O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakui‟teti


Mehnat  haqi  miqdori  va  boshqa  shartlar



Download 489,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana31.12.2021
Hajmi489,77 Kb.
#237355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mehnat shartnomasini tuzish

Mehnat  haqi  miqdori  va  boshqa  shartlar.  Mehnat  haqi  miqdori  qonun 

hujatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo„lishi va eng ko„p 

miqdori chegaralanishi mumkin emas; 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  ayrim  mehnat  shartnoma 

(kontrakt)larini  tuzishda  zarur  shartlar  ro„yxati  kengaytirilishi  mumkin.  Masalan, 

muddatli  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  tuzishda  ishning  boshlanish  sanasigina 

emas, balki uning tamom bo„lish sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni 

bajarish  vaqtiga  mo„ljallab  ishga  qabul  qilishda  xodim  amalga  oshirishi  uchun 

qabul  qilinayotgan  aniq  ish  ko„rsatiladi.  O„rindoshlar  bilan  mehnat  shartnomasi 

(kontrakt)  tuzishda  qonun  hujjatlari  bilan  nazarda  tutilgan  eng  ko„p  muddat 

doirasida kundalik ishning aniq muddati belgilanadi. Mehnat shartnomasini tuzish 

paytida  xodimlarning  qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan  belgilangan 

mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. 

Yuqorida  aytilganidek,  taraflarning  kelishuvga  ko„ra,  mehnat  shartnomasi 

(kontrakt)da  qo„shimcha  shartlar  nazarda  tutilishi  mumkin.  Ular  taraflarning 

majburiyatlarini  aniqlashi,  ularni  to„ldirishi,  xodimga  qo„shimcha  imtiyoz  va 

afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin. 

qo„shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin: 

xodimga  mehnat  sharoitlari  belgilangan  holda  YaTMM  va  MMda  nazarda 

tutilgan qo„shimcha mehnat majburiyatlarini yuklash; 

bir  necha  kasbda  ishlash  tartibi  va  shartlari  ko„rsatilgan  holda  mehnat 

shartnomasi  (kontrakt)ning  mustaqil  sharti  sifatida  bir  necha  kasb  (lavozim)da 

ishlash; 



 

agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo„lsa, sinovning 



aniq muddati (qachondan qachongacha); 

xodim  yuqori  malakasi  uchun,  agar  bu  amaldagi  qonun  hujjatlarida,  jamoa 

shartnomasida  (barcha  darajadagi  jamoa  kelishuv)  yoki  korxona,  tashkilot, 

muassasada  amal  qiluvchi  boshqa  normativ  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  hollarda 

murakkabroq  ishlarni  bajarish  bilan  bog„liq  bo„lgan  mehnatga  haq  to„lash  (tarif 

stavkalari, mansab maoshlari, qo„shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa 

xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorini yakka tartibda belgilash

xodim  uchun  belgilangan  ish  vaqti  rejisi  (to„liqsiz  ish  kuni,  to„liqsiz  ish 

xaftasi,  qisqartirilgan  ish  vaqti,  soatbay  ish,  ish  kunining  boshlanishi  va  tamom 

bo„lshi va boshqalar); 

qo„shimcha  haq  to„lanadigan  va  haq  to„lanmaydigan)  dam  olish  kunlari, 

ta'tillar berish; 

ijtimoiy-maishiy  tusdagi  shartlar  (bolalar  bog„chasida  o„rin,  sanatoriy-

kurortda  davolanishga  yo„llanma  bilan  ta'minlanishi,  transport  xizmati, 

markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat muxsulotlari bilan ta'minlash, uy-joy berish 

va boshqalar); 

muddatli  mehnat  shartnomasi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda 

muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to„lash. 

qonun  hujjatlari,  jamoa  shartnomasi,  mehnatga  haq  to„lash  to„g„risidagi 

nizom  va  boshqa  lokal  tarzdagi normativ hujjatlarga nisbatan xodimning ahvolini 

yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Jumladan,  mehnat  shartnomasi  tuzishda  quyidagi  shartlar  belgilanishi 

mumkin emas: 

mehnat  shartnomasini  bekor  qilishning  qo„shimcha  asoslari,  qonun  yo„l 

qo„yadigan hollar bundan mustasno

qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan intizomiy jazolar belgilash

sinov  muddatini  Mehnat  kodeksi  bilan  belgilangan  eng  yuqori  muddatdan 

ortiqcha belgilash; 

o„rindoshlik asosida ishlashga qo„shimcha cheklashlar joriy qilish

qonunda nazarda tutilganidan ortiqcha ish vaqti muddati belgilash; 

xodimlar  uchun  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilmagan  hollarda  moddiy 

javobgarlik  joriy  etish  (O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997 

yil  11  maydagi  133-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  «Yozma  holdagi  mehnat 

shartnomasi  (kontrat)  tuzish  yuzasidan  tavsiyalar». qororlar to„plami, 1997  yil,  3-

son, 11-modda). Tijorat sirlarini oshkor qilmaslik hamshular jumlasidandir. 


Download 489,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish