3-gidroksi-3-metilglutaril
koenzim A-reduktaza
NADF
- 696 -
toshmalar) 2% bemorlarda jigar transaminlari faolligini ortishi kuzatiladi, lekin
hech qanday patologiya bilan kechmaydi. Mushak kreatin fosfokinazasi ortadi (10-
11% bemorlarda) va u mushaklarda og’riq, kamdan-kam hollarda, miopatiya
va
ehtimol shikastlanishi
bilan (agar dorini qabul qilish to’xtatilmasa) kechishi
mumkin. Homiladorliklarda, faol kechuvchi jigar xastaliklarida, xolestaz,
miopatiya, unga sezgirlik yuqori bo’lganda lovastatinni qo’llash man qilingan.
Dori vositani bolalarda qo’llash tavsiya etilmagan.
Boshqa statinlarni
farmakodinamikasi lovastatinnikiga o’xshash. Ammo farmakokinetik farqlari
mavjud. Jumladan qon zardobida fluvastatin (leskol) va provastatin (lipostat)ning
maksimal kontsentratsiyasi, lovastatin va simvastatinnikiga nisbatan tezroq hosil
bo’ladi.
Dori vosita
Me’
da
icha
k
tra
kti
d
an
so’r
il
ishi
%
B
irinch
i
o’
ti
shda
d
or
i
vosi
tani
ji
ga
rda
tut
il
ishi
.
%
En
ter
al
qo’lla
nil
ga
nda
biol
ogik
o’
ti
sh
da
ra
jasi
Qon
za
rdobida
maksi
mal
konse
ntra
tsi
ya
hosi
l
qil
ish
va
qti
. soat
Qon
z
ardobi
oqsi
ll
ari
bil
an
b
og’la
nishi
%
Asosiy
meta
boli
zm
yo’li
Qon
za
rdobida
gi
mi
qdorining
50%
ka
mayishi
(
t
1
/2
) soa
t
S
afr
o
tar
kibi
da
icha
k
ga
aj
ra
li
shi %
Lovastatin
1
30
2
80-85 <5
2-4
>95
Mikrosomal
oksidlanish
CYP 3A4
2,9
~83
Simvastatin
85
2
60-80 <5
1-2
>95
Mikrosomal
oksidlanish
CYP 3A4
2-3
~60
Pravastatin
34
66
18±8
0.9-1.6 43-48
Sitozolda
sulfatirlanish
1,3-2,8 ~70
Fluvastatin
Deyarli
to’liq
>68
~24
0.5-1
>98
Mikrosomal
oksidlanish
CYP 2S9 (75%)
CYP 3A4 (20%)
CYP 2A8 (5%)
3
0,5-2,3 ~95
Birinchi o’tishda statinlarni jigarda tutilishi juda ahamiyatli ko’rsatkichdir .
Bunday holatni moddani nobud bo’lishi deb hisoblamaslik kerak, chunki aynan
gepatotsitlarda ushbu moddalar xolesterin biosintezini ingibitsiyalaydi. Biologik
- 697 -
o’tish darajasi ushbu jarayonni belgilovchi faqat qo’shimcha ko’rsatkichdir.
Lovastatin va simvostatin yuqori darajada lipofil birikmalarida gematoentsefalik
barer va yo’ldoshdan yaxshi o’tadilar. Fluvastatin va provastatin ushbu
to’siqlardan deyarli o’tmaydi (fluvastatin provastatinga nisbatan 40 marta lipofil
bo’lsa ham) .
Har xil dori vositalarni metabolizm yo’li bir xil emasligi jiddiy amaliy
ahamiyatga ega. Ko’pgina statinlar jigardagi va ichak devoridagi sitoxrom-P-450
ferment sistemasi hisobiga metabolizmga uchraydi. Bunda P
450
ning turli
izoenzimlari qatnashishi mumkin. Lovastatin va simvastatin uchun bu CYP 3A4,
fluvastatinga asosan CYP2S9, hamda CYP 3A4 va CYP2S8. Provastatinning
biotransformatsiya yo’li tamoman boshqa (jigarning sulfatransferazasi ishtirokida
pravastatin sitozolda sulfatirlanishga uchraydi). Bu ma’lumot (noxush ta’sir
rivojlanishi mumkinligini hisobga olganda)juda muhimdir, ayniqsa, miopatiya kabi
jiddiy, ayrim holatlarda ba’zan o’lim bilan yakunlanadigan rabdomioliz
rivojlanishi mumkin.
Bunday asoratlar soni statinlarning qondagi konsentratsiyasiga bog’liq. Shu
sababli ma’lum bir statinlar metabolizmida qatnashuvchi fermentlarni bloklovchi
moddalarni birgalikda qo’llanilsa miopatiya rivojlanish xavfi sezilarli darajada
ortadi. Ko’pincha statinlar (lovastatin, simvastatin, atrovastatin va boshqalar)ning
metabolizmida asosiy o’rin tutgan CYP 3A4ni ko’pgina ingibitorlari
ma’lum.Bunday ingibitorlarga immunodepressant siklosporinA, antibiotiklardan
eritromitsin, zamburug’larga qarshi vositalari itrakonazol, retroviruslar proteazasi
ingibitorlari, masalan ritonavir va boshqalar mansub. Tabiiyki qayd etilgan
statinlarni shunday dori vosita bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiq emas.
Fluvastatin bu asnoda anchagina xavfsizroq, chunki uning biotransformatsiyasida
boshqa izoenzim –CYP 2S9 asosiy rol o’ynaydi. Provastatin uchun bunday holat
yana ham qulayroq, chunki uning asosiy metabolizm yo’li boshqa statinlardan farq
qiladi.
Boshqa gipolipidimik moddalar jumladan fibratlar, nikotin kislotasi ham
miopatiya chaqirishi mumkinligini yodda tutmoq zarur. Shu sababli ularni statinlar
- 698 -
bilan birgalikda qo’llash nomaqul yoki bemorlar ustidan nazoratni kuchaytirishni
talab qiladi.
Lovastatin, simvastatin va fluvastatin provastatinga nisbatan qon zardobi
oqsillari bilan tahminan ikki marta ko’proq bog’lanadi. Barcha dori vositalar
asosan safro bilan ovqat hazm qilish traktiga ajraladi. Dori vositalarni kuniga bir
marta uxlashdan oldin ichish tavsiya etiladi. Agar ularni xolestiramin kabi dori
vositalar bilan kombinatsiyalansa, xolestiramin ichishdan bir soat avval, yoki uni
ichgandan 4 soat keyin qabul qilinadi. Bu uni statinlarni absorbsiyasini buzishi
bilan bog’liqdir. Statinlarning noxush ta’sirotlari lovastatinniki kabidir.
Xolesterinni ichakda so’rilishini ingibitsiyalovchi moddalar yaratilgan. Bu tipdagi
birinchi dori vosita ezetimibdir. Kimyoviy jihatdan 2-azetidonning hosilasidir.
Ta’sir
mexanizmi
ichak
enterotsitlarida
xolesterin
transportyorini
ingibitsiyalashdan iborat. Bu xolestirinni so’rilishini tahminan 50% kamaytiradi.
Bir vaqtning o’zida jigar tomonidan sarflanayotgan xilomikron va uning bo’lak
chalarida xolestirin miqdori kamayadi. Xolestirin miqdori ZPLP va ZJPLP
hisobiga ham kamayadi (20-25%ga). Shu bilan birgalikda jigarda ZPLP
retseptorlarining ekspressiyasi ortishi ZPLP klerinsini kuchaytiradi. ZYuLP
miqdori kamroq darajada ortadi. Natijada gipolipidemiya rivojlanadi. Ezitemib
ichakdan yaxshi so’riladi. Enterotsitlarda uning ko’pgina qismi xolesterinni
transporterini ingibitsiyalash faolligi bo’yicha ezetimibga teng bo’lgan
glyukouronidlarga aylanadi. Ikkala birikma ham asosan enterotsitlarda bo’ladi.
Sirkulatsiyadagi qonga juda oz miqdorda tushadi. Vena qon tomirilardan jigar tutib
olib safro tarkibida ichakka ajratadi va u yerdan qayta so’riladi. Shu asnoda
ezetemib va uning metabolitlarini (t
1/2
-
22s) davomli ta’sirlarini ta’minlovchi ichak-
jigar resirkulyatsiyasi yuzaga keladi. Ezetimib asosan ichak, uning gulukuronidi
buyrak orqali ajraladi. Ezetimibni bir kunda bir marta beriladi. Maksimal ta’siri 2 –
haftadan so’ng rivojlanadi. Noxush ta’sirlar sifatida qorinda og’riq, diareya, bosh
og’rig’i, allergik reaktsiyalar bo’lishi mumkin. Ezetimib va uning glyukuronidi P-
450 sistemasiga ta’sir ko’rsatmaydi, shuning uchun boshqa dori moddalari bilan
- 699 -
o’zaro kam ta’sirlanadi. Yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishi buzilmaydi.
Ezetimibni tez-tez statinlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Xolestiraminning gipolipidemik ta’siri tamoman boshqa printsipga
asoslangan. U to’rtlamchi ammoniy guruhlarni tutuvchi, smola. Me’da ichak
traktida so’rilmaydi, hazm fermentlari ta’sirida parchalanmaydi. Ichakda safro
kislotalari bilan bog’lanadi (to’rtlamchi ammoniy guruhlari xisobiga). Hosil
bo’lgan kompleks najas bilan ajraladi. Shu sababli bu tipdagi moddalarni safro
kislotalarining sekvestrantlari
deb ataladi. Bunda ichakdan xolestirinni so’rilishi
kamayadi.
Dori vosita
Ta’sirotlar
St
at
in
lar
E
zet
imi
b
X
o
le
st
ira
mi
n
Fi
b
rat
lar
N
ik
o
ti
n
k
is
lo
ta
si
Xolesterin so’rilishini susayishi
Ingichka
ichakda
safro
kislotalarini
bog’lanishi
Xolesterin sintezining susayishi
Endoteliy lipoproteinlipazasini faollashishi
ZPLP retseptorlari sonining ortishi
Yog’ to’qimasi hujayralari ichidagi lipaza
faolligini ortishi
ZJPLP sintezini kamayishi
ZJPLPsekretsiyasining kamayishi
ZJPLPmiqdorining plazmada kamayishi(%) 25-35
5
35-50
25-40
ZPLPmiqdorining plazmada kamayishi(%)
20-55
15-
20
12-
18
11-20
6-22
ZYuLPmiqdorining plazmada ortishi(%)
5-10
5-10
4-5
11-15
18-35
- 700 -
Safro kislotalari(85-90%ga) va xolesterin absorbsiyasini kamayishi jigarda
xolesterin sintezini kompensator ortishi bilan kechadi. Ammo qon zardobida
xolesterin miqdori kamayadi, chunki uning ajratilishi sintezidan ustunlikka ega
bo’ladi. Qon zardobi va to’qimalarda xolesterin miqdorining kamayishiga javoban
uning biosintezini kuchaytirish uchun jigarda yangi ZPLP retseptorlari hosil
bo’ladi. Ular qon zardobidan mos keluvchi lipoproteinlarni yana ham jadalroq
yo’qotishga imkon tug’diradi.
5>5> Do'stlaringiz bilan baham: |