Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari lozim:
- darslik, didaktik material;
- savol va masalalar to’plami;
- o’quvchilar kutubxona fondi;
- texnika vositalaridan foydalana olish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari kerak:
- o’quv qo’llanma va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish;
- ijodiy izlanish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olish;
- kompyuter, texnika vositalari, axborot texnologiyasi – internetdan mustaqil
foydalana olish.
2. Harakat va kuchlar
O’quvchilar harakat va kuchlarga doir quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari
kerak:
- gaz molekulalarining harakati, tezligi, gaz bosimining absolyut temperaturaga,
molekulalar ilgarilanma harakatining o’rtacha kinetik energiyasiga bog’liqligi;
- sirt taranglik, sirt taranglik kuchi;
- yorug’lik to’lqini, yorug’lik tezligi;
- tabiatda mavjud bo’lgan kuchlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |