O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet18/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Reja:

1.

2.

3.

4.

I.P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha organizm ayrim a’zolar yoki tizimlar yig‘indisi bo‘lmay, tashqi muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘lgan tirik umumlashgan tizimdir. Har tirik mavjudot tashqi muhitdan ma’lum ta’sirot oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan tashqari organizmda bo‘layotgan modda almashinish jarayonlari ham o‘z navbatida unga ma’lum bir ta’sir qiladi va organizm bunga javob qaytaradi. Ta’sir tushayotgan soha bilan a’zo o‘rtasidagi aloqa organizmda nerv tizimi vositasida bog‘lanadi. Nerv tizimi tana qismlari va a’zolarning faoliyatini bir-biri bilan bog‘lab bir butun tizimni hosil qiladi. Ikkinchi tomondan nerv tizimi organizm faoliyatini tashqi muhit bilan munosabatini boshqaradi.

Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy birligi - nerv hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi.

Neyronlar o‘lchami, shakli, o‘simtalarining soni va uzunligiga qarab turli xil bo‘ladi. O‘simtalari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki neyrit va dendritlarga bo‘linadi. Neyronlarning dendritlari ko‘p sonli, shoxlangan bo‘ladi. Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini yoki boshqa neyronlardan kelayotgan impulsni nerv hujayrasi tanasiga o’tkazib beradi. Akson yoki neyritlar bitta bo‘lib, nerv impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki ish bajaruvchi a’zoga o‘tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlarga bo‘linadi.

I.Sezuvchi neyronlarni dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat - retseptor joylashgan. Retseptor ta’sirotni qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar ma’lum bir ta’sirotni qabul qilishga moslashgan (mexanik, harorat, kimyoviy) bo‘lib, tuzilishi har xil bo‘ladi. Retseptorlarning joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

1.Ekstrotseptorlar tashqi muhit ta’sirini qabul qiladi. Ular teri, shilliq pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan.

2.Introtseptorlar organizmning ichki muhitida bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar, shuningdek to‘qima va a’zolardagi bosim o‘zgarishlari ta’sirotlarini qabul qiladi.

3.Propriotseptorlar mushak, pay, boylam, fassiya, bo‘g‘im xaltasidagi ta’sirotlarni qabul qiladi.

II.Oraliq yoki assotsiativ neyron qo‘zg‘olishni sezuvchi neyrondan harakat neyroniga o‘tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida joylashadi.

III.Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlarning tanalari markaziy nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan. Ularning aksonlari ish bajaruvchi a’zolarga (ko’ndalang targ’il va silliq mushaklar va bezlarga) boradi.

Odamning nerv tizimi neyronlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro sinapslar vositasida qo‘shiladi. Bitta neyronning oxirgi tolalari juda ko‘p (10.000) neyron bilan qo‘shilishi mumkin. Shu sababli bir joyda hosil bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishi juda ko‘p neyronlarga o‘tishi mumkin.

I.M.Sechenov ta’biricha nerv tizimining faoliyati reflektor xarakteriga ega. Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyi nerv hujayralari zanjiridan iborat bo‘lib, tarkibiga sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlar kiradi. Bular orqali nerv impulsi retseptordan ish bajaruvchi a’zolarga boradi. Nerv impulsi reflektor yoyida 120m/sek tezlikda yuradi. Ko‘p xollarda reflektor yoyi tarkibiga uchinchi (oraliq) neyron kirib, sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi. Oddiy reflektor yoyi odatda ikki: afferent va efferent neyrondan iborat. Afferent neyronning tanasi markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashib, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining sohta unipolyar hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning pereferik o‘simtalari orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo‘lgan bosh miya nervlari tarkibida yo‘nalib ularning uchlari retseptorni hosil qiladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa miya nervlarining orqa sezuvchi ildizi va bosh miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi xujayraning bu o‘simtasi orqa miyaning kulrang moddasida yoki bosh miyaning harakatlantiruvchi o‘zagi efferent neyroni hujayralari bilan sinaps hosil qilib birikadi va nerv qo‘zg‘alishi harakatlantiruvchi neyronga o‘tadi. Harakatlantiruvchi neyron o‘simtalari orqa miya nervlarining oldingi ildizi tarkibida ish bajaruvchi a’zoga boradi. Odatda reflektor yoyi tarkibida afferent neyron bilan efferent neyron o‘rtasida oraliq neyron joylashadi.

Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda odam organizmining ikki asosiy: o‘simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda somatik va vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo‘linadi.

Somatik nerv tizimi ko‘ndalang targ’il mushaklar va terini innervatsiya qilib, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi.

Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarning silliq mushaklarini, bezlarni, yurak-qon tomirlar faoliyatini, a’zo va to‘qimalarda modda almashinuvini innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimi o‘z navbatida ikki: simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Nerv tizimining somatik va vegetativ qismlarga bo‘linishi shartli ravishda, chunki organizmning butun hayoti nerv tizimining barcha qismlarini bosh miya po‘stlog‘i boshchiligida bir-biriga bog‘lanib qilgan faoliyatidan iborat. Shuning uchun birorta a’zo faoliyatining o‘zgarishi boshqa a’zolar faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan: jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi kuchayadi va kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning faoliyati kuchayib, mushaklarga qon va kislorodning kelishi ko‘payadi.

Topografik nuqtai nazardan nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi. Markaziy qismiga bosh va orqa miya kirib, ular kulrang va oq moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralarining to‘plami, oq modda esa nerv o‘simtalaridan tashkil topgan. Periferik qismi tarkibiga nerv ildizlari, tugunlari, chigallar va nervlar kiradi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish