XULOSALAR VA TAVSIYALAR
Milliy istiqlol mafkurasi va manaviyatimiz, milliy mafkuramizni yuksatirish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, uni yoshlar qalbi va onggiga singdirish,ta’lim tarbiyaning turli shakillari orqali amalga oshiriladi. Avvalo ,,Ta’limto’g’risida’’gi qonun va ,,Kadirlar tayyorlash millay dasturi’’da komil insonni shakillantirish dolzarb masala qilib qo’yildi. Bu masalani xal qilish ayniqsa ta’lim jarayonini tarbiyaviy tomonlarga ayniqsa vatanparvarlik,insonparvarlik, axloqiy, xuquqiy, estetik xolda ekologik madaniyat tarbiyasiga etibor kuchayib bormoqda.
Mustaqillik tufayli hayotimiz kundan-kunga farovonlashib borishi shubxasiz. Albatta buning negizida Prezidentimiz va hukumatimizning yangi-yangi farmon, buyruq va ko‘rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga “Eng yangi yangiliklar” deb kiritdik. Bu bo‘lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so‘ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o‘rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya’ni zamon talablariga ko‘ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandan so‘ng e’lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o‘quv yilining qaysi yarim yilligidan qat’iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o‘tkazadi.
Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo‘limning qay tarzda aks etganligiga ahamiyat berishlari zarur.
Tarbiyaviy papkada nimalar bo‘lishi kerak?
Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to‘plamidir. Bunda faqat o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiya borasida kerak bo‘ladigan materiallar bo‘lishi kerak.
YUqoridagi tajribalardan kelib chiqib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bir katta daftarda bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb topgan edik. Sinf rahbari mehnatini ixchamlashtirish, nazoratni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish uchun reja mundarijasi tubandagi bo‘lishini tavsiya etamiz.
Sinfga qisqacha tavsifnoma.
Tarbiyaviy vazifalar.
O‘quvchilarga tarbiya berishning asosiy turlari va shakllari (Eslatma: mundarija mazmuni 1-3 bulimlarda tavsiya etilganidek yoritiladi
va daftar bo‘lim hajmiga ko‘ra mundarijalanadi).
O‘quvchi, o‘qituvchi, ota-onalar bilan suhbatlar alohida-alohida
betlarda qayd etiladi.
Tarbiyaviy soatlarni hisobga olish (Tarbiyaviy soatga bir soat
darsga qanday tayyorlansa, bu tadbir uchun dam shunday hozirlik ko‘rish talab etiladi).
Mundarijaning bu qismida xar hafta o‘tkazilgan tarbiyaviy soatning mavzusi, bajarilish turi, vaqti, kim tomonidan bajarilganligi (haqidagi qisqacha bayonnoma qayd etiladi. Demak tarbiviy papkada:
tarbiyaviy ishlar rejasi;
rejalashtirilgan mavzuga oid risolalar;
- yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘indan saqlanish qoidalari yuzasidan dastur va ko‘rsatmalar hamda tarbiya borasida kerak bo‘ladigan zarur materiallargina bulsa bas.
Xaftalik tarbiyaviy tadbirni rejalashtirishda sinf rahbari mavsumni, tarixiy sanani, eng yangi yangiliklarni hisobga olishi kerak. Rahbarning esa, tarbiyaviy soatni to‘laqonlik va qiziqarli o‘tishida yuqoridagilar uning nazaridan chetda qolmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |