Xulosa va tavsiyalar.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi fan ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan sa’yi-xarakatlardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o’quv kurs yaratish va loyihalashning nazariy asoslari, o‘quv jarayonini tashkil etishda google classroom ilovasiningning o‘rni va ahamiyati, kurslar tayyorlashning zamonaviy usullari, kurs yaratishda onlayn platformalardan foydalanishning ahamiyati,onlayn kurs yaratish imkoniyatini beruvchi platformalar tahlili masalalari keltirib o‘tildi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda google classroom ilovasi imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda “O`quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash” mavzusida yaratildi va loyihalandi.
Classroom sinfida kurslar yaratish va loyihalashda dasturning o‘ziga xos jihatlari va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bunda dastlab o‘quv kursining algoritmi ishlab chiqildi.
Animatsion dasturida “Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusida yaratilgan bitiruv malakaviy ishida mundarija, foydalanuvchilar uchun ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari, turli nazorat topshiriqlari, amaliy topshiriqlar, videoma’ruzalar, animatsion elementlar va glossariylardan tashkil topgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida quyidagi natijalarga erishildi:
«Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusidan o‘quv moduli ishlanmasi ishlab chiqildi.
«Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va metodlar ishlab chiqildi.
«Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusi yuzasidan keyslar va ularning yechimlari ko‘rsatib berildi.
«Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusi yuzasidan amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi.
«Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusi bo‘yicha nazorat topshiriqlari keltirib o‘tildi.
Oliy ta’lim tizimidagi fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy usullar texnologiyalarini ishlab chiqish, qo‘llash va tadbiq qilish mamlakatimiz ta’lim sohasidagi olib borilayotgan maqsadlarga muvofiq va bu jarayonni rivojlantirish, amalga oshirish maqsadida me’yoriy – xuquqiy asoslari bosqichma bosqich ishlab chiqilmoqda.
Google Classroom ilovasidan foydalanib ta’lim muhitlari rivojlanishining xorijiy tajribalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda ta’lim jarayonini tashkil qilish bazaviy talablarini shakllantirilgan holda ishlab chiqish va tadbiq qilish uchun elektron ta’lim muhitlarini standartlarlashtirish dolzarbdir. Bunda uning interfaolligi, moslashuvchanligi, uzoq muddatga foydalanishga qaratilganligi, amaliy va iqtisodiy jixatdan amalga oshirish mumkinligi hisobga olinishi zarur.
O‘quv jarayonida Google Classrom ilovasidan foydalanish quyidagilarda o‘z aksini topadi:
talaba o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtira oladi;
axborot maydonida ishlashni biladi, ya’ni mavzuga oid axborotlarni tanlaydi va mustaqil qidiruv faoliyati ko‘nikamasiga ega bo‘ladi;
yakuniy natijani ko‘zlagan holda faoliyatni samarali tashkillashtiradi;
tahliliy faoliyat ko‘nikmasi – olingan axborotlarni tartiblashtiradi va qo‘yilgan masala uchun ulardan adekvat foydalana oladi;
turli axborot texnologiyalaridan foydalanib faoliyat natijalarini taqdimot qila oladi.
Tavsiyalar. Bitiruv ishini bajarish davomida «Google Classroom veb-xizmatidan foydalanib masofaviy o`quv kursini yaratish” mavzusida animatsion rolik tayyorlash dasturidan foydalanib multifilmlar, lavxalar yaratish yuzasidan olib borilgan izlanish natijasiga ko‘ra quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin:
ta’lim sifatini oshirish maqsadida Google Classroom platformalaridan oqilona foydalanish;
mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazani yaratish va mustahkamlab borish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish kabi qator vazifalarni amalga oshirish;
oliy ta’lim muassasasi rahbarlari pedagoglardagi ijobiy individual xususiyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni olib borishlari kerak;
oliy ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq kurslardan (masofaviy texnologiyalardan) foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish bo‘yicha normativ-me’yoriy hujjatlar qabul qilish;
elektron ta’lim muxitida OTM pedagoglarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish buyicha real mavjud bo‘lgan muammolarni Internet texnologiyalari asosida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda yechimini topish;
Classroom o’quv kurslari yordamida o‘qitish, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya amaliyoti, nazorat tizimi, talabalarning ilmiy tadqiqot va mustaqil bilim olish jarayonini samarali tashkil etish;
Bu kabi vazifalarning samarali bajarilishi hozirgi kundagi asosiy masalalardan biri bo‘lgan ta’lim tizimida sifat monitoringini o‘tkazish va nazorat qilish hamda bu jarayonlarni olib borishda AKTdan foydalanishning yangi mexanizmlarini joriy etishni taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
I. Me’yoriy-huquqiy xujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil. 9-son.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil. 11-12-son, 295-modda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5099-sonli Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5349-sonli Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3775-sonli Qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4732-sonli Farmoni.
8. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. / Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
9. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 104-b.
10. Sh.M.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 488-b.
11. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, 2016. 56-b.
1.Google Classroom nima?” https://uz.eyewated.com/google-classroom-nima/
2. “Ota-onalar Google Classroom-dan bolalaringiz bilan foydalanish haqida bilishlari kerak” https://uz.fafaq.eu/ota-onalar-google-classroom-dan-bolalaringiz-bilan-foydalanish-haqida-bilishlari-kerak/
3. https://uz.socmedarch.org/google-classroom-explained-1148345-6631
4. Solidjonov, D. Z. (2021). THE IMPACT OF SOCIAL MEDIA ON EDUCATION: ADVANTAGE AND DISADVANTAGE. Экономика и социум, (3-1), 284-288.
5. Solidjonov, D. Z. O. (2021). THE IMPACT OF THE DEVELOPMENT OF INTERNET TECHNOLOGIES ON EDUCATION AT PANDEMIC TIME IN UZBEKISTAN. In СТУДЕНТ ГОДА 2021 (pp. 108-110).
6. Solidjonov, D. Z. O. G. L. (2021). STEAM EDUCATION SYSTEM AND ITS TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Science and Education, 2(3).
7. D. Solidjonov. (2020) MODERN EDUCATION AND USEFUL METHODS FOR TEACHING. Студенческий Вестник, 1 (146), 86/86.
8. Nishonqulov, S. F. O. G. L., & Solidjonov, D. Z. O. G. L. (2021). Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar. Science and Education, 2(6), 233-238.
^ "Google Groups". productforums.google.com. Olingan 8 fevral, 2018.
^ "google keng ishlatiladi". Olingan 30 iyun, 2020.
^ "google widens qo'rg'oshin". Olingan 30 iyun, 2020.
^ Magid, Larri (2014 yil 6-may). "Google Classroom o'quvchilar va o'qituvchilar uchun tayinlash markazi". Forbes. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Eterington, Darrel (2014 yil 6-may). "Google Debuts Classroom, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot uchun ta'lim platformasi". TechCrunch. AOL. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Kan, Iordaniya (2014 yil 12-avgust). "Google Classroom endi Ta'lim uchun barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo'lib, hamkorlik xususiyatlarini qo'shmoqda". 9to5Google. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Lapovskiy, Issie (2014 yil 13-avgust). "Google bizning maktablarimizni qutqarishni istaydi va yangi avlod foydalanuvchilarini jalb qilmoqchi". Simli. Kond Nast. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Peres, Sara (29.06.2015). "Google" Classroom "ta'lim platformasini yangi API bilan kengaytiradi, veb-saytlar uchun almashish tugmasi". TechCrunch. AOL. Olingan 28 aprel, 2017.
^ a b Xokenson, Loren (2015 yil 24-avgust). "Taqvim integratsiyasi bilan yangi Google Classroom yangilanishlari, o'qituvchilar uchun yangi vositalar". Keyingi veb. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Ressler, Gen (2017 yil 15 mart). "Google Classroom: Endi undan ham ko'proq o'quvchilar uchun ochiq". Google Blog kalit so'zi. Olingan 28 aprel, 2017.
^ Eterington, Darrell (2017 yil 27-aprel). "Google Classroom endi har kimga boshqalarga o'qishga ruxsat beradi". TechCrunch. AOL. Olingan 28 aprel, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |