O‘rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagilar joylashgan:
1.Po‘stloq osti ko‘ruv markazi va ko‘z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o‘zaklari.2.Po‘stloq osti eshituv markazi.3.Bosh miya po‘stlog‘ini orqa miya bilan bog‘lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o‘tkazuv yo‘llari.4.O‘rta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘lovchi nerv tolalari. O‘rta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat. O‘rta miyaning tomi (lamina tecti mesencephali) yoki to‘rt tepalik plastinkasi (lamina quadrigeminae) o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesishgan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepachadan iborat.