Iqtisodiy rayonlashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad - hududiy rejalashtirish, prognozlash (bachorat qilish) va ijtimoiy-iqtisodiy regional siyosatni amalga oshirish uchun optimal sharoit yaratishdir. Iqtisodiy rayon (lotincha «rejio» region-mamlakat, o’lka, viloyat)- bu mamlakatning bir qismi bo’lib, uning ichidagi barcha iqtisodiy ob’ektlar bevosita yoki bilvosita ixtisoslashuvning biron bir funktsiyasini bajaradi. A.S.Soliev rayon ham hudud, ammo hududning ma’lum bir o’xshashliklarga ega bo’lgan muayyan bir qismidir. Tabiiy geografiyada rayon turli komponentlarning majmuasi shaklida vujudga kelgan landshaft tipi, iqtisodiy geografiyada esa u hududiy mehnat taqsimoti natijasida shakllangan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ma’lum soha yoki yo’nalishlariga ixtisoslashgan aniq hududdir, deb ta’riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |