O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

Gazni 
yig‘ish  tizimi

Neft 
qatlamlarida 
namlik, 
kondensatsiyali 
uglevodorodlar,  yemiruvchi  va  zaharlovchi    komponentlar  (merkaptinlar, 
oltingugurt), 
mexanik 
zarrachalar 
(qatlamdan 
chiqadigan 
qum, 
metall 
korroziyasining  mahsulotlari  i  h.k.)  mavjud  bo„ladi.  Bu  komponentlar  va 
aralashmalar  aniq  sharoitlarda  kommunikatsiyalarni,  jihozlarni,  asboblarni  bekilib 
va  buzilishga  hamda  odamlarni  zaharlanishga  olib  keladi.  Shuning  uchun  gaz 
konda  maxsus  tayyorlanadi,  talab  ko„rsatgichiga  mos  holga  keltiriladi,  tashish 
uchun  normallashtiriladi  va  istemolchilar  uchun  murakkabsizlashtiriladi,  sanitar 
holatlarni buzilishiga yo„l qo„yilmaydi va xavfsizlik shartlari to„liq ta‟minlanadi. 
 
Gazni tayyorlash tarkibiga quyidagi asosiy texnologik  jarayonlar kiradi: 
1) gazni quritish – kristall gidratlarni va muzli tiqinlarni gazuzatmalarida va gazni 
tashishda  paydo  bo„lishini  oldini  olish  uchun  gazning  tarkidagi  tomchi  namliklar 
va suv bug„lari  olinadi; 
2)    gazni  oltingugurtdan  va  uglerod  ikki  oksididan  tozalash  –  bu  komponentlar 
jihozlarni  va  quvuruzatmalarni  korroziyalanish  ta‟siridan  himoya  qilish  hamda  
ularni gazdagi tarkibi sanitar  meyor talablariga moslashtirish uchun tozalanadi; 
3)  gazni  bensizlantirish  –  gazuzatmalarida  suyuqlik  tiqinlarini  paydo  bo„lishining 
oldini olish uchun gazning tarkibidan  (to„liq yoki qisman) propan-butun va og„ir 
uglevodorodlar  ajratib olinadi. 
 
Gidratlarni  hosil  bo„lishini  oldini  olish  uchun  gaz  asosan  gazni  quritish 
qurilmasida  (GQQ)  quritish  amalga  oshiriladi.  Gidratlar  deb-  tashqi  ko„rinishidan 
presslangan qor yoki muzga o„xshash uglevodorodlarning suv bilan fizik-kimyoviy 
birikmasiga  aytiladi.  Gidratlar  gazuzatmalarida  va  apparatlarda  to„planadi  hamda 
ularni  o„tkazuvchanligi  kamaytiradi  yoki  umuman  berkitib  qo„yadi.Gidratlarning 
hosil  bo„lishining  kerakli  sharoiti-gazda  suvni  suyuqlik    holatida  bo„lishidir. 
Agarda gazda suv buh  holida  qatnashsa gidratlar hosil bo„lmaydi hamda quritish 
quyidagi tartibda olib boriladi. Yo„ldosh neft gazi siquv nasos stansiyasidan (SNS) 
dastlabki  ajratish  blokida  to„planadi,  gaz  oqimidagi  erkin  tomchi  ko„rinishidagi 


 
45  
suyuqlik ajraladi va zumpfda to„planadi va sathni rostlovchi rostlagich yordamida 
avtomatik  ravishda  davriy  holda  drenaj  sig„imiga  chiqariladi.  Gazni  quritish 
absorberning  changlantirish  uchastkasida  sodir  bo„ladi.  Birinchi  ajratish  qismida 
gazning  oqimidan  suyuqlikning  juda  mayda  zarrachalari  zumpfda  to„planadi  va 
davriy  ravishda  sath  rostlagich  yordamida  drenaj  sig„imiga  chiqariladi. 
Changlantirishning  ikkinchi  uchastkasida  (absorbsiyada)  gaz  trietilenglikolning 
(TEG) yuqori konsentratsiya yordamida    
Uchta  taqsimlovchi  pog„onalarda  ishlanadi  va  buning  natijasida  quritiladi. 
Changlantirish  pog„onasi  ketma-ket  gaz  oqimiga  va  glikolga  nisbatan  parallel 
nisbatda  joylashti  riladi.  TEGning  asosiy  massasi  oraliq  bo„linmalarda  har  bir 
pog„onaga kiritilgan bo„lib, ikkinchi glikol zumpfida ajratiladi va yig„iladi. Bunday 
oraliqli  ajratish  yo„li  orqali  har  bir  changlatish  uchastkasida  proporsional 
bosimning maksimal farqiga erishiladi. Shunday holatda noqulay sharoitlarda ham 
shudring  nuqtasining  qiymatini  maksimal  pasaytirishga  erishiladi.  TEGni  qolgan 
qismlarini  ajratish  changlantirish  uchastkasida  adsorberda  to„liq  ajratish  sodir 
bo„ladi.  Absorbsiya  blokidan  gaz  quritib  ajratishga  TEGni  aerozoldan  ajratishga 
yuboriladi  va  undan  keyin  esa  iste‟molchiga.  Qo„shimcha  o„rnatilgan  ajratgiya 
avariya  holatida  oqib  chiqqan  TEGni  yig„ish  uchun  xizmat  qiladi  hamda  TEGni 
aerozol  ko„rinishida  ushlab  oladi.  Suvga  to„yingan  TEG  qo„shimcha  ajratgiya 
yordamida  zumpfda  yig„iladi  va  qayta  tiklashga  (regeneratsiyaga)  beriladi.  Qayta 
tiklash TEGdan absorbsiya namliklarini  distellyatsiya qilish orqali sodir bo„ladi. 
Suv bilan to„yingan TEG qayta tiklangan TEGning issiqlik almanishuvi natijasida 
qizdiriladi  hamda  distillyatsion  kolonnasiga  beriladi.  Distillyatsiya  kolonnasining 
pastki  qismida  joylashgan  kubni  qizdirish  natijasida    qayta  tiklash  sodir  bo„ladi. 
Qayta  tiklanga  TEG  issiqlik  almashinuv  idishidan  yana  qaytadan  quritish 
jarayoniga  beriladi.  TEGni  yo„qotilgan  qismini  to„ldirish  rezerv  sig„imidan  naso 
yordamida  amalga  oshiriladi  va  gazni  tozalash  qurilmasidagi  quritilgan  gaz  o„z 
bosimi ostida iste‟molchiga beriladi. 
 
Quduqning  mahsulotlaridan  qatlam  suvlarini  oldindan  tashlash. 
Neft  va 
gazni 
yig„ish  tizimining  asosiy  xususiyati  quduq  ustini  shaxobchali 
joylashtirilishiga  va  nisbatan  katta  bo„lmagan  favvoralanish  energiyasiga 
bog„liqdir.Bunday  holat  ko„pgina  konlarning  uchastka  tizimida  quduqning 


 
46  
mahsulotlarni guruhli bir quvur uzatma orqali tshplash qo„llanilib dastlabki yig„ish 
punktining  ajratgichiga  uzatiladi  va  u  yerda  gazsizlantirilgan  keyin  neft  nasos 
yordamida markaziy yig„ish punktiga  (MYP) yo„naltiriladi, gaz esa-iste‟molchiga 
beriladi.   
 
Neftgaz  ajratgichlari  quduqning  suyuqlik  mahsulotidan  gazni  ajratishda 
xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  neft  konlarida  ko„pincha  SDTQ  (suvni  dastlabki 
tashlash qurilmasi) qo„llaniladi. Bunday qurilmalarda yotiq ajratgichlar qo„llaniladi 
va  tik  ajratgichlarga  nisbatan  qator  afzalliklarga    (bir  xil  hajmdagi  apparatlarda 
yuqori ko„rsatgichdagi uzatish, ajratishning sifatini yuqoriligi, xizmat ko„rsatishni 
va nazoratni soddaligi) ega. 
 
Neft konlarini hozirgi vaqtda jihozlashda OG-200 turidagi yotiq tindirgichlar 
kneftni  ajroatishni    birinchi  va  eng  so„nggi  bosqichida  suvn  ajratishga 
mo„ljallangan hamda eng sunggi bosqichda issiq ajratish ham amalga oshiriladi.  
 
Ajratib  olingan  suv  qatlamga  haydashdan  oldin  daslabki  tayyorlashdan 
o„tkaziladi va tizimda qatlam bosimini saqlab turishda taqsimlangunga qadar tala 
qilingan  ishlatish  xossasiga  erishish  maqsadida    tozalanadi.  Qatlam  suvlarini 
filtrlashda  va  tozalashda  quyidagi  jihozlardan  foydalaniladi:  qatlam  suvini 
tindirgichlaridan; 
rezervuar-tindirgichlardan; 
neft 
tutqichlardan, 
 
qum 
ajratgichlardan va ko„l-tindirgichlaridan.     Mahsuldor  qatlamga  haydaladigan 
suvga  quyidagi  talablar  qo„yiladi:  mexanik  aralashmalarning  va  temirning 
miqdorini  katta    (20  mg/l  gacha)  bo„lmasligi;  neft  emulsiyasining  miqdorini 
kichikligi (35 mg/l gacha); bosimli va taqsimlovchi quvur uzatmalarga, nasoslarga, 
haydovchi  quduqlarning  quduq  jihozlariga  nisbatan  korroziya    inertligi;  suvdv 
vodorod sulfitning, uglerod ikki oksidining, suvda o„suvchi mikroorganizmlarning 
mavjud bo„lmasligi.   
 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish