23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari tomonidan o‘tkaziladi.
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati o‘ram tarkibini o‘ramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘ramdagi tovar miqdorini ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa o‘ramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq holdagi qadoqlangan tovarlar uchun iste’mol idishi sifatida foydalaniladigan o‘lchamli idishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
O‘ramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |