O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu: O’rta asrlarda ijtimoiy-madaniy taraqqiyot



Download 1,43 Mb.
bet11/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mavzu: O’rta asrlarda ijtimoiy-madaniy taraqqiyot

Reja:

1. Islom mintaqa madaniyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi.

2. Islom dini, odatlari, ilm - ma’rifati, arab yozuvi va adabiyotining Markaziy osiyoga tarqalishi.

3. Ma’rifat va madaniyat maskanlari: maktablar, korxona, madrasa, masjid, namozgoh, musalla - iyd, iydgoh va boshqalar.

4. XI-XII asrlarda madaniy yuksalish.

5. XIV-XV Temuriylar davrida fan, adabiyot, san’at, me’morchilik, naqqoshlik, xattotliklar ravnaqi.

6. O’rta asrlarga xos madaniy - ma’rifiy tadbirlar.

O’rta Osiyo tarixida o’rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrdagi ijtimoiy- madaniy faoliyat o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Hordiqiy muassasalar sifatida musofirxonalar, choyxonalar, shuningdek rabotlar, karvonsaroylar va h.k. larni misol keltirsa bo’ladi.

Mazkur davrda islom dini yetakchi mavqeni egallagan edi. Islom diniga xos Ro’za hayiti, Qurbon hayiti kabi bayramlar xalq hayotida munosib o’rin egallagan edi. Qurbon hayiti (arabcha nomi “Iyd al- kubro” yoki “iyd alь azxo”) yetti kun, hozir uch kun – hijriy zul-l-xijja oyining 10-13 kunlarida va kichik bayram Ro’za hayiti (arabcha nomi “iyd as-sag’ir”, “iyd al - fitr”) ham uch kun shavval oyining 1-3 kunlarida nishonlangan. Bayramlarni tashkil etish uchun agar masjid kichikroq bo’lgan holatda “Namozgoh”(Namoz o’qiladigan joy), “Iydgoh” (Bayramlar o’tkaziladigan joy), “Musalla - iyd” (Bayram namozi o’qiladigan joy) kabi shahardan tashqari maskanlar barpo etilib, islom bayramlarining mazmuniga alohida e’tibor berilgan. Bu aholi hayotiga kuchli ijtimoiy – ma’rifiy ta’sir ko’rsatgan. Bu bayramlarning asosiy mazmuni ertalab masjidlarda namoz o’qish, marhumlarni yod etib, duoi fotiha qilishdan iboratdir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, islom dini bayramlariga mahalliy xalqlarning odatlari ham qo’shilib ketgan. Masalan, arafa kuni qo’shnilarga osh ulashish, “hayitlik” berish, yangi, toza kiyim kiyish, qo’ni-qo’shnilar, qarindoshlar, qariyalar, kasal –nochorlardan xabar olish, o’sha kunlarda dam olish, sayil qilish kabi odatlar islom bayramlarining tarkibiy qismlariga aylangan.

O’rta asrlardagi mavsumiy marosimlar ham diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mavsumiy marosimlarni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:



  1. Qishda o’tkaziladigan marosimlar: birinchi qor, qor xat, gap-gashtak va h.k.

  2. Bahorgi marosimlar: Navro’z, lola yoki qizil gul sayli, sust xotin va h.k.

  3. Yozgi marosimlar: qovun sayli, choy momo va h.k.

  4. Kuzgi marosimlar: hosil bayrami, uzum sayli va h.k.

Mazkur marosimlarning har biri o’z tarixiga va xususiyatlariga ega.

IX-XII asr Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi eng yorqin bosqichlarda biri hisoblanadi. Bu davrda u jahon madaniyati taraqqiyotining eng yirik va markaziy o’chog’iga aylanib, keyingi davr SHarq va g’arb madaniy taraqqiyoti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyolik olimlar yaragan asarlar jahon ilm-fanining nodir yodgorligiga aylanadi.

IX-XII asrlar madaniy taraqqiyotiga islom dinining ta’siri nihoyatda kuchli bo’lgan. Islomning o’zlashtirishi natijasida yerli aholi o’rtasida arab tilini, islom nazariyasini va shariat axkomlarini, islomning xuquqiy asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqish misli ko’rilmagan darajada kuchayib ketadi.

Bu davr madaniyatining rivojlanishi albatta, yerli xalq vakillarining hokimiyat tepasiga chiqishi bilan ham bog’liqdir. CHunki siyosiy hokimiyatning mahalliy hukmdorlar qo’liga o’tishi, birinchidan, mamlakatni iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaxkamlash, ikkinchidan, milliy e’tiqodlar va qadriyatlarni qayta tiklash, uchinchidan, boshqa mamlakatlar hududlari bilan madaniy va savdo-sotiq aloqalarini daslab tiklashi, so’ngra yanada rivojlantirish, to’rtinchidan ilmiy badiiy tafakkur va ijodkorlikning ro’yobga chiqishga imkoniyat yaratib beradi.

VIII asr oxirlariga kelib arab xalifaligida siyosiy tanglik vujudga keladi. O’zaro ichki nizolar, siyosiy mustaqillikkka intilishlar xalifalik hokimiyatini kuchsizlantirib qo’yadi. Natijada xalifalikning Movrounnaxr va Xurosonda davlatni boshqarish ishlariga mahalliy hukmdorlarni jalb qilishi kuchayadi. Xalifa Ma’mun Xurosonlik va Movarounnaxrlik hukmdorlarni ayrim viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Ular esa o’zlariga berilgan viloyatlarni mustaqil boshqara boshlaydilar. SHu boisdan dastlab Toxiriylar, so’ngra, Somoniylar davlati vujudga keladi.

Bu davrda sug’orma dehqonchilik kuchayib, sug’orish muxandisligi rivojlanadi. Maxsus mirob - muxandislar qatlami paydo bo’ladi. Davlatning harbiy kuch - qudratini oshirishga bo’lgan intilish esa, chorvachilik, jumladan, yilqichilikning rivojlanishiga olib keladi, qurol - aslaxa tayyorlash uchun qilingan harakat natijasida xunarmandchilik taraqqiy etadi. SHaharlarda qurolsozlar mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilamgarlik, misgarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik, ot - abzal anjomlarini tayyorlash rivojlanadi. SHaharlarning qiyofasida tub o’zgarishlar ro’y beradi. Ulkan va xashamatli binolar, masjidlar, minoralar, madrasalar, maqbaralar, xonaqoxlar, karvonsaroylar, arklar, ko’shklar quriladi. Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo, Sibir, Volga daryosi bo’ylari va boshqa mamlakatlar hamda hududlar bilan bo’ladigan savdo-sotiq aloqalari yuksaladi.

Yuqori taraqqiyotga ega bo’lgan mamlakatlar darajasiga chiqishga bo’lgan harakat avj oladi. Yuqori madaniy jihatdan yuksalgan xalqlarning tili, tarixi va madaniyatini o’rganishga bo’lgan qiziqish nihoyatda oshib ketadi. Islomni qabul qilgan mamlakatlarda arab tili hukmron tiliga aylanadi. Fan va adabiyot, Qur’oni Karimning arab tilida bo’lganligi, uning sura va oyatlari arab tilidan boshqa tillarga o’girilmaganligi, ularning mazmunini tushunib yetishga bo’lgan intilish, arab tiliga bo’lgan qiziqish va uni o’rganishni yanada kuchaytiradi. Natijada yerli aholining ilm-fanni egallashga, arab tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishi ilmi-toliblarni xalifalikning madaniy jihatdan rivojlangan markazlari hisoblanuvchi Bag’dod, Basra, Damashq, Qoxira, Hamadon, Balx, Mashxad, Nishopur, Marv kabi shaharlariga borib ta’lim ola boshlashga undaydi. Turli xalqlar madaniyatini chuqur o’rgangan ilmi-toliblar o’zlari mansub bo’lgan etnoslar madaniyatini bir-biriga yaqinlashtiradilar. Islom olamida keng yoyilgan tasavvuf, hadisshunoslik, adabiyot, til va boshqa ayrim fanlar rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatadilar. Bu esa milliy-madaniyatlarning milliy qobiqdan chiqib, hududiy-mintaqaviy madaniyat darajasiga ko’tarila boshlaganligining muhim bir belgisi edi. Bunga muayyan hududda tug’ilib, tarbiya topgan allomalar-Imom al -Buxoriy va At-Termiziylarning muxaddislikda, Burxoniddin Marg’inoniyning fiqhshunoslikda, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubroning tasavvufda, Zamaxshariyning arab tilida, Maxmud Qoshg’ariyning turk tilida, Yusuf Xos Xojib va Ahmad Yugnakiy, Rudakiy va Firdavsiylarning adabiyotda islom mintaqaviy madaniyatlarining rivojiga ta’sir ko’rsata olganliklarini misol qilib olish mumkin.

Bu davr madaniyati taraqqiyotining ikkinchi bir muhim belgisi-milliy madaniyatning rivojlanib, mintaqaviy, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga ko’rsatgan ta’siri bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniylarning faoliyatini ko’rsatish mumkin. Demak, ko’pgina Markaziy Osiyolik olimlar jahon madaniyati, fani va falsafiy tafakkurini o’rganish natijasida milliy va mintaqaviy madaniy taraqqiyotdan umumjahon madaniyati taraqqiyoti darajasiga ko’tarila oladilar va keyingi davrlar umumbashariy madaniy taraqqiyot jarayoniga turtki beradilar.

Xulosa qilib aytganda bu davr madaniyati, birinchidan, islomni qabul qilgan o’lkalardagi iqtisodiy rivojlangan shaharlarga borib ilm o’rganish va o’rgatish - ilm soxiblari va ilmi-toliblarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi, ikkinchidan, milliy madaniyatlarning qobig’idan chiqib, boshqa xalqlar madaniyati yutuqlaridan baxramand bo’lish, boshqa xalqlar madaniyatini boyitish hamda undan quvvat olish imkoniyatlarining mavjudligi, uchinchidan, savdo - sotiq bilan shug’ullanuvchi savdogarlar, islom g’oyalarini yoyuvchi mashoyixlar, darveshlar, muridlar, mudarrislar va tolibi-ilmlarning «musulmon madaniyati» ni butun islom olamiga yoyish imkoniyatlariga ega bo’lganliklari, to’rtinchidan, o’sha davr hukmdorlarining fan va madaniyatning rivojlanishiga yordam berish, olimu-fuzalolarga g’amxo’rlik qilib, ularning keng ko’lamda tadqiqot ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratib berganliklari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Fanda IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniy taraqqiyotini «Ilk Uyg’onish davri madaniyati» nomi bilan atash qabul qilingan. Uyg’onish davri-bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma’naviy taraqqiyotning ham yangi bir bosqichga o’tish davridir, ya’ni eski ishlab chiqarish munosabatlari va ma’naviy hayotdan yangisiga o’tishdir.

IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So’ngra islom ma’naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotni vujudga keltirdilar. Ma’naviyat asoslari hisoblangan e’tiqod yakdilligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustunvorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma’rifiy barkamollik va fan taraqqiyoti bosqichiga chiqa oldilar.

SHarq uyg’onish davri madaniyatining asosiy xususiyati va mohiyati inson ma’naviyatini yuksaltirishga, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga barcha imkoniyatlarning qaratilganligidan iborat bo’lsa, g’arb uyg’onish davri madaniyatida moddiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirishga asosiy e’tibor berilganligi bilan farqlanadi. Agar SHarq va G’arb ma’naviyatiga e’tibor berilsa, SHarqda ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga e’tibor berilganligini, kishilar o’rtasidagi munosabatlar axloqiy barkamollikka, diyonatlik asosiga qurilganligini ko’rish mumkin. g’arb madaniyatida asosiy e’tibor kishining moddiy jihatdan ta’minlanganligiga qaratiladi. SHu boisdan g’arbda ko’proq shaxsiy manfaat ustunlik qiladi.

Ikkinchi tomondan barcha Uyg’onish davrlari madaniyatlari taraqqiyoti boshida o’sha davr hukmdorlarining o’zlari turganlar. Agar g’arb va SHarq Uyg’onish davrlari madaniyatini bir-biriga solishtirsak, g’arb Uyg’onish davri madaniyatining eng gullab-yashnagan markazi-Florentsiya shahrida, shaharning eng boy-badavlat kishisi, bankir Kozima Medichi turganligini ko’ramiz. SHarq Uyg’onish davri madaniyati rivojlangan paytda o’sha davrning eng badavlat kishilari hisoblangan hukmdorlar-xalifa Xorun ar-Rashid, uning o’g’li Ma’mun, somoniylar, qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillarini ko’ramiz. Ular islomning mustaxkamlanishiga, ma’rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. o’zlarining poytaxtlariga o’sha davrning ko’zga ko’ringan olimlari, fiqhshunoslari, muxaddislari, tarixchilari, shoirlari, me’morlari, san’atkorlarini to’playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etadilar. Ularni mablag’ bilan ta’minlab turadilar. SHu boisdan IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san’at, me’morchilik va teologiya yuksak darajada rivojlana boshlaydi.

Uyg’onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati-turli fan sohalarida haqiqiy demokratik jarayonning ro’y berganligidir. o’sha davrning buyuk allomalari - ilm-fan fidoyilari millati, diniy e’tiqodlari qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar, yagona maqsad-fanlarni rivojlantirish uchun kurashadilar. Yunon, yaxudiy, arab, fors, turk, xind, xitoy, vizantiya va boshqa xalqlardan yetishib chiqqan olimlar sharqning Bag’dod, Damashq, Kufa, Basra, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi madaniyat markazlarida to’planishib, fanning turli sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar.

Umuman olganda, Uyg’onish davri madaniy taraqqiyotining xususiyati-ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo’lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan harakterlanadi.

O’rta Osiyo va Xuroson hududlaridan yetishib chiqqan ko’pgina muxandislar, fiqhshunoslar, islom nazariyotchilari xali shakllanib ulgurmagan islom dininning nazariy jihatdan mustaxkamlanishiga juda katta ulush qo’shdilar. CHunki, IX asr boshlarigacha «Qur’oni Karim»ni taxlil qilish, suralar va oyatlarni nazariy jihatdan asoslash shakllanib ulgurmagan edi. Oyatlardagi kishilar xali tushunib yetolmagan, munozarali jihatlari mavjudligi sababli turli xil mazxablar va xatto, Qur’oni Karimning yaratilganligi yoki Ollox tomonidan Muham mad payg’ambarga vaxiy qilinganligi ustida ayrim tortishuvlar (mutakalimlar va mu’tazililar o’rtasida) bejiz vujudga kelmagan edi.

SHu boisdan ham IX asrdan boshlab eng avvalo «Qur’on»ni talqin qilish, «Hadis»larni to’plash, shariat qonunlarini ishlab chiqish va islom olamida uning ustivorligiga erishish, islomning falsafiy asoslarini yaratish kabi dolzarb masalalar xal qilina boshlandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk ajdodlarimiz-Imom Buxoriy, At-Termiziy, Burxoniddin Marg’inoniy va O’rta Osiyodan yetishib chiqqan boshqa ko’plab mashxur so’fiylar, ulamolar, shoirlar, tilshunoslar, faylasuflar ulkan xissa qo’shdilar. Xullas, IX asr islomning nazariy va amaliy jihatdan mustaxkamlanishi va Hadis ilmining «oltin asri» bo’lib qoladi.

IX asrdan boshlab islom olamida hadisshunoslik ilmi, ya’ni hadislarni to’plash, uni o’rganib, taxlil qilib va tartibga solish rivojlanadi. Hadisshunoslik ilmining rivojiga islom olamida «Hadis ilmining amiri» nomini olgan Imom Buxoriy muhim rol o’ynaydi. Uislom nazariyasi va hadisshunoslik ilmiga oid 29 ga yaqin asar yozadi. Uning «Al Jome’ as-Saxiyx», «Al adab al-Mufrad», «At Tarix as - Sag’ir», «At Tarix al-Kabiyr», «Kitob al-Ilal», «Kitob al - Kuna» kabi asarlari Imom Buxoriyni islom olamiga mashxur qiladi. Ayniqsa, uning 4 jildlik «Al Jome’ as-Saxiyx» («Ishonchli to’plam») asari musulmon olamida «Qur’oni Karim»dan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.

Imom Buxoriy to’plagan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qonunlarni aks ettiribgina qolmay, ularda mexr-muxabbat, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-esirlar va ojizlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, vatanga muxabbat, mehnatsevarlik, xalollik va do’st-birodarlik kabi umuminsoniy axloq normalarini targ’ib qilivchi, ularning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi qomusiy asardir. Unda nima yaxshi-yu, nima yomon, nimani bajarish mumkin-u, qaysi birlarini bajarmaslik afzalligini, nimalardan o’zini tiyish zarurligini ko’rsatuvchi pand-nasixat va o’git kabilar asosiy o’rin egallaydi.

Imom Buxoriyning eng yaqin shogirdi va maslahatgo’yi Imom at-Termiziy bo’lgan. U hadisshunoslik ilmiga oid «Al Jome’ as-Saxiyx», «Al Jome’ al-Kabiyr», «Saxiyx at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» kabi 10 dan ortiq asar yozadi.

At-Termiziy ham o’z ustozi imom Buxoriy singari o’zi to’plagan hadislarni toifalarga bo’lib, saxiyx (ishonchli, to’g’ri), xasan (yaxshi), maqbul va zaif (bo’sh) kabi guruhlarga ajratib taxlil qiladi. At-Termiziyning «Al Jome’ as-Saxiyx» asari quyidagi boblarni o’z ichiga oladi: taxorat, namoz, zakot, ro’za, xaj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, qozilik axkomlari, taomlar va ichimliklarni iste’mol qilish me’yorlari, tovon to’lash, me’yor, qurbonlik, nazr-niyoz, iymon, jixod, xayr-exson va saxovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar, taqdir, jannat sifatlari, ilm, odob va axloq, Qur’on fazilatlari, qiroat, tafsir va boshqalar.

Umuman olganda, ham yurtlarimiz Imom al-Buxoriy va at-Termiziylar o’zlari yaratgan asarlari bilan nafaqat islom olami madaniy taraqqiyotiga, balki umuminsoniyat ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsata olganlar. IX asrdan boshlab islom olamida sufizm tariqati vujudga keladi. Tasavvuf dastlab poklanish, tarki dunyochilik orqali taqvadorlikka erishish tarzida vujudga keladi. Ular dabdabali hayotdan yuz o’girib, boriga qanoat qilish, darveshlik yoki zoxidlik yo’lini tutishni tanlaydilar. Sufizmning dastlabki vakllari xatto, odamlar orasida bo’lish, ular bilan muloqot qilishda turli xil gunoh so’zlarni tinglamaslik, ularning g’am-alamlariga, xursandchiliklariga sherik bo’lmaslik, ko’ngil xavasi mayliga tushib qolmaslik, ya’ni quloq, ko’z, tan gunohlariga botib qolmaslik uchun odamlardan uzoqroqda yashashni, xilvat joy tanlab, yolg’iz Ollox zikrida bo’lishni ixtiyor etadilar.

So’fiyning birdan-bir maqsadi har tomonlama poklanib ilohiy ruh bilan qo’shilib ketishdir. Tasavvufda ilohiy ruh g’oyasi har bir sufiyni harakatga ketiruvchi qudratli kuch hisoblanadi, ya’ni inson ruhi Ollox tomonidan berilgan. Demak, ilox ato qilgan ruh yana unga qo’shilib ketishi kerak. Lekin bu qo’shilish osongina amalga oshmaydi. Buning uchun inson xudo ato qilgan umri davomida o’z ruhini kamolga yetkazib, Olloxga bo’lgan ishqini qalbida saqlab, uning diydoriga erishishga o’zini bag’ishlaganligini isbot etishi zarur.

So’fizmning xususiyati - insonni kamolotga erishishiga undashdir. Inson tariqat yo’liga kirar ekan tabora kamolotga erisha boradi, sofdil donishmandga aylana boradi. Inson tasavvuf yo’lidan borarkan, o’zidagi yaramas illatlarni yo’qotib, takomil bosqichiga ko’tarila boradi.

So’fizm o’ziga islom, nasroniylik, buddaviylik, xinduizm va boshqa dinlardagi axloqiy komillik orqali xudoga yetishish kabi ideal maqsadni o’ziga mujassamlashtiradi. Demak, so’fizmda axloqiy kamolotga erishishdek umumbashariy ideallar mujassamlashgan. SHu boisdan tasavvufdagi har bir tariqat asoschilari ilohiy ishqqa erishishning tartib qoidalarini ishlab chiqdilar.

IX asrga kelib sufizmning nazariy asoslari, ya’ni o’z-o’zini chiniqtirish, tarbiyalashning amaliy - ruhiy mashqlari va yo’llari ishlab chiqiladi.

Tasavvuf X-XI asrlardan boshlab Eronga, so’ngra, Movarounnaxrga tarqaladi. Uning keng ko’lamda yoyilishida o’rta asr aqoid mutafakkirlaridan Xakim Termiziy, Abu Ham id G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G’ijduvoniy va Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubroviy kabi tariqatchilarning xizmatlari kattadir.

Tasavvufning Yassaviylik tariqatiga asos solgan Ahmad Yassaviy o’zining «Xikmatlar» asarida tasavvufning asl mohiyati va islom dinining qonun - qoidalari hamda urf-odatlarining majmui hisoblangan shariatni atroflicha asoslab beradi. SHuningdek, Ahmad Yassaviy tasavvufning maslagi hisoblangan tariqatni, ruhiy-ma’naviy kamolotning asosi bo’lgan ma’rifatni va kamolotga yetishishning yo’li hisoblanuvchi xaqiqatni asoslab beradi.

Ahmad Yassaviyning ta’kidlashicha, xaqiqatga erishmoq uchun ma’rifatga ega bo’lish, ma’rifatga erishmoq uchun tariqatga amal qilmoq, tariqatga amal qilish uchun shariatga bo’ysunish talab qilinadi. Lekin Ahmad Yassaviy kamolotga erishmoq uchun ushbu to’rt yo’lni bosib o’tuvchi har bir soliq tarkidunyochilik qilishi, foniy dunyo roxatlaridan voz kechishi, uzlatda toat-ibodat yo’lida zaxmatlar chekishi zarurligini ta’kidlaydi.

Najmiddin Kubro Xorazmda «kubroviya» sulukiga asos soladi. Kubroviya sulukining asosida «tavba», «zuxr» («mol-dunyodan voz kechish»), «tavakkul» («ollox yo’lida»), «qanoat», «uzlat», «zikr», «tavajjux», «sabr», «murakaba» («kamol topish») va «rido» («xaqqa yetish») kabi bajarilishi shart bo’lgan qonun-qoidalar ifodalanadi.

Kubroviya tariqatining mohiyati-Ollox diydoriga yetmoqqa qaror qilgan solixning kamolotga erishmog’i, kamolot yo’lida mashaqqatli mehnat qilishi va bu jarayonda foniy dunyo noz-ne’matlaridan baxramand bo’lishga ruhsat etilganligidir.

Kubroviylik tariqatining eng muhim xususiyati-so’fiyning doimo xalq bilan birga bo’lishi, o’zi yashayotgan yurtni himoya qilishga da’vat etishidir. SHu boisdan Najmiddin Kubro CHingizxon qo’shinlari Xorazmga hujum qilganda, xalq bilan birga bo’ladi va qo’liga qurol olib, o’z shogirdlari hamda izdoshlari bilan birga bosqinchilariga qarshi kurashadi va shaxid bo’ladi.

Najmiddin Kubro o’zining «Favoix al-jamol va fatotix al-jamol» («Jamolining muattarlari va kamolotning egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qonun va qoidalar») nomli asarlarida o’z sulukining asosiy mohiyatini ochib bergan va so’fiylik ta’limotining rivojiga ulkan xissa qo’shgan.

So’fizmning O’rta Osiyoda keng tarqalishi va islom olamiga keng yoyilgan yassaviylik, kubroviylik, keyinchalik naqshbandiylikning vujudga kelishiga asosiy sabab, so’fiylik tariqatining mahalliy xalqlarning an’anaviy e’tiqodlari, sig’inish elementlarini inkor qilmasdan o’ziga singdirishi va mahalliy shart-sharoitlarga moslanuvchanligi hisoblanadi.

Markaziy Osiyolik bir qator shoirlar ilk Uyg’onish davri arab adabiyotining rivojlanishiga ulkan xissa qo’shdilar. Abu Mansur Ibn Abdumalik As-Saolibiyning «Asr axli fozillari haqida zamona durdonasi» va «Tatimmat al - Yatimat» asarlarida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyolik 130 ga yaqin shoirlar rivojlanishiga katta ulush qo’shadilar.

Uch tilda rivojlangan adabiyot o’sha davrning dolzarb muammolarini, kishilarning diniy e’tiqodlari, tabiat va ijtimoiy taraqqiyotiga, ilm va ma’rifatga munosabatlarini turli-tuman o’ziga xos uslublar orqali yoritib beradi. Natijada poeziyaning masnaviy, g’azal, ruboiy, qit’a va boshqa janrlari, didaktik dostonlar, sufizm she’riyati keng rivojlanadi. Bu davr adabiyotining asosida Uyg’onish davrlariga xos xususiyat - inson muammosi, uning aql-idroki, axloq - idroki, axloq - odobi va ma’rifatga bo’lgan intilishlari yotgan. IX-XII asrlar adabiyoti saroy qoshida shakllangan. Natijada dastlab madxiya shaklidagi qasidalar, botiniy ishq-muxabbatni tarannum etuvchi g’azallar, may va aysh-ishrat mavzularidagi ruboiyot, muayyan shaxslar, ayniqsa, hukmdorlar va ular atrofini o’rab olgan amaldorlarning raqiblarini xajf ostiga olish kuchayadi. Bu dunyoning bevafoligi, barcha narsalarning o’tkinchiligi mavzularidagi, ya’ni zoxidlik ruhidagi she’riyat rivojlanadi.

Islom dinining yoyilishi Markaziy Osiyo me’morchiligi va xalq amaliy san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Me’morchilik va xalq amaliy san’atida yangicha turlar va ularni yaratishning yangicha uslublari vujudga keladi. Ko’pgina me’morchilik yodgorliklari islom dini xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda qurila boshlangan bo’lsada, o’zida islom dinigacha bo’lgan azaliy an’analarni ham saqlab qoladi. Qurilish (me’morchilik) san’ati ancha takomillashadi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, o’zgan, Marv kabi shaharlarda saroylar, masjidlar, xonoqoxlar, madrasa va minoralar, tim va sardobalar qurilgan. Ayniqsa, naqshinkor mexmonxonalar, ko’rkam va so’lim istiroxat bog’lari qurish avj olgan.

IX-XII asrlar me’morchiligining yana bir xususiyati-shahar markazi-SHaxristonlarning vujudga kelganligidir. SHahar markazida turli saroylar, maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo rastalari barpo etiladi.

Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi an’anaviy tasviriy san’atda tub o’zgarishlar ro’y berishiga olib kelgan bo’lsa, naqqoshlik, ganchkorlik, o’ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san’atlarining boyishiga ta’sir ko’rsatadi.

Bu davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishi hududiy chegaradan chiqib, mintaqa, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatilganligi bilan harakterlanadi.

IX-XII asrlar madaniy taraqqiyoti keyingi davr Yevropa uyg’onish davri madaniyatiga kuchli ta’sir ko’rsatib, yevropaliklarning o’tmish madaniy merosiga, yangi davr ijtimoiy-tabiiy taraqqiyotiga bo’lgan munosabatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. SHarq Uyg’onish davri madaniyatida asosiy e’tibor inson ma’naviy dunyosi takomiliga qaratiladi. Komil inson, xaqqa intilishga chorlash, imon va e’tiqod yakdilligi, falsafiy tafakkur, san’at va adabiyotning barcha ko’rinishlarining asosiy mavzusiga aylanadi.

SHarq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati takomilidan xulosa chiqargan Yevropa Uyg’onish davri mutafakkirlari, asosiy e’tiborni nafaqat inson aql-idrokiga qaratadilar, balki uning moddiy manfaatdorligiga va tabiiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochishga ham qaratadilar. Ilk uyg’onish davri madaniyati fan, adabiyot, san’at va me’morchilikda insoniyat ijodi maxsulining eng noyob yodgorliklari va asarlarining yaratilishiga, keyingi davrlar mutafakkirlarining ilxom manbaiga aylangan, nafaqat islom dunyosi xalqlari, balki umumbashariyatning abadiy yodgorligiga aylangan asarlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Bu davr madaniyati ko’pgina etnoslarning o’zligini anglab yetishlariga, etnik birlik sifatida shakllanishiga yordam bergan.

Ilk uyg’onish davri, ya’ni IX-XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda gurkirab yashnagan madaniy hayot mug’ul bosqinchilari tomonidan yakson qilinadi. Madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar, obod qishloqlar, yam-yashil bog’lar harobga aylantiriladi. Ilm-fan maskanlari, ma’naviyat va ma’rifat o’choqlari hisoblanuvchi madrasalar, rasadxonalar, kutubxonalar yo’q qilinib, ularda avaylab asralayotgan nodir asarlar va qo’lyozmalar yondiriladi yoki tashib ketiladi. Ilm-fan, san’at, adabiyot va me’morchilik taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan buyuk kishilar o’ldiriladi yoki quvg’in ostiga olinadi.

Lekin xalqning mustaxkam irodasi, milliy e’tiqodi va tafakkuri kuchlilik qiladi. Ijtimoiy qonuniyatga asoslangan bosqinchi xalqning tili, diniy e’tiqodlari, maslagi, mafkurasi va hayot tarzining yerli xalq tomonidan qabul qilinishi an’anasi buziladi. Ilk Uyg’onish davrida shakllanib ulgurgan, taraqqiy etgan ma’naviyat va madaniyat bosqinchi xalq e’tiqodidan ustunlik qiladi. Natijada mag’lub xalqning bosqinchi xalq maslagini qabul qilishi qonuniyati buziladi. Yerli xalq ma’naviyatining mustaxkamligi sabab, mug’ul bosqinchilari yerli xalq e’tiqodini, tili va hayot tarzini qabul qilishga majbur bo’ladilar.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish