O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov



Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/147
Sana03.01.2022
Hajmi7,63 Mb.
#316597
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Bog'liq
konlarda neft gaz suvni yigish va tayyorlash texnologiyasipdf 2

     
 
1.7. Qatlam va yer usti sharoitida neftning fizik xossalari 
Neftning  va  neft  gazlarining  fizik  xossalari  hamda  uning  sifat  tavsiflari 
alohida uglevodorodlarniing yoki alohida guruhlarning  (fraksiyalarning) tarkibiga 


 
22  
bog„liq  bo„ladi.  Neftning  tarkibida  og„ir  uglevodorodlar  ko„p  miqdorda  bo„lsa, 
benzin fraksiyalari kam ajralib chiqadi va katta zichlikka ega bo„ladi. 
Neftning  zichligi  massasini  egallab  turgan  hajmiga  nisbatiga  teng. 
Amaliyotda  neftning    4
0
Sda  distillangan  suvning  zichligiga  nisbatan  nisbiy 
zichligidan  foydalaniladi.  Odatda  neftning  zichligi  suvdan  yengil,  uning  zichligi 
750  dan  950  kg/m
3
  gacha  bo„ladi.  Neftning  zichligi  900  kg/m
3
  dan  kichik  bo„lsa 
yengil,  katta  bo„lganda  –  og„ir  neft  deb  ataladi.  Ko„rsatib  o„tish  kerakki,  harorat 
ko„tarilganda  neftning  zichligi  kamayadi  va  undagi  erigan  gazlarning  miqdori 
oshadi. 
Shunday  qilib,  gazga  to„yingan  qatlam  neftining  zichligi  gazsizlantirilgan 
gazning  zichligidan  kichik  bo„ladi,  gaz  qanchalik  olinsa  shunchalik  farq  katta 
bo„ladi. 
Neftning  zichligini  aniqlashda  areometrlardan  (densimetrlar),  piknometrlar 
va maxsus asboblardan (Vestfal tarozisidan) foydalaniladi. 
Tashigshda  transport  vositalarini  loyihalashtirishda  va  ishlatishda  uning 
qovushqoqligi  asosiy  fizik  xossalaridan  biri  hisoblanadi.  Zarrachalar  bir  -  biriga  
nisbatan  harakatlanganda  qarshilik  ko„rsatish  xossasiga  qovushqoqlik  deb  ataladi. 
Neftning qovushqoqligi dinamik µ (Pa∙s) va kinematikka ν (m
2
/s) bo„linadi.  
Neftning  qovushqoqligi  odatda  1Pa∙s,  shuning  uchun  ixtiyoriy  birliklar 
(mPa∙s) yoki birliklar sistemasidan tashqari qovushqoqlik stoksda: 1 St 

 10
-4
 m
2
/s 
foydalaniladi. 
Kinematik  qovushqoqlik  dinamik  qovshqoqlikni  uning  zizligiga  nisbatidan 
aniqlanadi: 
                                                       




                                                          (1.1) 
Harorat ko„tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim oshganda esa 
ko„tariladi.    Yuqori  molekulali  uglevodorodlar  qovushqoqlik  qiymatini  oshiradi, 
shuning  uchun  yengil  neftning  qovushqoqligi  og„ir  neftnikidan  kichik  bo„ladi. 
Qatlam  sharoitidagi  neftning  qovushqoqligi  gazsizlantirilgan  neftnikidan  kichik 
bo„ladi. 
Neftning  qovushqoqligini  o„lchashda  kapillyar  viskozimetr  va  rotatsion 
turdagi  maxsus  asboblardan  foydalaniladi.  Birinchi  holatda  kalibrovkali  teshik 


 
23  
orqali  vaqt  bo„yicha  oqib  o„tadigan  neftni  suvga  nisbatan  oqib  o„tish  nisbatlari 
orqali aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlar orqali neftni qarshiligini o„lchash oraliq 
tirqishlarning neft bilan to„ldirilgan ikkita koaksial silindrlarini bir-biriga nisbatan 
aylanish qarshiligi bo„yicha aniqlanadi. 
Qatlam  sharoitida  neftda  hamma  vaqt  erigan  gaz  mavjud  bo„ladi,  ba‟zida 
1000  m
3
/t  (o„rtacha  100  m
3
/t)gacha  bo„ladi.  Neftda  gazning  erish  xususiyati 
eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz omili deyiladi. Gaz omili 
deganda atmosfera bosimiga keltirilganda 1 t neftdan ajraladigan yoki uni tarkibida 
eriydigan gaz hajmi tushuniladi. 
Neftli  gazning  komponentlari  neftda  har  xil  eruvchanlikka  ega  bo„ladi. 
Malekulyar massa oshganda gazlarning eruvchanlik koeffitsiyenti o„sadi.  Shunday 
qilib,  etanning  eruvchanligi  besh  marta  metandan,  20  marta  propandan  katta. 
Harorat oshirilganda eruvchanlik kamayadi. 
Amaliyotda  ko„pincha  gazlarning  eruvchanligiga  nisbatan  neftning 
tarkibidan  gazni  ajralish  holatlari  bilan  to„qnash  kelinadi.  Erigan  gazlarning 
birinchi    po„fakchalarini  ajralib  chiqishini  boshlanishiga  –  to„yinish  bosimi  deb 
ataladi. To„yinish bosimi R
t
  qatlam nefti bilan gazni termodinamik muvozanatini 
tavsiflaydi.  Neft  qatlamda  to„yinish  bosimidan  yuqori  bosimda  joylashganda 
to„yinmagan  deyiladi.  Bosim  R

ning  qiymati  uglevodorod  gazlariga  hamda 
nouglevodorod  gazlari  masalan,  neftda  juda  past  eriydigan  azot  gazlariga  bog„liq 
bo„ladi. Qatlamdagi bosimning qiymati R

dan past bo„lganda neftda hamma gazlar 
erimaydi, uning bir qismi qatlamning ko„tarilgan (do„ppi) qismini  egallaydi va gaz 
do„ppisini  hosil  qiladi.  Neftning  tarkibidan  erigan  gazning  ajralish  jarayoni 
quduqning  stvoli  bo„ylab  harakatlanganda  hamda  neft  gaz  quvur  uzatmalarida  va 
tovar  neftini  tayyorlashda  ajratish  pog„onasining  eng  so„nggi  bosqichida  sodir 
bo„ladi.  
To„yinish bosimi tovar neftning to„yingan bug„ bosimi bilan bir xil nisbatda 
bo„lmaydi.  Bunda  gaz  va  suyuqlik  fazasi  fazalarning  belgilangan  nisbatida 
termodinamik muvozanatda bo„ladi. 
Neftning elektrik xossasi tarkibida suvning mavjudligiga va minerallashgan 
darajasiga  bog„liq  hamda  toza  uglevodorodlar  elektr  o„tkazmaydigan  hisoblanadi 
va yuqori qarshilik ko„rsatish xususiyatiga ega bo„ladi. Neftni  elektr zaryadlarini 


 
24  
to„plash xususiyatidan foydalanib, tok o„tkazuvchi jihozlarning elementlarini yerga 
ulash mumkin. 

Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish