- 694 -
-
Xolesterin va safro kislotalarini ichakda so’rilishini ingibitsiyalash
-
Xolesterin katobolizmini, shu jumladan uni safro kislotalariga
aylanishini faollashtirish
-
Tomirlar endoteliysi lipoproteinlipazasi faolligini rag’batlantirish
-
Jigarda yog’ kislotalarini sintezini va ularni yog’ to’qimalaridan
ajralishini ingibitsiyalash
-
Sirkulyatsiyadagi antiaterogen (ZYuLP) lipoproteinlar miqdorini
oshirish
Jigarda xolesterin sintezini tanlab ingibitsiyalovchi, “statinlar” umumiy nomini
olgan vositalar yuqori gipolipedemik samaradorlikka egadirlar. Ularga
Monascus
ruber
va
Aspergillus terreus
dan ajratilgan biogen moddalar – lovostatin (mevakor)
va
Penicillinum citrium
va
Penicillinum brevicompactum
larning metobalitlari
bo’lgan mevastatin (kompaktin) mansubdir. Shunday ta’sir tipiga ega bo’lgan
(simvostatin, pravastatin) va sintetik (fluvastatin) moddalar yaratilgan. Ushbu dori
vositalar
3-gidroksi-3-metilglutaril
koenzim-A-reduktaza
fermentini
ingibitsiyalashi tufayli jigarda xolesterin sintezini susaytiradilar. Jigarda moslanish
jarayoni tufayli ZPLP-retseptorlar soni ko’payadi va shuning uchun qon zardobida,
endotsitoz va katabolizm ortganligi tufayli, OZLP va ZPLP miqdori kamayadi.
Moddalarning gipolipidimik ta’siri tez va kuchli, ancha jiddiy namoyon
bo’ladi. Bundan ham kuchliroq natija ushbu dori vositalarni xolisteramin bilan
birgalikda
qo’llanganda yuzaga keladi. Keyingi yillarda statinlarning
aterosklerozga qarshi ta’siri nafaqat gipolipidimik ta’sir, balki bevosita tomirlarga
ta’siri bilan bog’liq deb tahmin qilinmoqda. Bu endoteliy funktsiyasining
yaxshilanishi, yallig’lanish jarayonini kamayishi, aterosklerotik pilakchalarning
turg’unligini ortishi, balki ularning bir qancha regressiyasi, tromb hosil bo’lish
ehtimolini kamaytirishga olib keladi.
Xolesterin
- 695 -
Ushbu guruh dori vositalari ovqat tarkibidagi xolisterinni absorbtsiyasini ham
kamaytiradi. Undan tashqari jigarda ZJPLP sintezini ham ingibitsiyalaydi, kamroq
darajada qon zordobida ZYuLP miqdorini oshiradi.
Eksperimental tatqiqotlar
natijasiga ko’ra bunday o’zgarishlar asosida ko’pgina jarayonlar yotadi: arteriyalar
miotsitlarining migratsiyasi va proliferatsiyasining kamayishi, monotsitlar,
makrofaglar o’sishining susayishi va ularda xolesterin to’planishining ozayishi,
makrofaglarni metalloproteinlar ishlab chiqarishini kamayishi, endoteliyda NO-
sintetazani hosil bo’lishini kuchayishi, endotelin-1 ni ishlab chiqarilishini
susayishi, trombositlar adgeziyasi va agregasiyasini kamayishi va boshqalar.
Klinik qo’llash bo’yicha eng ko’p tajriba lovostatinga tegishlidir. U
dorining faol bo’lmagan old birikmasi bo’lib uning faol metoboliti jigarda hosil
bo’ladi. Lovastatinni kuniga bir marta uyqudan oldin ichiladi. Uning biologik
o’tish darajasi past . Dori vosita va uning metabolitlarining ko’pgina qismi qon
zardobi oqsillari bilan bog’lanadi. Lovastatinning biotransformatsiyasi jigarda
kechadi. Lovastatin va uning metabolitlari asosan ichak orqali va kamroq buyrak
orqali ajraladi.
Bemorlar dori vositani yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’sirlar kamdan-
kam rivojlanadi (dispeptik o’zgarishlar, bosh og’rig’i, miopatiya, terida mayda
Atsetatlar
3-gidroksi-3-
metilglutaril
koenzim A-
reduktaza
Xolesterin
sintezi
ingibitorlari
(Statinlar)
Mevalon
kislota
Do'stlaringiz bilan baham: