Shahar o'sishi bilan bog'liq ekologik muammolar
1. Aholi zichligining oshishi.
2. Katta shaharlarda insolyatsiya (quyosh energiyasi miqdori) 15%ga kamayadi.
3. Yog'ingarchilik miqdori ortib bormoqda.
4. Tuman miqdori ortadi (yozda 30% ga, qishda 100% ga).
5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko'paymoqda.
6. Saraton kasalligi ko'paymoqda.
7. Qattiq chiqindilar to'planishi.
8. Shaharlardagi havo ifloslanishi.
9. Shaharlardagi suvning ifloslanishi.
10. Hayvon va o`simliklar sonini kamaytirish.
OQILONA MUNOSABAT ZARURATI
Atrof-muhit, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sog'- lomlashtirishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta`minlash, atrof-muhit holatining inson salomatligi bilan o'zaro munosabati yuzasidan O'zbekiston ekologik harakati keng jamoatchilik, o'zini-o'zi boshqarish organlari ishtirokida qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda. Ayniqsa, Ekoharakat faollarining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar korxonasi faoliyatining atrof-muhitga va inson salomatligiga zararli ta`siriga qarshi Surxondaryo viloyatida o'tkazgan ommaviy tadbirlari O'zbekiston ekologik harakatining o'z maqsad va vazifalariga erishish yo'lidagi amaliy sa`y-harakatlarining yorqin isbotidir. O'zbekiston ekologik harakati vakillari 2011 yilning 6 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati aholisining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar koxonasi faoliyati natijasida aholi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta`sirga qarshi jamoatchilik noroziligi aks etgan murojaatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasiga topshirdilar. Xulosa o'rnida aytish joizki, bir mintaqada, bir daryodan suv ichib, bir havodan nafas olayotgan davlatlarning ekologik muammolari ham birdir. Uni yechishda ham birlik, hamjihatlik muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, vujudga kelgan ekologik vaziyatni hisobga olgan holda, transchegaraviy ifloslanish masalalari, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish asnosida bajariladigan yagona tizim va xolis yondashuv O'zbekiston Respublikasi bilan birga Tojikiston Respublikasi uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar korxonasi tashlamalarining salbiy ta`siriga duchor bo'lgan hududning ekologik holatini yaxshilash bo'yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirayotganda va tegishli hujjat hamda materiallarni tayyorlayotganda o'zaro manfaatli, mingyillik qo'shnichilik va samarali hamkorlik doirasida xolis, vazmin yondashuvni namoyon etish zarur bo'ladi. Qolaversa, atrof-muhit muhofazasini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta`minlashga ustuvor vazifa sifatida qarab, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimiz taqdiri uchun ham mas`ul ekanimizni unutmasligimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |