Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqishning oldini olish
Tibbiyot xodimlari aholining barcha qatlamlari bilan uchra- shuvlarda, yosh yigit-qizlar bilan suhbat o‘tkazganda OIV kasalligining yuqish yo‘llari bilan batafsil tanishtirishlar va undan saqlanish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatish, vositalardan foydalanishni o‘rgatish kabi ishlarni olib borishlari lozim.
Eng avvalo, yuqish xavfi tug‘ilgan hollarda murojaat qilgan shaxslarga, qolaversa, OIV kasalligiga va jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarga chalinganlarga, giyohvandlarga mehr- oqibatli bo‘lish zarur. Ushbu shaxslarni kerakli vositalar bilan (prezervativlar, bir marotaba ishlatiladigan igna va shprislar, zarar- sizlantiruvchi moddalar) ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. Seks muam- mosi va yuqish xavflarini muhokama qilish jarayonida muntazam targ‘ibot ishlarini olib borish, xulq-atvorni, yurish-turishni, qiliqlarni o‘zgartirishga chaqirish kerak. Ayollarning turmushga chiqish, oila qurish, bola ko‘rishda teng huquqqa ega ekanligi tushuntirib o‘tiladi.
Yaraga infeksiya tushishi
Yara deb, teri yoki shilliq pardaning ba’zan ichkarida joylashgan to‘qimalarga o‘tadigan, bitishga moyilligi kam nuqsonga aytiladi. Yaraning surunkali kechishi, uning xarakterli xususiyati hisoblanadi, yaralarning hosil bo‘lishi turli-tuman. Biroq, ularning asosida to‘qimalar oziqlanishining buzilishi yotadi, bu distrofik jarayonga va nekrozga olib keladi. Yaralar ko‘proq oyoq venalarining
153
varikoz kengayishi, obliteratsiyalovchi endoarterit va ateroskleroz zaminida paydo bo‘ladi. Ba’zan trofik yaralar asab o‘zani shikastlanganda, masalan, quymich asabi shikastlanganda, tovon yoki oyoq kafti sohasida hosil bo‘ladi. Ayrim tanosil kasalliklarida (zaxmda) ham uchraydi.
Yaraga infeksiya tushish darajasi bo‘yicha septik va aseptik turlarini keltirib chiqaradigan jarrohlik kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Jarohatlaydigan narsalar va teri yuzasida milliardlab turli-tuman bakteriyalar bo‘lib, ular jarohatga tushadi va uni infeksiyalaydi. Jarohat ko‘proq yiring hosil qiluvchi bakteriyalardan ifloslanadi. Bu bakteriyalar yiringli yallig‘lanish qo‘zg‘atib, jarohatning bitishini kechiktiradi va umumiy zararlanish xavfini tug‘diradi. Yaraga infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroblar atrof-muhitda ham, inson badani sirtida ham, nafas olish yo‘llari va ichak bo‘shlig‘i shilliq pardasida ham mavjud.
Yaraga infeksiya kirish yo ‘llari. Ular organizmga kirish darvozasi, deb ataluvchi teri va shilliq pardalarning shikastlanishi tufayli yoki nafas olish, me’da-ichak va tanosil yo‘llari orqali tushadi.
Birlamchi va ikkilamchi infeksiya. Jarohatga yaralanish vaqtida jarohatlovchi predmet bilan birga tushgan infeksiya — birlamchi infeksiya, deyiladi.
Jarohatga yaralanishdan ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng tushgan infeksiya—ikkilamchi infeksiya nomini olgan. Ikkilamchi infeksiya tushishi jarohatlarni kir qo‘llar bilan tozalashda, iflos tekkan (nosteril) material bilan bog‘lashda, jarohatlarni noto‘g‘ri tozalashda, bog‘lamni noto‘g‘ri bog‘lashda, yara bog‘lash vaqtida ro‘y berishi mumkin. Jarohatga ikkilamchi infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli o‘choqdan qon tomirlar bo‘ylab tushishi mumkin (surunkali angina, yumshoq to‘qimalarning yiringli yallig‘lanishi, furunkuloz, gaymorit va boshqalar).
Quyidagi jarohatlar xavfli infeksiya tahdidini soladi:
iflos narsalardan yotgan jarohatlar;
sanchilishdan hosil bo‘lgan jarohatlar va ko‘p qonamaydigan boshqa chuqur jarohatlar;
hayvonlar boqiladigan joylarda (molxona, cho‘chqaxona) va boshqa joylarda yotgan jarohatlar;
qattiq ezilgan yoki ko‘kargan katta jarohatlar;
tishlangan joylar, ayniqsa, it yoki odamlar tishlagan bo‘lsa;
o‘q jarohatlari.
154
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda yaraga birlamchi infeksiya tushishi mumkin. Ikkilamchi infeksiya esa, odatda, operatsiya jarohatlari bo‘lib, noto‘g‘ri parvarish qilinganda (tibbiyot xodim- larining yoki bemorning aybi bilan) ular jarohat paydo bo‘lishidan bir necha soat yoki kun o‘tgach, infeksiyalanishi mumkin. Jarohatlar yakka-yakka va ko‘p sonli bo‘lishi mumkin.
Sepsis. Bu — turli-tuman mikrofloralar va ularning toksinlari qo‘zg‘atadigan jarrohlik yuqumli kasallik. Sepsis birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Agar mikroblar to‘g‘ridan to‘g‘ri organizmga tushishi bilan kasallik paydo bo‘lsa, birlamchi sepsis, agar birlamchi yallig‘lanish o‘choqlari (chipqon, karbonkul, osteo- miyelit, flegmona va abssesslar) orqali rivojlanadigan bo‘lsa, ikkilamchi sepsis bo‘ladi. Sepsis bolalarda ko‘proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |