O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Kapital qo’yilmalarning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasi



Download 9,72 Mb.
bet135/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Kapital qo’yilmalarning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasi. 2014 yildagi kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi 57,6%ni, mashina va uskunalarning ulushi –32,0%ni va boshqa harajatlar 10,4%ni tashkil qildi. Bunda Andijon (QMI ulushi 69,4%ni tashkil etadi), Jizzax (69,8), Namangan (81,4), Samarqand (73,6), Surxandaryo (73,6) va Xorazm (72,3) viloyatlarida investitsiya faolligi yangi asosiy fondlarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish hisobiga ta’minlanayotgan bo’lib, bu qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq. Ayni vaqtda Navoiy(mashina va uskunalarga investitsiyalar ulushi 40,3%ni tashkil etadi), Toshkent (42,2) viloyatlarida va Toshkent shahrida (55,1) eskirgan mashina va uskunalarni, real sektordagi korxonalarni texnik va texnologik yangilashga e’tibor qaratilmoqda.

Investitsiyalarning umumiy hajmida qurilishi yangi boshlanayotgan ob’ektlar 59,8%ni, mavjud ob’ektlarni rekonstruktsiya, modernizattsiya qilish va kengaytirish 23,5%ni, boshqa ob’ektlar esa 16,5%ni tashkil etadi deb baholanmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi (80,3%), Buxoro (71,6%) va Namangan (71,7) viloyatlarida investitsiyalarning asosiy qismi yangi qurilishga yo’naltirilmoqda.

2014 yil davomida 114 mingta ish o’rniga ega bo’lgan 4142 ta yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirildi.

Qurilish materiallari sanoati (1793 ta loyiha), oziq-ovqat sanoati (1689), engil sanoat va tekstil tarmog’i (1288), mebel va qog’oz sanoati (514), kimyo va neft-kimyo sanoatida (501) loyihalar amalga oshirildi.

Davlat kapital qo’yilmalari ulushining ko’pligi davlatning faol xo’jalik yuritish, tarmoqlar va korxonalarni byudjet hisobidan moliyaviy ta’minlashga boliq. Xalq xo’jaligini byudjet hisobidan moliyalashtirish boshqa manbalardan olingan investitsiyalardan ko’ra tezroq kamaymoqda. Natijada yakunlanmagan qurilish ob’ektlari ko’paymoqda, investitsiyalarni o’zlashtirish muddatlari uzayomoqda. Bu esa investorlar uchun ularning samaradorligi va salohiyati pasayishiga sabab bo’lmoqda.

Korxona va tashkilotlarning xususiy mablag’lari investitsiya zahiralari shakllanishida asosiy manbaga aylanib qolmoqda. Ammo ularning moliyaviy holati asosan keskin yomonlashmoqda. Bu rentabellikning pasayishi va zarar bilan ishlayotgan korxonalar ulushi energetika, qishloq xo’jaligi sohalarida ko’payishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, hozirga qadar amal qilgan soliq tizimi ham korxonalarning investitsion imkoniyatlariga putur etkazadi.

Foydaning kamayishi, korxonalarning investitsiyalarga yo’naltirish mumkin bo’lgan xususiy mablag’larini kamaytiribgina qolmaydi, balki retabellik darajasi va haqiqiy foiz stavkasi o’rtasidagi o’zaro nisbatni yomonlashtirib, ishlab chiqaruvchilarning qarz mablag’larini jalb etish imkoniyatlariga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Eslatib o’tish joizki, ishlab chiqarishda qo’yilmalar samaradorligi bilan depozitlar bo’yicha stavkalar o’rtasidagi oxirgi foyda ayirma sining ortish salohiyati investorlarning ishlab chiqarishga kapitallari qo’yilmasini to’xtatib turibdi. Investitsiyalar korxonalarning kuchli manbasi bo’lishi amortizatsiya foiziga putur etkazmoqda. Amortizatsiyaga chiqarilgan summalar investitsiya jamg’armalariga nisbatan hamma manbalar hisobiga kamaymoqda. Oqibatida ular nafaqat asosiy fondlarni yuqori texnik darajada yangilash, balki sarflanayotgan fondlarni shunchaki almashtirish uchun ham etarli bo’lmayapti.

Buning sababi uzoq vaqt mobaynida asosiy fondlar qiyomatini qayta baholash va amortizatsiyaning eskirib qolgan me’yori qo’llanib kelinganligidadir. Amortizatsiya tannarxini oshirish sababli korxonalar fondlar qiymati bilan qiyoslanganda amortizatsiyaga chiqarilgan summalarni va mahsulotlar narxini pasaytiradi.

Kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjeti xarajatlari tegishli ob’ektlarni davlat tasarrufidagi chiqarish va xususiylashtirish hisobiga kamaytiriladi. Ammo xususiylashtirilgan ko’pgina korxonalarda ham xuddi davlat tasarrufidagi korxonalardagi kabi moliya mablag’lari surunkali etishmaydi. Shuning uchun ular jamg’armalarni deyarli to’plamaydi va kapital qo’yilmalarini keskin qisqartiradi. Nodavlat sektor mablag’larining moliyalashtirish manbalari bo’yicha imkoniyatlar tarkibidagi ulushi ko’payishi ularning mutloq hajmlariga teng emas.

Investitsiya tavakkalchiligining yuqoriligi, qolaversa, yanada samarali va tez qoplanadigan pul qo’yilmasi bo’shlig’i to’ldirilmaganligi tufayli hanuzgacha ishlab chiqarishga pul mablag’lari qo’yilmayapti.

Milliy banklarning barchasi o’z ish faoliyatini ta’minlaydigan kapital aylanishi muddatlariga bog’liq holda faoliyat yuritmoqda. Fond bozoriga savdo va bank ishi jabhalaridan keladigan spekulyativ kapital hozircha asosan qisqa muddatli maqsadlarni ko’zlayapti. U nisbatan kam daromadlilik tufayli uzoq vaqtga mo’ljallangan yirik qo’yilmalarni amalga oshirishdan manfaatdor emas.

Davlat korxona va tashkilotlarining byudjet kapital qo’yilmalari va investitsiyalari qisqarayotgan sharoitda mamlakat investitsiyalari faolligi farqlari xususiy sektordagina rivojlanadi. Rossiya va O’zbekistonning ko’pgina iqtisodichilari va tahlilchilari (Ablakin, A.Martinov, V.Dzasarov)ning fikricha, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va mustahkam o’sishga erishish maqsadida investitsiyalash uchun mamlakatda vujudga kelgan sharoitda aralash iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha ehtimolli moliya zahiralarini aniqlash va ularni investitsiya maqsadlariga o’tkazich usullarini topish muhimdir. Tahlillar respublika hududlarining ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari bo’yicha quyidagi xulosalarni beradi:


  • kapital qo’yilmalar umumiy hajmining pasayishi va investitsiya sohalaridagi vaziyatning og’irlashuvi, hududiylarda ishlab chiqarish moddiy-texnik ba’zasining emirilishi bilan birga kechadigan, uzoq davom etadigan investitsiya tangligi O’zbekistonning ayrim hududlari iqtisodiyoti uchun xosdir;

  • ichki investitsiyalarning asosiy ichki balansi korxonaning xususiy manbalari mablag’lari bo’lib qolmoqda;

  • makroiqtisodiyot nobarqaror sharoitda amortizatsiya fondi hajmlari kamayishiga ularning takror ishlab chiqarish qobiliyatining yo’qolishi sabab bo’ladi;

  • yoqilg’i-energetika majmui, kon-metallurgi, to’qmachilik tarmoqlarida va transport tizimida eng katta investitsiya faoliyati kuzatilmoqda.

Sobiq ittifoq o’rnida vujudga kelgan boshqa mamlakatlardagi kabi O’zbekistonda ham investitsiyalash jarayoni transformatsiyasi yuz bermoqda. Lekin, bunda bozor iqtisodiyotining barcha imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanilmayapti. Iqtisodiyotning real sektorini investitsiyalashda xususiy kapital hozircha muhim o’rin tutmayapti. Jonlanish davrida o’tish sust kechmoqda, real sektorga investitsiya kiritishning bozor instituti hanuzgacha o’ta sekin rivojlanmoqda. Sug’urta, nodavlat fondlari va boshqa investitsiya tuzilmalari ham boshlang’ich holatda ekanligi milliy jamg’armalar zarur darajada kattalashtirilishiga va kelgusida investitsiya qo’yilmalariga aylantirilishiga yordam bermasligiga sabab bo’lmoqda.

Bank sektorida faoliyat ishlab chiqarishda foydalanish uchun mablag’larni katta ko’lamda yo’naltirish maqsadida istiqbolli kredit liniyalari oshishga to’liq qaratilmagan.

Ko’pchilik hududlarda banklarning kapitallashtirish darajasi ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya kreditlariga bo’lgan talabiga nisbatan to’lov qobiliyati ham past bo’lganligi sababli o’z ishlarida etarlicha investitsion yo’nalishlarni topolmayotganliklarini ko’rsatmoqda. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida aniq ko’rsatilgan. Bu qaror ijrosi respublikada bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishiga erishish, tijorat banklari ish samaradorligini oshirish, hududlardagi investitsiya jarayonlari va iqtisodiyotni tarkiban o’zgartiradi, chet el investitsiyalari to’g’ridan-to’g’ri kirib kelishida keng ishtirok etib O’zbekiston hududlarining rivojlanish sur’atlari oshishini ta’minlaydi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish