O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet21/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xshagani uchun myelencephalon deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prikning pastki chekkasida bo‘lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi.

Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari, hamda qon aylanish va nafas a’zolariga bog‘liq bo‘lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo bo‘ladi. Shuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning ventral yuzasidagi oldingi o‘rta yoriqni (fissura mediana anterior) ikki tomonida bo‘rtib chiqqan piramidalar (pyramis medullae oblangatae) joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman kesishib, piramidalar kesishmasini (decussatio pyramidum) hosil qiladi.

Uzunchoq miya kesmasida (123-rasm) u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi.

Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.

Ortqi miya

Ortqi miya (metencephalon) ikki qismdan: ventral joylashgan ko‘prik va dorsal joylashgan miyachadan iborat. Ortqi miyaning qoldiq bo‘shlig‘i, uzunchoq miya bilan birgalikda IV qorinchani hosil qiladi.

Ko‘prik (pons) sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog‘lik ravishda payda bo‘ladi. U odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘ndalang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko‘prik o‘rtasida egat (sulcus bulbopontinus) yotadi. Yon tomonga ko‘prik torayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga (pedunculi cerebellaris medius) o‘tib ketadi. Ko‘prikning tashqi chegarasini uch shoxlik va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi chiziq (linea trigemenofacialis) hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, o‘rtasida asosiy arteriya egati (sulcus a. basillaris) joylashgan, uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Ko‘prikning ko‘ndalang kesmasi (124-rasm) markazida Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘prik turk egari oldida yotadi. Bola hayotining erta davrlarida orqa tomonga surilib, 5 yoshda ensa suyagi qiyaligiga yetib boradi.

Yosh bolalarda piramida va miyacha o‘tkazuv yo‘llari yaxshi taraqqiy etmagani uchun uning hajmi kichik va o‘zaklari bir-biriga yaqin joylashadi. 5-7 yoshlarda ko‘prik tez taraqqiy etib kattalarnikiga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish