2.2. Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni tashkil etish tajribasidan.
Ta’lim-tarbiya muassasalarida darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladigan bayram, ommaviy tadbirlardan namuna sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birgalikda 8-mart Onajonlar bayrami munosabati bilan “Orasta qizlar” bellashuvi tadbiri ssenariysini tavsiya etamiz:
8-mart Onajonlar bayrami munosabati bilan “Orasta qizlar” bellashuvi tadbiri ssenariysi
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Har doim bo‘lsin onam” qo‘shig‘i yoki bahorga oid fonogrammada kirib keladilar va o‘z joylarini egallaydilar.
Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli,
Dilrabolar assalom.
YUzi gul, sochi sumbul
Maxluqolar assalom.
Mustaqil yurt gul-g‘unchasin
Oq yuvib oppoq tarab,
Tunu kun parvona bo‘lgan
Onajonlar assalom!
Hurmatli opa–singillar,aziz bolajonlar,mehribon onajonlar!
Mana fasllar ichida eng go‘zal bo‘lgan bahor fasli ham kirib keldi. O‘z tarovatini sochgan bu bayram qutlug‘ bayramdur.CHunki siz mo‘‘tabar va aziz onajonlarning “8 – Mart”bayramini nishonlaymiz. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz onajonlar, mehribon ustozlar, opa-singil, dugonajonlar!
Hozir bayram dasturini ochib berish uchun so‘zni maktabimiz rahbari .......................... ga beramiz.
Boshlovchi: Mart oyida bordur shunday 8 – raqam
Aytingchi nima bildirar ushbu raqam.
O‘quvchilar: Onajonlar bayramin!
O‘quvchi: Qirga chiqsam lolalardan
Gullar sizga assalom
Poyingizga gul to‘shalsin
Mexribonlar assalom
Onajonlar, mehribonlar!
Sizga ta’zim assalom!
“Onajon ashulasi” ijro etiladi.
“Norim – norim” Raqsi.
Boshlovchi: Hurmatli opa – singillar, onajonlar! Hozirgi kunda jamiyatimizni ayollarsiz, xotin-qizlarning faolligisiz tasavvur qila olmaymiz.Qaysi sohaga qaramaylik xotin – qizlarimizni fidokorona mehnatini ko‘ramiz. Ayollarimiz xam oilada, ham jamiyatda, ham ish o‘rinlarida o‘zlarining munosib mehnatlari bilan obro‘-e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro‘ -e’tibor yoshligidan berilgan tarbiya va o‘z harakatining mahsulidir.
Maktabimizda ta’lim olayotgan qizaloqlarimiz xam kelajakda ana shunday faol bo‘lish uchun hozirdanoq o‘zlarining bilimdonliklarini, chaqqonliklari, tirishqoqliklari bilan intilmoqdalar.
Bugun biz ularning bir qirrasini ko‘rsatish maqsadida 1-sinfdagi faol qizlarimiz ishtirokida jajji go‘zal “Orasta qizlar” ko‘rik tanlovini tashkil qildik .
Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing.
1 – raqamli ishtirokchi qizimiz ………………………………………………. kutib oling.
Bu qizimiz juda chaqqon, sarishta, kattalarga ko‘makchi.
YAxshi ko‘rgan taomi ………………
YAxshi ko‘rgan mashg‘uloti …………………………….
Kelajakda ……………………....... bo‘lmoqchi.
2 – raqamli ishtirokchi qizimiz ………………………………………………. yuzi gul, sochi sumbul, o‘rtoqlari juda ko‘p, o‘yin desa berar jon.
YAxshi ko‘rgan taomi ………………….
YAxshi ko‘rgan mashg‘uloti ………………………..
Kelajakda………………….. bo‘lmoqchi.
3 – raqamli ishtirokchimiz ……………………………….juda ham erka qiz, donoligiga gap yo‘q. Buvijonisining o‘ng qo‘li, qo‘llari gul, pazanda.
YAxshi ko‘rgan taomi ……………
YAxshi ko‘rgan mashg‘uloti ………………………..
Kelajakda …………….. bo‘lmoqchi.
4 – raqamli ishtrokchi qizimiz ………………………………… kutib oling. Anchagina chaqqonu, epchil ozoda, latofatli, ozgina jizzakiroq.
YAxshi ko‘rgan taomi …………………….
YAxshi ko‘rgan mashg‘uloti ……………….
Kelajakda ……………………… bo‘lmaqchi
.
5 – raqamli ishtirokchi qizimiz … bu qizimiz chiroyli, odobli axloqli, saranjonu sarishta, xar soxada bilimdon, lekin ozgina shashqaloq.
YAxshi ko‘rgan taomi …………..
YAxshi ko‘rgan mashg‘uloti …………….
Kelajakda orzusi ……………………… bo‘lish.
Mana ishtirokchi qizlarimiz bilan ham tanishib oldik. Qizlarimiz o‘z joyilarini egallashlari mumkin.
Hozir men sizlarga qizlarimizning ishtirokini baholab berish uchun hakamlar hay’ati bilan tanishtiraman:
Do'stlaringiz bilan baham: |