Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur
:
- elektr va magnit;
- elektromagnit hodisalarni kuzatish va ularni tushuntira olish;
- elektr va magnit maydon kuch chiziqlarini chizmada tasvirlay olish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
- elektr va magnit maydoni manbalarini farqlay olish;
- zaryadlangan jism atrofidagi elektr maydonni oddiy tajribada ko’rsatish;
- elektroskop, elektrometr, elektrofor mashinasini ishlatish, kompasdan foydalanishni
bilish.
5. Ish va energiya
O’quvchilar quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
- elektr tokining ishi, quvvati, formulasi, birligi, elektr asboblarining quvvati;
- elektr manbalari va ularning ekologik xususiyatlari;
- elektr energiyasining ahamiyati va undan tejamli foydalanish;
- xavfsizlik choralarini bilish zarurligini anglash;
- elektr energiyaning aylanishini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |