Bitiruv ishining predmeti “Google Classroom” ilovasidan foydalanib masofaviy o‘quv kursini yaratish jarayonidir.
Bitiruv ishining maqsadi. Masofaviy o`quv kursini yaratishda Google Glassroom ilovasidan foydalanib elektron o’quv kursini yaratish jarayonidir.
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari.
Bitiruv ishi maqsadini amalga oshirish doirasida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
– o‘quv jarayonini tashkil etishda elektron o‘quv kurslarining o‘rni va ahamiyatini o‘rganish;
elektron o‘quv kurslari yaratish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotlarni tahlil qilish;
– Google Glassroom ilovasining o‘ziga xos jihatlari va imkoniyatlari o‘rganish;
– Google Glassroom ilovasida “ masofaviy o`quv kursini yaratish”
mavzusida elektron o‘quv kursini yaratish;
– «Google Classroom” ilovasidan foydalanib masofaviy o‘quv kursini yaratish ” mavzusini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, keyslar, amaliy topshiriqlar va nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish;
– «Google Classroom” ilovasidan foydalanib masofaviy o‘quv kursini yaratish” mavzusini o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar sharhi (tahlili).. Bitiruv malakaviy ishida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanib, mavzuning nazariy asoslari yoritildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5099-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5349-sonli Farmoni.
2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-3549-son qaroriga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va metodlarni ishlab chiqishda quyidagi maxsus adabiyotlar va internet rusurslaridan foydalanildi:
Симонович С.В. Информатика. Базовый курс. Учебник для ВУЗов. Питер, 2013 г. ISBN 978-5-496-00217-2, 978-5-459-00439-7. 637 bet.
Xamidov V., Erkin va ochiq kodli LMS tizimlari, INFOCOM.UZ, 2013,
Doktorova Ye.A. Multimedia texnologii: Konspekt leksiy. Chast 2: /: – Ulyanovsk : UlGTU, 2010. – 74 b.
Sabirova D.A. Multimedia tizimlari va texnologiyalari. O‘quv qullanma -T: TGEU, 2013yil.
DOI: https://doi.org/10.1016/j.physa.2018.07.058. Vlastimir N., Jelena K., Dalibor P. Survey of quality models of e-learning systems // Physica A: Statistical Mechanics and its Applications - Volume 511, 1 December 2018, Pages 324-330
DOI: https://doi.org/10.4018/IJMBL.2017010102. Anohah E., Oyelere S. S., Suhonen J., Sutinen E. Trends of mobile learning in computing education from 2006 to 2014: A systematic review of research publications // International Journal of Mobile and Blended Learning (IJMBL). – 2017.– Vol. 9 (1). – P.16–33.
Do'stlaringiz bilan baham: |