday ta’sir etganligini, qanday yangi metod yoki usullar foydalanilganligini, tarbiya, mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolardan inmaga e’tibor berish kerakligini qayd qiladi.

Kurashchilarning musobaqa davrining strukturasi oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikroskoplardan – musobaqa va yuklama tashlash mikroskoplardan iboratbo’ladi. Ikkinchi holda esa, 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko’p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo’ladi.

Uyokibustrukturadanfoydalanishsportturlariningxususiyatlariga, mazkursportturidaqabulqilinganmusobaqalartaqvimigavaboshqasharoitlargabog’liq, bundaboshqahammasharoitlartengbo’lsa, davrninguzunligihalqiluvchirolь o’ynaydi: oddiystrukturanisbatanunchauzoqdavometmaydigandavrga (2-3 oygacha), murakkabstrukturaesauzoqdavrga (4-5 oylarchamasi) to’g’rikeladi.

Sport formasiga kirib olingandan keyin, uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi – bu faqat holatgina emas, balki jarayonhamdir – sportda yutuqlarga erishishga tayyor ekanlikni ko’rsatuvchi barcha vazilat, malaka, mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayon hamdir. Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalarning spetsifik shart – sharoitlariga moslashish zaruriyati munosabati bilan uninga yrim komponentlari anchasezilarli o’zgarishlarga duch kelishi mumkin. Biroq, bu davrda tubdan o’zgarishlar qilib bo’lmaydi, chunki ular sport formasini yo’qolishiga olib kelgan va shu bilan musoba qalarda muvaf-faqiyatli qatnashish imkoniyatidan mahrum etgan bo’lur edi.

Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko’p kuch - g’ayrat talab qiladigan kuchlani shularga bevosita funktsional tayyorgarlik xarakteriga ega bo’ladi (mazkur tsikl uchun) maxsus mashq bilan chiniqqanlikning maksimal darajasiga erishishga, uni anashu darajada saqlab turishga va qo’lga kiritilgan umumiy mashq ko’rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo’ladi.

Kurashchilarning texnika tayyorgarlik harakat faoliyatining tanlangan formalarini imkon boricha yuqori pog’onada takomillashtirishni ta’minlaydi. Bu, bir tomondan, ilgari o’zlashtirilgan malaka va mahoratlarning mustahkamlanishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan variativlikni, harakat kordinatsiyasining nihoyatdan xozir silliqlash, taktik tafakkurni rivojlantirish va maxsus bilimlarni chuqurlashtirish asosida kurashchilarning bellashuvda yaraydigan bo’lishlikni orttiradi.

Ma’naviy – iroda tayyorgarligi musobaqalar davrida musobaqalarga bevosita psixologik jihatdan tayyor bo’lish, sportchini jismoniy va ruhiy kuch-quvvatni oliy darajada namoyon qilishga safarbar qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga ehtimolda tutilgan sport mag’lubiyatlariga to’g’ri munosabatda bo’lishni va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta’minlash ham g’oyat muhimdir.

Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo’lsa, u holda mashg’ulot sport formasining poydevorini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha funktsiyani ado etadi. Bunday holda uchraydigan oraliq bosqichlar ma’lum ma’noda tayyorlov davrini eslatadi.

Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Mazkur davrda sport musobaqalari yanada takomil topishning eng muhim vositasi va metodi xisoblanadi. Musobaqa sharoiti hamda musobaqa jarayonining o’zi yuzaga keltiradigan alohida fiziologik va emotsional fon mashg’ulotlar jarayonida ko’rinmaydigan zahiralar hisobiga jismoniy mashqlarning ta’sirini oshiradi va organizm funktsional imkoniyatlari oliy darajada namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar iroda tarbiyasi hamda sport maxoratini takomillashtirish jarayonida mislsiz katta rol o’ynaydi. Bular bari sport formasi davrida musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vositasi sifatidagina emas, balki yanada olg’a borishning eng ta’sirchan faktori sifatida ham keng foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.

Musobaqalar miqdori albatta sport turlarining xususiyati va sportchilarning malakasiga bog’liq. Kurashchining tezkor-kuchlilik talab qiladigan ko’pchilik turlarida hamda sport o’yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa davrida har xaftada musobaqalasha olsalar, hoyat zo’r chidamlilik talab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama-yakka kurashuvlar va ko’p kurashlar uchun musobaqaning bunday rejimi to’g’ri kelmaydi. Biroq musobaqalarning umumiy soni, faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo’shimcha turlarida ham xamisha sport-chining jismoniy va iroda sifatlarini effektiv suratda tarbiyalash, uning mahoratini oshirish uchun yetarli bo’lishi kerak.

Kuchlikurashchilarningamaliyfaoliyatidamusobaqalarningahamiyatixaqidabiroztasavvurgaegabo’lishmumkin. Unda butun yil davomida musobaqalarning umumiy soni keltirilgan. Musobaqalarning birqismi (taxminan 10-20 foizgacha) tayyorlov davrining ikkinchi bosqichiga, qolganlari musobaqa davriga to’g’ri keladi. Norasmiy xarakterdagi musobaqalarning, shuningdek, sportning ayrim turlarida bir musobaqada 10 va undan ortiq, bir yilda esa 100 va undan ortiq martaga yetadigan musobaqa urinishlari (startlari) ning soni ko’rsatilmaganini xisobga olmoq lozim.

So’z yordamida ta’sir ko’rsatishning turli uslublari - ishontirish, tushuntirish, uqtirishni qo’llayotib, kurashchining oliy asab faoliyati tipini hisobga olish lozim.

Fikrlovchi tipdagi sportchilarga mantiqiy tushuntirish ko’proq qo’l keladi, badiiy tipdagi sportchilarga uqtirish (his qo’zg’atish) katta ta’sir ko’rsatadi.

Bunday kombinatsiyalar bilan hujum qilish misollarini o’qituvchi ko’rsata olishi hamda o’smirlarni bunday hujumlarni mustaqil o’ylab topishga o’rgatishi lozim.

O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida (R.A.Piloyan, V.T.Djaparaliev) birinchi marta kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi va muayyan vazifalarni hal qilishning turli usullari hamda vositalarini tavsiflovchi taktik harakatlar ajratildi:

- razvedka qilish

- hujumni amalga oshirish

- qarshi hujumni amalga oshirish

- himoyalanishni amalga oshirish

- faollikni namoyish qilish

- ustunlikni ushlab qolish

- kuchni tiklash

- gilam chetida ushlab olishni amalga oshirish

- xavfli holatni amalga oshirish

- xavfli holatni bartara fqilish

N.M.Galkovskiy ma’lumotlariga ko’ra, kurashchi musobaqalarda g’alabaga erishish uchun 60% gacha hujum va himoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, sportchilar musobaqalarda g’alaba qozonishi uchun 70% gacha razvedka harakatlarini, 60% - ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish qilishni, 100% - xavfli holatni amalga oshirishni, 60% - qarshi hujum harakatlarini, 80%- ustunlikni ushlab qolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli holatni bartara fqilishni bajarishlari lozim.

Asosiy texnik harakatlarni samarali bajarishda kombinatsion harakatlar katta ahamiyatga ega, shuning uchun ular uzviy bog’liqlikda rivojlantirilishi lozim. (A.A.Novikov, A.V.Rodionov).

Yuqoridagi mutaxassislar fikrini jamlash tirib aytish mumkinki, bellashuvlardagi yuqori darajadagi jangovor holatga kurashchining to’laqonli tayyorgarligi yordamida erishish mumkin. Lekin ko’pchilik mutaxassislar har xil vaziyatlarni xisobga olmaganligi, diqqatni ko’proq maxsus tayyorgarliklarga ajratgan. Shu bilan birga T.S.Usmanxodjaevning xarakatli o’yinlar bo’yicha fikrlari juda kurashchilar uchun yordam bergan bo’luredi. Agar xarakatli o’yinlardagi emotsional kechinmalar yordamida mashg’ulotlarni olib borilsa, kurashchilarning charchash holatlari kamayib, sport natijalariga xam ijobiy ta’sir ko’rsatardi. Mashg’ulotlar zerikarli o’tmasdan, balki shug’ullanuvchilarning qiziqishi yanada ortardi.


Download 124,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish