Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu!
Xasta ko 'nglim tortmagan dardu balosi qoldimu.
«Men umrim bo'yi yo'limda uchragan barcha daryolardan suzib o'tdim», - deb yozadi o'z kitobida Bobur. Demak, u Sirdaryo, Amudaryo, Qobilu Sind, Jamna va Ganga daryolarining hammasidan qulochkashlab suzib o'tgan. Bu faktlarga hech qanday shubhalanmasa ham bo'ladi. Chunki hind olimi V.Dattning yozishicha, Bobur Hindistonda yashagan davrida, ya'ni 44-45 yasharlik paytlarida Agra qo'rg'onining keng devori ustida ikki soqchi yigitni ikki qo'ltig'iga ko'tarib chopib o'tganini ko'pchilik ko'rgan ekan. «Boburnoma»da nafaqat Farg'ona va Movarounnahr, shu bilan birga Afg'oniston, Hindiston va Pokiston xalqlarining tarixi, etnografik xususiyatlari, tarkibi, mamlakatlarning jug'rofiy tuzilishi, ma'muriy bo'linishi, tabiati, iqlimi, tog'lari, suvlari, dashtlari, o'simliklar dunyosi va boshqalar haqida mohirona bir tarzda bayon etilgan.
«Boburnoma»ning ahamiyati to'g'risida turli davrda allomalar turlicha fikr bildirganlar. Biroq «Boburnoma»ni inglizchaga o'girgan F.Telbotning quyidagi so'zlari g'oyat diqqatga sazovordir: «Hozirgi Hindistonni o'rganmoqchi bo'lgan odam ishni, eng yaxshisi Bobur xotiralarini mutolaa qilishdan boshlagani ma'qul.
Angliyaning o'zida «Boburnoma»ning 9 marta chop etilgani bu asarga ingliz jamoatchiligi nechog'lik katta e'tibor berayotganligini ko'rsatadi. 1990-yilda «Boburnoma»ning 460-yilligi dunyo uzra keng nishonlandi. Bu hoi ulug' Vatandoshimiz, temuriylar sulolasining atoqli vakili Zahiriddin Muhammad Boburning ja-hon miqiyosida o'z o'rni va bahosi borligiga yana bir dalildir.
Zahiriddin Muhammad Bobur go'zal lirik g'azallar, falsafiy ruboiylar muallifidir. U o'z she'rlari, g'azallari va ruboiylarida hayotni, vatanni ulugiaydi, sof sevgi, vafoni kuylaydi, ilmni qadrlaydi, odamlarni axloq-odobga chorlaydi.Shoir:
Kim yor anga Urn tolibi Urn kerak, O 'rgcmgani Urn tolibi, Urn kerak, Men tolibi Urn tolibi Urn yo 'q, Men bormen Urn tolibi. Urn kerak.
ruboiysida ilm-ma'rifatni qadrlagan kishi uni havas, ishtiyoq bilan albatta egallay olishini ifodalaydi. Yoshlarni ilm ahlidin o'rganishga da'vat etadi.
Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topg 'usidir. Yaxshi kishi ko 'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bo 'Isa, jazo topg 'usidir.
Bu ruboiyda shoir odamlarni hayotda yaxshilik qilishga da'vat etadi, yaxshilik qilgan kishi yaxshilik, yomonlik qilgan kishi yomonlik ko'rishini aytib ogohlantiradi. «Qilmish-qidirmish» deganlaridek har bir yaxshilik va yomonlikning ibtidosi insonning xulqi, odobi ekanligiga ishora etib, Bobur odamlarga yaxshilik qilishni nasihat qiladi. U o'zining:
Hulqingni rost etgil har sorigaki borsang Axsanta'der bori el gar yaxshi ot chiqarsang, Bori elga yaxshilik qilgilki mundin yaxshi yo 'q, Kim degaylar dahr aro qoldifalondin yaxshilig'.
degan ruboiysida kishilarni yaxshi xulqli, axloq-odobli bo'lishga chaqiradi.
Xullas, Bobur va Boburiylar-xalqimizning ulug' va buyuk farzandlari milliy iftixorimiz va g'ururimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |