Leykopoezga ta’sir etuvchi vositalar
Leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar, leykopeniya va agronulotsitozni
davolashda qo‘llaniladi. Bu xastaliklar kimyoviy birikmalar (benzol, tetraetil
qo‘rg‘oshin, pestitsidlar va boshqalar) qo‘ziqorinlar, qishlagan donlar, nur
kasalligi, yuqumli kasalliklarda mikroblar zaharlari bilan zaharlanish (qorin tifi,
gripp, sil) havfli o‘simliklarga qarshi qo‘llaniladigan dorilar va boshqalar
ta’sirida rivojlanadi. Yuqoridagi omillar ta’sirida suyak mag‘zida qon hosil
qilishda qatnashuvchi hujayralar halok bo‘ladi va qon shakli elementlarining
sintezi kamayadi. Leykotsitlar (aleykiya) leykotsitlarning, ayniqsa donador
leykotsitlarning kamayib ketishi (agranulotsitoz), insonning mikroblarga
qarshilik qilish qobiliyatini keskin kamaytiradi. Agronulotsitoz rivojlanishining
asosiy sababi, nuklein kislotalarining almashinuvini buzilishidir. Shuning uchun
agronulotsitozni bartaraf etishda xamirturishdan (drojja)olinadigan, nuklein
kislotasining Na
+
tuzi qo‘llaniladi. Uni parenteral va enteral qo‘llaniladi.
Nuklein kislotalarining tarkibiga pirimidin asoslari kiradi. Shu sababli pirimidin
- 596 -
unumlari (pentoksil, metatsil) leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar sifatida
qo‘llaniladi. Ikkala dori vosita ham jarohat, yaralarni bitishini tezlashtiradi,
leykopoezni kuchaytiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bu dori vositalar ichiladi.
Pentoksilga nisbatan metiluratsil mahalliy qo‘zg‘atish chaqirmaydi. Shu tufayli
pentoksil dispepsik o‘zgarishlar chaqiradi.
Leykopeniyalarni davolashda leykopoezni boshqaruvchi o‘sish omillari
ham qo‘llaniladi. Keyingi yillarda gen injeneriyasi tufayli, bunday dorilar
yaratildi.
Jumladan,
insonning
rekombinant
granulotsitar
makrofagal
koloniyalarni stimullovchi omil(GM-CSF)yaratildi.
Molgramostim
–
glikoproteid bo‘lib, T limfotsitlar, makrofaglar,
fibroblastlarda hosil bo‘ladi va granulotsitlar, monotsitlar, makrofaglarni
proliferatsiyasi, differensirovkasi, funksiyasini boshqaradi. Molgramostim
eozonofillar proliferatsiyasini kamroq stimullaydi. Hamda eritropoezni
boshqaruvchi eritropoetin kofaktor hisoblanadi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar
:
leykopoezni susayishi, aplastik anemiya, havfli
o‘smalar ximioterapiyasida rivojlanadigan, yuqumli xastaliklar, OITSda
kuzatiladigan mielodisplastik sindromida. Asosan tomirga kiritiladi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, anoreksiya, allergiya, gipertermiya.
Filgrastim
– polipeptid bo‘lib, monotsitlar, fibroblastlar va endoteliy
hujayralari ishlab chiqaradi. Granulotsitlar kelib chiqadigan hujayralar
proliferatsiyasi va differensirovkasi bilan bir qatorda voyaga etgan
granulotsitlarni(neytrofillar) faolligini stimullaydi. Dori vosita tomir ichiga va
teri ostiga kiritiladi. Molgramostim qo‘llaniladigan holatlarda ishlatiladi.
Noxush ta’siri
kam rivojlanadi. Ba’zan jigar funksiyasini buzilishi,
allergiya, «suyak»larda og‘riq, dizuriya bo‘lishi mumkin.
Leykopoezni susaytiruvchi vositalar leykozlarda qo‘llaniladi. Ular haqida
havfli o‘smalarga qarshi vositalar bo‘limida to‘xtaymiz.
- 597 -
Do'stlaringiz bilan baham: |