48 - jadval
2014 – 2017 yillar davomida tomchilatib sug’orish tizimining joriy etilishi bo’yicha ma’lumot
ga
№
|
Hududlar nomi
|
Amalda shu kungacha joriy etilgan maydon
|
Reja
|
2014 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2017 yil
|
1.
|
Qoraqolpog’iston Respublikasi
|
24,3
|
40
|
40
|
40
|
50
|
Viloyatlar
|
2.
|
Andijon
|
461
|
360
|
390
|
400
|
400
|
3.
|
Buxoro
|
82
|
160
|
170
|
180
|
180
|
4.
|
Jizzax
|
533
|
300
|
320
|
330
|
340
|
5.
|
Qashqadaryo
|
482
|
800
|
840
|
880
|
920
|
6.
|
Navoiy
|
416
|
240
|
250
|
260
|
280
|
7.
|
Namangan
|
431
|
600
|
640
|
660
|
680
|
8.
|
Samarkand
|
3256
|
840
|
900
|
920
|
950
|
9.
|
Surxondaryo
|
240
|
560
|
600
|
620
|
630
|
10.
|
Sirdaryo
|
209
|
200
|
200
|
220
|
240
|
11.
|
Toshkent
|
1265
|
360
|
380
|
400
|
410
|
12.
|
Farg’ona
|
396
|
500
|
530
|
550
|
570
|
13.
|
Xorazm
|
64,5
|
40
|
40
|
40
|
50
|
Jami
|
7858
|
5000
|
5300
|
5500
|
5700
|
48– jadvalda 2013 – 2017 yillar davomida ko’chma eguluvchan quvur orqali sug’orish usulini joriy etilishi bo’yicha ma’lumot keltirilgan. 2014 yilda jami respublika bo’yicha 6500 gektar er maydoni, jumladan Qashqadaryo viloyatida 900 gektar, Surxandaryo viloyatida 700 gektar, Andijon viloyatida 700 gektar, Sirdaryo viloyatida 600 gektar er maydoni ko’chma eguluvchan quvur orqali sug’orish usulini joriy etilgan bo’lsa, 2017 yilga kelib, respublika bo’yicha jami 10 000 gektar, jumladan Qashqadaryo viloyatida 2000 gektar, Surxondaryo viloyatida 900 gektar, Andijon viloyatida 900 gektar, Sirdaryo viloyatida 800 gektar er maydoni, ko’chma egiluvchan quvur orqali sug’orish usulini joriy etish belgilangan.
49- jadval
2013 – 2017 yillar davomida ko’chma egiluvchan quvur orqali sug’orish usulini joriy etilishi bo’yicha ma’lumot
ga
№
|
Hududlar nomi
|
Amalda shu kungacha joriy etilgan maydon
|
Reja
|
2014 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2017 yil
|
1.
|
Qoraqolpog’iston Respublikasi
|
|
50
|
50
|
100
|
100
|
|
2.
|
Andijon
|
260
|
700
|
700
|
900
|
900
|
3.
|
Buxoro
|
56
|
650
|
700
|
900
|
900
|
4.
|
Jizzax
|
902
|
700
|
800
|
1 200
|
1 200
|
5.
|
Qashqadaryo
|
211
|
900
|
1 000
|
2 000
|
2 000
|
6.
|
Navoiy
|
25
|
250
|
300
|
400
|
400
|
7.
|
Namangan
|
104
|
500
|
600
|
800
|
800
|
8.
|
Samarkand
|
32
|
400
|
400
|
500
|
500
|
9.
|
Surxondaryo
|
20
|
700
|
750
|
900
|
900
|
10.
|
Sirdaryo
|
169
|
600
|
650
|
800
|
800
|
11.
|
Toshkent
|
205
|
500
|
500
|
700
|
700
|
12.
|
Farg’ona
|
114
|
500
|
500
|
700
|
700
|
13.
|
Xorazm
|
|
50
|
50
|
100
|
100
|
Jami
|
2097
|
6500
|
7 000
|
10 000
|
10 000
|
50– jadvalda 2014 – 2017 yillar davomida egatga plyonka to’shab sug’orish usulining joriy etilishi bo’yicha ma’lumoti keltirilgan. 2014 yilda respublika bo’yicha jami 8000 gektar, jumladan Qashqadaryo viloyatida 1500 gektar, Andijon viloyatida 1100 gektar, Jizzax viloyatida 1000 gektar egatga plyonka to’shab sug’orish usulining joriy etilgan. 2017 yilda esa, respublika bo’yicha jami 15000 gektar, jumladan Qashqadaryo viloyatida 2900 gektar, Andijon viloyatida 1400 gektar, Jizzax viloyatida 1500 gektar egatga plyonka to’shab sug’orish usulining joriy etish kuzda tutilgan.
50- jadval
2014 – 2017 yillar davomida egatga plyonka to’shab sug’orish usulining joriy etilishi bo’yicha ma’lumot
ga
№
|
Hududlar nomi
|
Amalda shu kungacha joriy etilgan maydon
|
Reja
|
2014 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2017 yil
|
1.
|
Qoraqolpog’iston Respublikasi
|
10
|
150
|
150
|
150
|
200
|
|
2.
|
Andijon
|
135
|
1100
|
1100
|
1200
|
1400
|
3.
|
Buxoro
|
56
|
800
|
900
|
1000
|
1100
|
4.
|
Jizzax
|
932
|
1000
|
1200
|
1300
|
1500
|
5.
|
Qashqadaryo
|
361
|
1500
|
1600
|
2000
|
2900
|
6.
|
Navoiy
|
70
|
300
|
400
|
500
|
800
|
7.
|
Namangan
|
53
|
500
|
700
|
1000
|
1100
|
8.
|
Samarkand
|
32
|
600
|
800
|
1000
|
1100
|
9.
|
Surxondaryo
|
24
|
500
|
900
|
1000
|
1200
|
10.
|
Sirdaryo
|
67
|
400
|
700
|
800
|
1000
|
11.
|
Toshkent
|
23
|
500
|
700
|
900
|
1000
|
12.
|
Farg’ona
|
35
|
500
|
700
|
1000
|
1500
|
13.
|
Xorazm
|
8
|
150
|
150
|
150
|
200
|
Jami
|
1805
|
8000
|
10000
|
12000
|
15000
|
Sug’orishda bunday zamonaviy usullarni, sug’orish texnologiyalarini qo’llash suvdan foydalanishni, material sarfini bir necha marta kamaytirish imkonini beradi.
3.Er resurslaridan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish.
Er insonning bebaho boyligi, er o’simliklar dunyosi bilan birgalikda insonni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, kiyintiradi, qurilish materiallari va tibbiy ashyolar bilan ta’minlaydi va b. Shuning uchun ona-erni muhofaza qilish har bir kishining muqaddas burchidir.
Quruq iqlim sharoitida sug’oriladigan erlar beqiyos ahamiyatga ega. Obikor erlar Respublikada er maydonining 10% qismini egallagan holda o’simlikshunoslik bo’yicha etishtiriladigan barcha mahsulotning 95%ini etkazib beradi.
Erning sifati, qo’shimcha ravishda, topografik, tarkibiy, qishloq xo’jaligi va mineral elementlarni; iqlim; toza suv va havoning mavjudligi va nihoyat tinch, osuda, xavfsiz, estetik ko’rinishga ega bo’lgan atrof-muhit xususiyatlarini o’z ichiga oladi. 16
Qishloq xo’jaligida er ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Er bo’lmasa dehqonchilik mahsulotlarini ham, chorvachilik mahsulotlarini ham etishtirib bo’lmaydi. Odam ishlab chiqarish jarayonida tuproqqa, erga, o’tloqqa, yaylovga va hokazolarga ta’sir qilar ekan, tuproqning unumdorligini oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi, er mehnat predmeti sifatida maydonga chiqadi. Shu bilan birga erning tabiiy xossalari – fizik, mexanik, kimyoviy va biologik xossalaridan foydalaniladi. Shuning uchun er mehnat quroli sifatida ham, mehnat vositasi sifatida ham maydonga chiqadi. U holda ham, bu harda ham u qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan vositasi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish negizi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to’g’ri foydalanish tufayli erning hosildorligi ortadi, bu esa qishloq xo’jaligini yanada yuksaltirishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi kuch tez rivojlanib borganda barcha eski mashinalar yanada foydaliroq mashinalar bilan almashtirilishi, ya’ni eski mashinalar ishlab chiqarishdan butunlay chiqarib tashlanishi kerak. Er esa, aksincha, agar unga to’g’ri munosabatda bo’linsa, xamisha yaxshilanib boradi. Erning unumdorligi kapital, mehnat va fanni qo’llanishi bilan cheksiz darajada ortadi.
Erdan ratsional foydalanish butun xalqning va avvalo qishloq xo’jaligidagi barcha xodimlarning eng muhim vazifasidir. Bu vazifa eng kam mehnat va ishlab chiqarish vositalarini sarflagan holda har gektar erdan ko’proq yuqori sifatli mahsulot olishdan iborat. Mamlakatimizda er moddiy farovonlikni oshirishning eng muhim manbai, shuning uchun ham hukumatimiz tabiatni asrashni kuchaytirish hamda er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tadbirlarini qonun yo’li bilan mustahkamlab ko’ygan. Respublika 44797,7 ming gektar er fondiga ega, shundan barcha qishloq xo’jalik erlari 27987 ming gektar, shu jumladan, sug’orishga yaroqli erlar 5 mln. gektar, sug’oriladigan erlar maydoni 4238,6 ming gektar, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. gektar, ekiladigan erlar 4090,2 ming gektar, xaydaladigan erlar 4474,5 ming gektar.
Respublika er fondining asosiy qismi 62 foizga yaqini qishloq xo’jalik er turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar erlari – tomorqa 1 foiz, o’rmon va to’qayzorlar 3.2 foiz va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlar 34.2 foiz. Sug’oriladigan erlar jami er resurslarining 9.2 foizini tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida etishtiriladigan yalpi mahsulotning 98.5 foizi shu erlarda etishtiriladi. Qishloq xo’jalik erlari strukturasida ekin ekiladigan erlar salmog’ining ortishi, bog’ va uzumzorlarning kengayishi, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik erlarining maydoni birligiga hisoblaganda yalpi mahsulot va ozuqa ishlab chiqarishni ko’payishi erdan intensiv foydalanishning iqtisodiy ko’rsatkichlaridir. Qishloq xo’jalik erlariga ekinzorlar, qo’riq er uchastkalari, pichanzorlar, yaylovlar, bog’ va uzumzorlar, ixota daraxtzorlari, baliq urshitiladigan xovuzlar kiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari ekish uchun ishlatiladigan uchastkalar haydov erlari hisoblanadi. Tabiiy pichanzorlar suv bostiriladigan maysazorga, suvsiz vodiy va botqoq erlarga; yaylovlar, suvsiz vodiy, suv chiqariladigan dasht, tog’lik, o’rmonzor erlariga, shuningdek, sun’iy ko’p yillik madaniy yaylovlarga bo’linadi.
Er davlat mulkidir. Davlat er fondini to’g’ri taqsimlash va undan reja asosida foydalanishni tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasida yagona davlat er fondi sostaviga quyidagilar kiradi:
qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlar;
sanoat, transport, kon sanoati va qishloq xo’jaligi korxonalariga mansub bo’lmagan muassasa va tashkilotlar foydalanayotgan erlar;
shahar va shahar tipidagi posyolkalar joylashgan erlar;
davlatning zapas erlari.
Er fondining ancha qismi foydalanish uchun qishloq xo’jalik korxonasi va turli jamoat muassasalariga berilgan. Qolgan qismida o’rmon xo’jaligi va boshqa davlat xo’jaliklari ish yuritadilar. Bulardan bevosita davlatning o’zi foydalanadi.
O’zbekiston Respublikasida er fondining 62 foizi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi korxonalariga foydalanish uchun ajratilgan. Qishloq xo’jaligida erdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tuproqning tabiiy sharoitiga qarab bo’lingan zonalarda har gektar erga kam mehnat va mablag’ sarflab ko’p mahsulot etishtirish bilan belgilanadi. Uning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi 100 gektar er maydonida etishtirilgan mahsulot birligidir. Ayni vaqtda, ayrim er maydonlaridan etishtirilgan mahsulot turlariga qarab 100 gektar qishloq xo’jaligida foydalanadigan er yoki 100 gektar haydaladigan erga qarab hisoblanadi. Masalan, o’simlikchilik mahsulotlari haydaladigan erlarda etishtiriladi. Shuning uchun ham o’simlikchilik mahsulotlari etishtirish har 100 gektar haydaladigan erga hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlarini etishtirish em – xashak bazasidan mol turlariga qarab foydalanishga bog’liq. Qoramol, qo’ychilik va echkichilik mahsulotlari 100 gektar qishloq xo’jaligida foydalanadigan er maydoniga; cho’chqachilik mahsulotlari 100 gektar haydaladigan erga; parrandachilik mahsulotlarini etishtirish 100 gektar don ekinlari ekiladigan maydon birligiga hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida erdan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’li qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchillik bilan intensivlashtirish, qishloq xo’jaligi oborotidagi erlarni yaxshilashdan iboratdir.
Qishloq xo’jaligi erlaridan foydalanish darajasini yanada ko’tarishda irrigatsiya g’oyat katta rol o’ynaydi. Er maydonlarini doimo yaxshi holatda saqlash va uning mahsuldorligini oshirishda shamol va suv er eroziyasiga qarshi kurash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq er eroziyasiga qarshi kurashda yagona va ilmiy jihatdan asoslangan tadbiriy choralardan foydalanish ma’qul. Bu tadbiriy choralar sistemasiga almashlab ekishni joriy qilish, ixota daraxtzorlarini barpo etish kabi asosiy omillar kiradi. Eng oddiy va samarali agrotexnika tadbirlaridan er haydash, ekin va qishloq xo’jalik ekinlarini qiyalik joylarda ko’ndalangiga ekish suv erroziyasi keltirayotgan zararni bir necha bor kamaytiradi. Respublika qishloq xo’jaligi korxonalari qishloq xo’jaligida foydalanadigan er maydonlari umumiy struktura sostavida yaylovlar 50 foizdan ziyodroq salmoqni egallaydi. Yaylovlar, deyarli, cho’l va yarim sahro zonalarida joylashgan bo’lib, ulardan qo’ychilikni, ayniqsa, qorako’lchilikni hamda echkichilikni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Cho’l yaylovlarining talaygina qismi sug’orishning asosiy rezervidir, shundan 6 mln. gektar maydonda sug’orish imkoniyatlari mavjud. Yaylovlarni yaxshi parvarish qilish, ularni yaylov oborotiga kiritish va qo’shimcha ravishda o’t urug’larini ekish hisobiga yuqori sifatli va arzon em – xashak olishga erishish mumkin.
Ilmiy jihatdan asoslangan dehqonchilik sistemasini yuritish erdan ratsional foydalanishning asosiy negizidir. Tuproq unumdorligini og’ishmay oshira borish va kam mehnat, mablag’ harajat qilib yuqori hosil olish dehqonchilik tizimining asosiy shartidir.
Erning ko’p qismini bir nechta faoliyat turiga moslashtirilishi mumkin. Xattoki kimsasiz va o’tib bo’lmaydigan botqoqliklar mavjud erlar raqobatlashuvchilar yoki tabiatni saqlab qoluvchilar orasida taqsimlanishi mumkindir. Ehtimoldagi foydalanishning me’yoriy davriyligi erlardan foydalanishning makonga oid modellarini ko’rib chiqayotib, biz alohida birlik yoki aniq faoliyat turi nuqtai nazaridan boshqa fikrlay olmaymiz, balki analizning boshqa turi – ko’p faoliyatli rayonlashtirish yoki tuman darajasiga qarab intilishimiz kerak.17
Do'stlaringiz bilan baham: |