O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


To’xtagul suv ombori ish rejimining yillar davomida o’zgarishi13



Download 9,72 Mb.
bet169/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

To’xtagul suv ombori ish rejimining yillar davomida o’zgarishi13

Davrlar

Suv omboriga vegetatsiya davrida suvning kelishi, mlrd. m³

Suvning suv omboridan chiqarilishi, mlrd. m³

1990 y.gacha

8,9

8,5

3,2

11,7

1991 – 2000 yy.

8,9

6,0

7,3

13,3

2010 yildan so’ng

10,9

5,3

8,7

14,0

Sirdaryo havzasidagi bunday tendentsiyaning salbiy oqibatlari daryoning quyi va o’rta oqimda o’zani ochilib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa tabiat komponentlarining suvga bo’lgan ehtiyojlari qondirilmasligi sabab bo’lmoqda, aholi va ishlab chiqarishda suv tanqisligini keltirib chiqarmoqda. Tabiatning suvga bo’lgan talabi qondirilmasligi o’simlik va hayvonot olami qirilib ketishiga olib kelmoqda, aholi va ishlab chiqarishda suv tanqisligi esa bir qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni vujudga keltirmoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu – Yorkda bo’lgan “Ming yillik rivojlanish maqsadlari”ga bag’ishlangan yoig’ilichidagi nutqida quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: “Amudaryo va Sirdaryo suv oqimining o’zgatirilishi va kamaytirilishi, bu –butun mintaqadagi shundoq ham zaif ekologik muvozanatni tubdan buzichdir. Bunday sharoitlarda ushbu daryolarning yuqori qismida 30 – 40 yil oldin sovetlar davrida ishlab chiqilgan loyihalar asosida bahaybat to’g’onlar bilan yirik gidrotexnik inshootlarni qurishga qaratilgan har qanday urinishlar, agar ushbu qurilish 8 – 9 ballik seysmik zonada joylashganligini hisobga oladigan bo’lsak – bularning barchasi ekologiyaga tuzatib bo’lmaydigan zarar etkazib, oxirgi yillarda biz guvoh bo’lib turgan xavfli texnogen halokatlarning sababi bo’lishi mumkin”14.

Suv tanqisligiga sabab bo’luvchi omillardan yana biri suv resurslaridan noratsional foydalanishdir. Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanilayotgan suv resurslarining 88 foizi qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida suv resurslaridan maqsadli foydalanishda kamchiliklar juda ko’p. Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligida 180 ming km. sug’orish tarmoqlari, 160 ming suv inshootlar, shu jumladan, 800 ta yirik suv inshootlari, 8,2 mlrd.kVt elektr energiya sarfiga ega bo’lgan 1614 ta nasos stantsiyalari, umumiy hajmi 19,2 mlrd. m³ bo’lgan 55 ta suv omborlari, 4124 dan ortiq tik quduqlar, 102,8 ming km. ochiq kollektor tarmoqlari, 38,3 ming km. yopiq drenaj tarmoqlari, 3451 ta tik drenaj quduqlari, 153 ta meliorativ nasos stantsiyalari, 24839 ta kuzatuv quduqlari mavjud15.

Shakllantirilganiga 30 – 40 yil bo’lgan bu asosiy vositalar ancha eskirgan va tejamkorlik xususiyatini yo’qotgan. Ularni modernizatsiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrda “Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 3932 – sonli farmoni qabul qilindi. Moliya vazirligi huzurida sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 266 – sonli qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil etildi.

2013-2017 yillarda sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida 190 kilometrdan ortiq kollektor, 3 vertikal drenajli quduq, 6 kuzatuv qudug’i va 23,8 kilometr yopiq kollektor-drenaj tarmog’ini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlandi. Natijada 2015 yilning birinchi choragida asosiy va oraliq ekin maydonlarining 126,2 ming gektariga sabzavot, 65,6 ming gektariga kartoshka va 4,7 ming gektariga poliz ekinlari ekildi. 4,9 ming gektar maydonda yangi intensiv bog’lar, 4,5 ming gektar erda tokzorlar, 169,9 gektar maydonda 305 issiqxona yaratildi. 11,1 ming gektar maydondagi bog’ va 4,4 ming gektar tokzorlar rekonstruktsiya qilindi.

Biroq mintaqalarda bu borada muammolar mavjud. Jumladan, sho’rlangan erlar jami sug’oriladigan maydonlarning 40 – 45 foizini tashkil etmoqda.

2014 – 2017 yillar davomida tomchilatib sug’orish tizimining joriy etilishi bo’yicha ma’lumot 48 – jadvalda keltirilgan. 2014 yilda jami respublika bo’yicha 7858 gektar maydon, jumladan Samarkand viloyatida 2014 yilda 840 gektar, Qashqadaryo viloyatida 800 gektar, Namangan viloyatida 600 gektar, Surxondaryo viloyatida 560 gektar er maydonida tomchilatib sug’orish tizimi joriy etilgan bo’lsa, 2017 yilda respublika bo’yicha jami 5700 gektar er maydoni, jumladan Samarkand viloyatida 2017 yilda 950 gektar, Qashqadaryo viloyatida 920 gektar, Namangan viloyatida 680 gektar, Surxondaryo viloyatida 630 gektar er maydoni tomchilatib sug’orish tizimi joriy etish ko’zda tutilgan.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish