O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet67/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Qorin jarohatlanganda birinchi yordam. Qorinning yaralanishi g‘oyat xavfli, hatto unchalik katta bo‘lmagan jarohatlar ham teshib kirgan bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i organlarini shikastlantirishi mumkin.

160


Bu hol zudlik bilan operatsiya qilishni talab etadigan g‘oyat xatarli asoratlarga: ichki qon ketishi va ichakdagi moddalarning qorin bo‘shlig‘iga oqib tushib, qorin pardasining yiringli (axlatdan) yallig‘lanishi (peritonit)ga olib keladi. Qorin pardasi oldingi devoridagi jarohatni tozalashning umumiy qoidalari bo‘yicha tozalanadi. Katta jarohatlarda qorin pardasidagi teshik orqali qorin bo‘shlig‘i organlari, ba’zan shikastlangan organlar tushishi mumkin (eventratsiya).

Shunday jarohat ham aseptik bog‘lam bilan bekitilishi lozim. Tushgan a’zolarni qorin bo‘shlig‘iga kiritish mumkin emas, bu — peritonitga olib keladi. Jarohat atrofidagi terini tozalagandan so‘ng tushgan a’zolar ustiga steril doka yopiladi, doka ustidan organlarning yon tomonlari bo‘ylab qalin qilib paxta qo‘yiladi va bularning hammasi sirkular bint bog‘lam bilan bekitiladi. Chetlarini ip bilan tiqib qo‘yilgan sochiq, choyshab bilan bekitish mumkin. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari eventratsiya bo‘lgan yaradorlarda shok juda tez rivojlanadi. Shuning uchun og‘iz orqali suyuqliklar yuborishdan tashqari shokka qarshi tadbirlar o‘tkazilishi lozim.

Qorinning har qanday yaralanishida ichki a’zolar shikastlanishi mumkinligidan shikastlangan kishini ovqatlantirish, suyuqlik ichirish, og‘iz orqali dorilar berish man qilinadi. Ichakni teshib o‘tgan yaralanish peritonit rivojlanishini tezlashtiradi. Qorni yaralangan bemorlarni gavdasining yuqori qismini balandroq ko‘tarib va oyoqlarini tizzasida bukib yotgan holatda transportirovka qilish lozim. Bunday holat og‘riqni kamaytiradi va qorinning hamma bo‘limlariga yallig‘lanish tarqalishining oldini oladi.


  1. Bog‘lamlarning ezilishi, cho‘zilishi, uzilishi, mushaklarning uzilishi

Ezilish oyoq-qo‘llarning juda og‘ir shikastlanishi bo‘lib, bunda muskullar, teri osti yog‘ kletchatkasi, tomirlar va asablarning majaqlanishi ro‘y beradi. Bu shikastlanishlar ko‘chki ko‘chganda, bombardimonda, zilzilalar vaqtida og‘ir yuk (devor, to‘siq, tuproq) bosib qolganda sodir bo‘ladi. Ezilish shok rivojlanishi, keyinchalik esa, organizmning yemirilgan to‘qimalarining parchalanish mahsulotlaridan zaharlanishi mumkin.

Ezilishda birinchi yordam. Ezilishda birinchi yordamning asosiy vazifasi — shikastlangan kishini qulab tushgan og‘ir narsalar

161


ostidan qisqa fursat ichida qutqarish choralarini ko‘rishdan iborat. Og‘ir narsalar tagidan chiqarib olgan hamon organizmga majaqlangan to‘qimalardan zaharli parchalanish mahsulotlari tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun arterial qon oqishini to‘xtatishdagi singari qo‘l-oyoqlarga, imkon boricha ularning asosiga jgutlar bog‘lash, ularga muz solingan xaltachalar qo‘yib chiqish lozim.

Shikastlangan qo‘l-oyoqlarni shinalar bilan immobilizatsiya qilinadi. Bunday bemorlarda shikastlanish ro‘y bergan vaqtning o‘zidayoq og‘ir umumiy holat — shok rivojlanadi. Shokka qarshi kurashni yoki uni profilaktika qilish uchun bemorni issiq qilib o‘rash, aroq, vino, issiq qahva, choy ichirish kerak bo‘ladi. Imkon boricha, narkotiklar (omnopon,1 % li morfiy eritmasi 1 ml), yurak dorilari yuborish lozim. Bemor zudlik bilan davolash muassasasiga transportda yotgan holatda olib borilishi shart.



Bog‘lamningcho‘zilishi vayirtilishi. Bo‘g‘imda uning hajmidan oshib ketadigan harakat bo‘lganda, uni mahkam ushlab turadigan bog‘lam apparati cho‘ziladi (uziladi), ba’zan esa, yirtiladi. Bo‘g‘im sohasida og‘riq va shish, harakatning cheklanishi kuzatiladi. Boylamlar yirtilganda gematoma paydo bo‘ladi va harakat keragidan ortiqcha bo‘ladi.

Birinchiyordam. Oyoq-qo‘lga orom berish zarur. Bo‘g‘im sohasiga bosib turadigan bog‘lam bog‘lanadi. Dastlabki kunlari sovuq, keyinchalik issiq muolajalar mahalliy qo‘llaniladi. Boylam yirtilganda gipsli bog‘lam qo‘yiladi, konservativ davo yaxshi natija bermaganda jarrohlik yo‘li bilan davo qilinadi.

Mushaklarning yirtilishi. Muskul qattiq cho‘zilganda va unga zo‘r kelganda, masalan, og‘ir yuk ko‘targanda yirtilishi mumkin. qorin muskullari va oyoq-muskullarini yozuvchi muskullar eng ko‘p yirtiladi. Muskullar qisman yoki to‘liq yirtilishi mumkin. Yirtilgan sohani paypaslab ko‘rganda, ayniqsa, muskul to‘liq yirtilganda og‘riq seziladi, shikastlangan muskulning nuqsoni aniqlanadi. Keyinchalik hosil bo‘lgan gematoma hisobiga o‘smasimon tuzilma paydo bo‘ladi. Odatda, shikastlangan muskulning funksiyasi pasayadi va tamoman yo‘qoladi.

Birinchi yordam. Muskulning yirtilgan qismini maksimal yaqinlashtirilgan holatda unga orom berish zarur. Shikastlangan sohaga dastlabki kunlar orom berib sovuq quyiladi, keyinroq esa, issiq quyiladi. Muskul to‘liq yirtilgan bo‘lsa, jarrohlik qilinib, yirtilgan qismi tikiladi.

162


Bosh miyaning yopiq shikastlanishi. Miyaning yopiq shikastlariga bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va uning ezilishi kiradi. Bularni bir-biridan farqlash shart. Bosh miyaning yopiq shi- kastlanishiga ko‘pincha to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga og‘ir buyum bilan urish, bosh bilan yiqilish yoki urilish sabab bo‘ladi.

Bosh miyaning lat yeyishi. Lat yeyish bosh miyaning chay- qalishiga qaraganda, birmuncha og‘ir klinik manzara bilan kechadi. Morfologik jihatdan miya to‘qimasida miya moddasining yemirilish o‘choqlari (uzilish, yumshash, ezilish, qon quyilish va hokazo) qayd qilinadi. Shikastlangan qism aksari po‘stloqda, po‘stloq osti qavatida va miya pardalarida joylashadi. Miya dastagi, miyacha, miya qorinchalarining lat yeyishi va qon quyilishlar, ayniqsa, hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Klinikasi. Bosh miya lat yeganda bemorning es-hushini yo‘qotish bir necha soatdan uzoq vaqtgacha cho‘zilib, bir necha kun, hatto haftagacha tormozlanish bilan kechishi mumkin. Retrograd amneziya birmuncha ro‘yirost yuzaga chiqqan bo‘ladi. Bemorning harorati ko‘tariladi, qonda neytrofil leykotsitoz qayd qilinadi, likvorda doimo qon aralashmasi bo‘ladi. Bosh miya lat yeganda, o‘choqli markaziy simptomlar ustunlik qiladi. Bu, asosan, bosh miya va oyoq-qo‘l asablari falaji, parezi, gemiplegiyasi va patologik reflekslar bilan kechadi.

Davosi. Davosi, asosan, 1—4 hafta o‘rinda yotish rejimi tashkil etiladi. Dorilardan neyroplegik, antigistamin va vitamin preparatlari keng qo‘llaniladi, venaga 40—60 ml 40 % li glukoza 10—20 ml 10 % natriy xlorid eritmasi, 10 ml 40 % urotropin, mushakka 10 ml 20 % magniy sulfati eritmasi va siydik haydovchi dorilar yuboriladi. Nafas buzilganda, traxeya va bronxlardan intubatsiya qilinib, shilliq olinadi va ayni vaqtda kislorod beriladi. Bemorga lobelin, sititon yuboriladi. Agar kasalda nafas yetishmovchiligi kuchaysa, traxeostoma qo‘yiladi va boshqariladigan sun’iy nafasga o‘tiladi. Qon aylanishini me’yorga solish uchun yurak-qon tomiri dorilari (kofein, kordiamin va boshqalar) qo‘llaniladi.

Bosh miyaning ezilishi. Bunda kasallik boshqalariga qaraganda, birmuncha og‘ir kechadi. Patologoanatomik o‘zgarishlar miya shishi, o‘sib boruvchi gematoma (tomir yorilganda) va suyak qismlari bosilishi hisobiga tobora ko‘proq qisilishidan iborat. Gematomalar qayerda joylashganligiga qarab, subdural (qattiq miya pardasi osti), epidural (qattiq miya pardasi usti), subaraxnoidal (yumshoq miya

163


pardasi osti) va intraserebral (miya moddasiga) ichki gemato- malarga bo‘linadi.

Klinikasi. Bosh miya ezilganda yoki gematoma hisobiga qisilganda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha tinch davr bo‘lib, so‘ngra bemor hushidan ketadi. Puls sekinlashib, bir daqiqada 40—50 martagacha uradi. Ko‘z qorachiqlari avvaliga toraygan keyin kengaygan bo‘ladi. Bemor qusadi, yutinishi buziladi. Tinch davrda bosh og‘riydi va aylanadi. Gematomaning har xil turlarini taqqoslashda kasallikning klinikasi va orqa miya punksiyasining ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. Umumiy miya simptomlari osha borgan sayin miya qisilishi va dislokatsiyasining o‘choqli simptomlari quyidagicha bo‘ladi: qon quyilgan tomonda bosh miya asablarining parezlari va falajlari (anizokoriya, ustki qovoq ptozi, qorachiqning torayib, keyin kengayishi, g‘ilaylik), qarama-qarshi tomonda oyoq-qo‘l muskulining parezi va falajlari (monoplegiya patologik reflekslar bilan, epileptiform talvasa) birmuncha aniq yuzaga chiqadi.

Davosi. Operatsiya usulida olib boriladi. Operatsiyaning mohiyati kalla suyagini trepanatsiya qilish (ochish), gematomani bo‘shatish va qon oqishni to‘xtatishdan iborat.

Bosh miya shikastlanishlarida birinchi yordam. Travmadan so‘ng tez fursat ichida miyaning shikastlanish darajasini aniqlash qiyin, shuning uchun miya silkinishi, lat yeyishi va ezilishi simptomlari bo‘lgan hamma bemorlarni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak. Birinchi yordam shikastlangan kishiga tinch sharoit yaratishdan iborat, uni gorizontal holatga yotqiziladi, tinchlantirish uchun valeriana eritmasi (15—20 tomchi), Zelenin tomchisi berish, boshga muzli xaltacha yoki sovuq suvga ho‘llangan mato bosish mumkin.

Shikastlangan kishi behush yotgan bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘ini shilimshiqdan, qusuq massalaridan tozalash, uni mustahkam, turg‘un holatda joylashtirish va nafas olishi, yurak ishini yaxshilashga qaratilgan hamma tadbirlarni o‘tkazish kerak. Transportivka qilishda bemorlarni tinimsiz kuzatib borish zarur, chunki bemor qayta qusishi, binobarin, qusuq massasidan aspiratsiya va asfiksiya ro‘y berishi mumkin. Shikastlangan kishilarni yotgan holatida boshini paxta-doka yostiqlar, transport shinalar yoki iyak ostidan o‘tkazilgan va zambilga mahkamlangan sopqonsimon bog‘lam yordamida immobilizatsiya qilib transportda olib borish lozim.



164

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish