O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet87/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

4.Byudjetlararo munosabatlar.

Uzoq yillar davomida shakllangan byudjet tizimi va uning mexanizmi mahalliy hokimiyat organlarini o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash yo’llarini qidirib topishdan ko’ra, qanday bo’lmasin, davlat daromadlari va soliqlaridan mahalliy byudjet uchun normativ ajratmalarini oshirishga harakat qilishlarini rag’batlantirib keldi. Chunki “boshqariladigan” daromadlarning ajratma foizlari uzoq muddatli bo’lmay, balki har yili qaytadan tasdiqlanadi. Buning ustiga “biriktirilgan” daromadlar rejalashtirilayotgan yil uchun kamaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, yilning boshida qolgan byudjet mablag’larining erkin qoldiqlaridan joriy yilning xarajatlarini qoplashga ishlatilganidan qolgan qismi yilning oxirida yuqori byudjetlar tomonidan olib qo’yiladi.

Mamlakatimizdagi mavjud xususiyatlar va jahon tajribalaridan mushtarak foydalangan holda, bozor iqtisodiyoti sharoitda mahalliy byudjetni shakllantirishning yangicha tamoyillari ishlab chiqilishi lozim. Bu tamoyillar quyi boshqaruv organlarining eng zarur xarajatlarini qoplash kafolatini beradigan emas, balki muayyan daromadlar keltiradigan byudjetni tashkil etishga asoslanishi kerak. Tajriba shuni ko’rsatadiki, turli darajadagi byudjetlar o’rtasida daromad manbalarining qonuniy taqsimlanishi quyi byudjetlar manfaatdorligini oshiradi.

O’zbekistonda jismoniy va huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar bo’yicha asosiy hujjat - Soliq kodeksi bo’lib hisoblanadi. Mazkur hujjat 1998 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritilgan.

Mahalliy byudjetni shakllantiruvshi biriktirilgan daromadlar er va mol-mulk soliqlari respublika qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va mamlakatning barcha hududlarida undiriladi. Boshqa mahalliy soliqlar va yoig’imlar esa Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar xamda Toshkent shahar davlat hokimiyatlari tomonidan joriy etiladi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari (Soliq kodeksi bo’yicha 4% qilib belgilangan mol-mulk solig’idan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Soliq kodeksida barcha soliqlar turlari sistemalashtirilib, ulardan har birining harakat qilish shartlari aniqlangan. To’g’ri soliqlarda soliq to’lashning bir qancha rejimlari ko’zda tutiladi:



  • asosiy xo’jalik sub’ektlari foyda solig’ini to’laydilar;

  • kichik korxonalar uchun soliq to’lash shartlari soddalashtirilgan bo’lib, ular uchun yagona soliq joriy etilgan;

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad solig’i to’laydilar;

  • banklar, sug’urta tashkilotlari, video salonlarga - daromad solig’i to’laydilar.

Mahalliy byudjetlarning xarajatlarida xo’jalik sub’ektlarini rivojlantirish uchun vositalar ajratish ko’zda tutilmaydi. Bu esa, yangi korxonalar tashkil etish, aholini ish bilan ta’minlash, iste’mol va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va shular orqali mahalliy byudjetni yanada to’ldirish imkoniyatlaridan to’la foydalanmaslikka, bu ishlarga boshqaruv organlarining befarq munosabatda bo’lishiga olib keladi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish